• Aktiv metodlar.
  • BILIM MANBALARIGA KO’RA TA’LIM METODLARINING TURLARI Og’zaki metodlar
  • TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHINING O’RNIGA KO’RA




    Download 62.03 Kb.
    bet3/8
    Sana26.05.2022
    Hajmi62.03 Kb.
    #21968
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    metod DILNOZZZZZZ
    7-sinf to\'liq savol va javob @Kimyo, EXCELНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДАГИ, 11-amaliy, № 6 Амалий иш Axборотларни ҳимоялаш, 6-amaliy, Uzlet stipendiya 2022 yil 2 yarim yillik ota onasi yo\'qlar, said ahmad ufq trilogiya, Bebutova Lola kurs ishi slayd 3, akhborot khavsizligi (2), 1 kurs ped sport bayonnoma, 202-guruh Mamaraimova Iroda, kompyuternoe-muzykalnoe-tvorchestvo-kak-sredstvo-formirovaniya-informatsionnoy-kompetentnosti-sovremennogo-muzykanta-pedagoga, Fanlar majmuasi-2021, Veb
    TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHINING O’RNIGA KO’RA
    TA’LIM METODLARINING TURLARI
    Passiv metodlar. Ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi bo’ladi. Bunda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchi bo’lib qoladi. Ushbu metodlar qo’llanilganda o’qituvchi mavzu boyicha ma’ruza qiladi, tushuntiradi, ta’lim vositalari orqali ma’lumotlarni taqdimot va namoyish qiladi. O’quvchi bu sharoitda faqatgina tinglovchi va kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Bunday metodlarga ma’ruza, namoyish, taqdimot, illyustratsiya va boshqalar kiradi.
    Aktiv metodlar. Bu metodlardan foydalanganda ta’lim jarayonining markazida o’quvchi bo’ladi. Bunda o’qituvchi passiv, o’quvchi esa faol ishtirokchi bo’lib qoladi. O’qituvchi guruhni boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi, o’quvchilar esa berilgan topshiriqlarni mustaqil fikrlab, muammolarni bartaraf eta oladigan darajada faoliyat yuritadilar. Bunday metodlarga aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyat, rolli o’oyinlar va boshqalar kiradi.


    BILIM MANBALARIGA KO’RA TA’LIM METODLARINING
    TURLARI
    Og’zaki metodlar. Agar o’quvchilar asosiy o’quv axborotini o’qituvchining o’quv mulohazalari va isbotlari jarayonida yoki darslik mavzulari asosida olsalar, bunday metodlar og’zaki metodlar (tushuntirish, hikoya, suhbat va h.k.) jumlasiga kiradi.
    Og’zaki metodlardan foydalanish jarayonida ko’rgazmali qurollardan foydalanish mumkin. Ammo ular yordamchi rol, oynaydi.
    Bayon darsda ko’rgazmali vositalardan foydalanish yoki foydalanmasligiga bog’liq bo’lmagan holda tuziladi. Masalan, tilkuv mashinasining tuzilishini tushuntirayotganda kinematik sxemadan foydalanish mumkin. Lekin isbot mantiqini kinematik sxema belgilamaydi, balki u tushunchani o’zlashtirishda yordam beradi, xolos.
    Og’zaki metodlardan foydalanish muvaffaqiyatining asosiy ko’rsatkichlari o’quvchilarning yangi bilimlarini eslab qolishlari va aytib bera olishlaridir. Og’zaki metodlarda o’quvchilar o’qituvchi mulohazalarini takrorlaydilar, taqlid qiladilar.
    O’quvchi o’qituvchining tushuntirish mantiqiga qanchalik yaqinlashsa, materialni shunchalik muvaffaqiyatli o’zlashtiradi.
    Og’zaki metodlardan asosan yangi materialni o’rganish paytida foydalaniladi va bilimlarni egallashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borilsagina, ular ta’limda yaxshi samara beradi.

    Download 62.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 62.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TA’LIM JARAYONIDA O’QUVCHINING O’RNIGA KO’RA

    Download 62.03 Kb.