• Yangi hujjat yaratish dialog oynasi.
  • Adobe photoshopda tasvirlarni ochish, saqlash va yangi yaratish




    Download 0,76 Mb.
    bet5/13
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #239601
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Adobe Photoshop, Adobe Illustrator yoki boshqa grafik dasturlarining avfzal va kamchiliklari

    1.3 Adobe photoshopda tasvirlarni ochish, saqlash va yangi yaratish
    Tasvirlarni yaratish va ochish. Yangi tasvir yaratish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
    1. Dasturning File menyusidan New buyruq qatorini tanlanadi;
    2. Natijada ochilgan dialog oynasida tasvirning nomi kiritiladi;
    3. Tasvirning bo‘yi va eni qiymatlarini kiritiladi yoki mavjud andozalardan tanlanadi;
    4. Piksellar zichligi, rang rejimi va ranglar miqdori qiymatlari belgilanadi;
    5. Tasvirning orqa foni belgilanadi:
    - White – oq rangdagi orqa fon;
    - Background Color – joriy tanlangan orqa fon rangidagi fon;
    - Transparent – shaffof orqa fon;
    - Other – fon rangini tanlash dialog oynasi yordamida tanlanadi;
    6. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.
    Tasvirni barcha uning elementlari (qavatlar, qavat maskalari va kanallari) bilan birgalikda dublikatini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Dublikat qilinishi kerak bo‘lgan tasvir ochiladi;
    2. Dasturning Image menyusidan Duplicate buyruq qatori tanlanadi;
    3. Natijada ochilgan dialog oynasida dublikat tasvirning nomi kiritiladi:

    4. Tasvirning barcha qavatlari birlashtirilib dublikat qilinishi kerak bo‘lsa dialog oynasining Duplicate Merged Layers Only elementini belgilash kerak;
    5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. Photoshop dasturida fayllarni Open yoki Open Recent buyruqlari yordamida ochish mumkin.
    Faylni ochish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:
    1. Dasturning File menyusidan Open buyruq qatori tanlanadi;
    2. Ochilgan dialog oynasidan kerakli fayl tanlanadi;
    3. Dialog oynasining Open tugmasi bosiladi.
    Yangi hujjat yaratish dialog oynasi. Yangi hujjat yaratish dialog oynasini ochish uchun Photoshop dasturini ishga tushirib quyidagilardan birini amalga oshirish kerak:
    - Ctrl+N tugmalar kombinatsiyasini bosish;
    - File menyusidan New qatorini tanlash;
    - Start ishchi sohasida New yoki Start New tugmalarini bosish;
    - Ochiq hujjatning sarlavha qismi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylab o‘ng tugmasini bosish va ochilgan kontekst menyusidan New Document qatorini tanlash:



    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adobe photoshopda tasvirlarni ochish, saqlash va yangi yaratish

    Download 0,76 Mb.