• Usul
  • I BOB BILIM MANBALARIGA KO’RA TA’LIM METODLARINING TURLARI
  • Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar




    Download 62.03 Kb.
    bet2/8
    Sana26.05.2022
    Hajmi62.03 Kb.
    #21968
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    metod DILNOZZZZZZ
    7-sinf to\'liq savol va javob @Kimyo, EXCELНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДАГИ, 11-amaliy, № 6 Амалий иш Axборотларни ҳимоялаш, 6-amaliy, Uzlet stipendiya 2022 yil 2 yarim yillik ota onasi yo\'qlar, said ahmad ufq trilogiya, Bebutova Lola kurs ishi slayd 3, akhborot khavsizligi (2), 1 kurs ped sport bayonnoma, 202-guruh Mamaraimova Iroda, kompyuternoe-muzykalnoe-tvorchestvo-kak-sredstvo-formirovaniya-informatsionnoy-kompetentnosti-sovremennogo-muzykanta-pedagoga, Fanlar majmuasi-2021, Veb
    Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
    Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
    Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi.
    Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi.
    Yo’l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
    Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, har bir ta’lim metodi tarkibiga muayyan ta’lim-tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo’llari kiradi.
    I BOB BILIM MANBALARIGA KO’RA TA’LIM METODLARINING
    TURLARI

    Kasb-hunar ta'limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko`p jihatdan Ixtisoslik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglarning layoqatlariga bog`liqdir. Ishlab -chiqarish ta'limi jarayonida kasbiy- pedagogik ko`nikma va malakalar tizimi yaratiladi, o`quvchilar kerakli ishlab iqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo`ladilar. Shuning uchun kasb-hunar kollejlari Ixtisoslik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish jarayonining va o`z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur etishi lozim.


    Hozirda kasb-hunar ta'limi tizimiga har yili Ixtisoslik pedagogika ma'lumotiga va ta'lim-tarbiya ish tajribasiga ega bo`lmagan yangi muhandis-pedagoglar, ya'ni korxonalarning malakali ishchilari, oliy va o`rta Ixtisoslik kasb-hunar ta'limi muassasalarining bitiruvchilari kelib qo`shilmoqda. Kasb-hunar ta'limi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan muhandis-pedagoglar mutaxassislik malakasiga hamda pedagogik malakaga ega bo`lishi lozim Mutaxassislik malakasi deb, Mutahassislik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagogning ixtisoslik soha bo`yicha ko`nikma va malakalari nazarda tutiladi. Ularning malakalarining ikkinchi qismi «Kasbiy pedagogika» bilim sohasiga tegishli bo`lib, pedagogik malakalarini o`z ichiga oladi. Chunki o`quv jarayoni faqatgina bilim berishga asoslanib qolmasdan, balki ta'lim va tarbiya psixologiyasi bilan uzviy bog`langan.
    Bu esa ulardan psixologiya, mehnat pedagogikasi, kasbiy pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari bo`yicha ham malakalarga ega bo`lishini talab etadi. Mutaxassislik va pedagogik malakalar bilan bir qatorda Ixtisoslik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglarda shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham bo`lishi talab etiladi (2-chizma).
    Shaxsiy layoqatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi: o`zini tutishi, shaxsiy ijodkorlik, mas'uliyatlilik va boshqalar. Ijtimoiy layoqatlarga tashkilotchilik qobiliyati, o`quvchilar bilan munosabat, jamoa bilan munosabat kiradi. Bundan tashqari o`qituvchi va muhandis- pedagoglar rahbarlik qobiliyatlariga ham ega bo`lishlari lozim. Chunki Ixtisoslik fan o`qituvchilari va muhandis-pedagoglar faqat o`quv ishlab chiqarish faoliyatini bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar.
    Oliy va o`rta Ixtisoslik ta'lim Vazirligi tomonidan 2001 yil 16 noyabrda tasdiqlangan «O`rta Ixtisoslik, kasb-hunar ta'limi muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog xodimlariga qo`yiladigan malaka talablari to`g`risida»gi Nizomda o`qituvchining va kasbiy ta'lim o`qituvchisining lavozim majburiyatlari aniq bayon qilingan.



    Download 62.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 62.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar

    Download 62.03 Kb.