• Rahbar madaniyati
  • Zamonaviy boshqaruvda raxbarlik-menejer etikasi




    Download 1.51 Mb.
    Sana11.12.2023
    Hajmi1.51 Mb.
    #115907
    Bog'liq
    Rahbar madaniyati.
    7-sinf-ona-tili, jurnal davomat, 1-mavzu; ms-excelda-matematik-funksiyalar, MS Access ma’lumotlar bazasi, 3-dars. Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi, 20-dars. Delphi dasturlash tili muhuti, 6 мактаб одоб ахлок ишлаб чиқиш 246, `tig\'ta, j G (7), 1-mustaqil ish Mavzu Kompyuterli loyihalashning rivojlanish tar, Suvli issiqlik tarmoqlarida suv sarfini aniqlash, ANTONOMASIA EUPHEMISM AND HYPERBOLE GLOBAL PROBLEMS, EKOLOGIYA FANINING ASOSLARI VA VAZIFALARI, Ekologiyaning qisqacha tarixi, Shamol parraklarini loyihalash. Shamol generatorlari va uning tuzulishini õrganish

    Rahbar madaniyati. Reja:

    1 Menejerlik va raxbarlik uslub tushunchalari

    2 Axloqiy etik qadryatlar(rostgoʻylik, sabrlilik, yaxshi niyatlilik, qaniatlilik, raxmdillik)

    3 Raxbarlik fazilatlari

    4 Raxbarlik madanyati

    Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi.


    Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.

    Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.

    O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi.


    Yuqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.

    Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko’p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega:


    Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo’ladi. Ular omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
    Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste'dodga to’g’ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi.
    Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi.
    Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik yo’li bilan emas, balki xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil" - degan shiordir.

    Rahbar madaniyati


    Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma'lumotlar berilgan.
    Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo’lish mumkin

    Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo'ladi. Hozirgi vaqtga qadar menejmentning vatani bo'lgan AQShda ratsional turdagi menejerlar ustivorlik qilgan, ular ko'proq muxandislik - iqtisodiy ko'nikmalarga va boshqa ruvga yondashuvlarga ega bo'lganlar.


    Ammo hozirgi vaqtda endi yangi turdagi menejerlar paydo bo'ldilar, ular asta-sekin ishlab chiqarishdagi insoniy omillarni hisobga olish tomoniga yuz o'girmoqdalar.

    Menejerning kasb egaligi, hammadan avval, ishlab chiqarish (tijorat)va boshqaruvni tashkil qilish sohasidagi maxsus bilimlar va ko'nikmalarga egaligidan, har xil sohadagi odamlar bilan ishlashga qodirligidan iboratdir.


    Buning ustiga, avvallari tashkilotni boshqarish uchun ushbu sohada mutaxassis bo'lish shart emas, boshqaruv texnologiyasi va texnikasini bilan, odamlar bilan ishlay olishlikning o'zi yetarli deb hisoblangan.

    Erkak kishining ishbilarmonlik kostyumi - bu har qanday rangdagi shim va kamzul, tegishli ravishda tanlab olingan ko'ylak va galstuk.


    Ishbilarmon ayolning kiyimida yetakchi rangdagi ikki-uchta predmet bo'lishi kerak. Qora yubka va kamzul qora tufli, yoki qora sumkaga ega bo'lishga yo'l qo'yiladi.

    Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, zamonaviy rahbar faqat 15-20 % o'z sohasidagi mutaxassis bo'lishi kerak, u hammadan avval tashkilotchi, ruhshunos, sotsiolog bo'lishi kerak.


    Zamonaviy korxonalar ko'proq darajada inson e'tibor markazida turadigan sotsiotexnik tizimlar bo'yicha mutaxassislarga muhtojlar. Har qanday darajadagi menejerni oldiga butun bir qator talablar qo'yiladi.

    Lavozim rahbar uchun rasman jamoaning yetakchisi bo'lish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadi, ammo uni avtomatik ravishda shunday qilmaydi, tashkilotda birinchi shaxs bo'lish, ammo haqiqiy yetakchi bo'lmasligi mumkin, chunki u buyruq bilan tasdiqlanishi emas, balki atrofidagilar tomonidan ularning extiyojlarini qanoatlantirishga qodir yagona kishi sifatida psixologik tan olinishi kerak.


    Qo'l ostidagilar bilan idoradan tashqarida do'stlashish kerak. Ishda bunday munosabatlar faqat zarar keltiradi. Ishga doir o'zaro munosabatlar hurmatli va teng, ammo talabchan bo'lishi kerak, chunki shunday vaziyatlar bo'ladiki, rahbar u yoki bu vazifani bajarilashini talab qilishi mumkin.

    Menejerlar tashkiliy qobiliyatga ega bo'lishlari kerak, uning ostida insonga tashkiliy faoliyat usullarini egallash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beruvchi shaxsning shaxsiy-psixologik xususiyatlari tushuniladi.

    Menejerni yana yetakchilik sifatini egallashi maqsadga muvofiqdir. Yetakchi ko'pincha rahbar bo'ladi, ammo uning harakatlarining xarakteri odatdagi menejer- ma'murdan boshqacharoq. U boshqarmaydi, buyruq bermaydi, balki boshqalarni orqasidan olib yuradi. Ular unga nisbatan tobelar emas, balki ergashuvchilar bo'ladilar.


    Download 1.51 Mb.




    Download 1.51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy boshqaruvda raxbarlik-menejer etikasi

    Download 1.51 Mb.