|
Kurs ishining tarkibi va mazmunini yoritish qoidalari
|
bet | 5/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 176 Kb. | | #249346 |
Bog'liq Agrar Bozorni Boshqarish kurs ishi uslubiy ko\'rsatmaKurs ishining tarkibi va mazmunini yoritish qoidalari.
Ixtisoslashgan kafedra kurs ishiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi va bu talablarni talabalar e’tiboriga yetkazadi. Kurs ishini tayyorlash jarayonida savollar bo‘yicha ayrim o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Kurs ishi kirish, 3-5 ta savol, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘ladi.
Xar bir Kurs ishini mazmuniga ko‘ra savollar, bir-biridan farq qiladi. Kurs ishining umumiy xajmi qo‘lyozma yoki bosmada 30-35 betdan oshmasligi tavsiya etiladi.
Xar bir savollarning moxiyatini to‘liq ochib beradigan va mantiqan ketma-ketlikka ega bo‘lgan paragraflarga bo‘linadi. Xar bir savolni o‘rganilayotgan muammoning yechimini ochib beruvchi asosiy natijalardan iborat xulosalar bilan yakunlash tavsiya etiladi.
1-chizma
Kurs ishilari tarkibi
Kurs loyiha tarkibi
|
Yoritiladigan asosiy masalalar
|
Tavsiya etilayotgan xajmi, bet
|
Mundarija
|
|
1
|
Kirish
|
Mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi, maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’ekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy axamiyati va ishning tarkibiy tuzilish
|
2-5
|
I.savol
|
Mavzuning nazariy asoslari
|
5-10
|
2-savol
|
Mavzuning xozirgi xolati taxlili
|
5-10
|
3-savol
|
Mavzu bo‘yicha ilgari surilayotgan asosiy g‘oyalar, tajribalar va mavjud tizimni takomillashtirish yo‘nalishlari
|
5-10
|
Xulosa
|
Tadqiqot mavzusi yakunlari bo‘yicha xulosalar va takliflar
|
1-3
|
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
|
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Maxkamasi Qarorlari, mavzu bo‘yicha maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar, maqolalar, yo‘riqnomalar, statistik ma’lumotlar manbalari
|
1-3
|
Ilovalar
|
Mavzuga tegishli bo‘lgan xar qanday qo‘shimcha statistik ma’lumotlar, jadvallar, chizmalar, diagrammalar, me’yoriy xujjatlardan ko‘chirmalar va boshqalar
|
cheklanmagan
|
Kurs ishining kirish qismida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar talablari va mamlakat agrar siyosatining istiqbolli yo‘nalishlaridan kelib chiqqan xolda tanlangan mavzuning dolzarbligi, ilmiy va amaliy axamiyati, mavzuning o‘rganilganlik darajasi, maqsadi va vazifalari, tadqiqotning ob’ekti va predmeti va ishning tarkibiy tuzilishi mazmunan yoritiladi.
Maqsad va vazifalar kurs lishining asosiy mazmunini aks ettirish va qanday vazifalarni yechishga yo‘naltirilganini ko‘rsatib berishi lozim.
Birinchi savolda kurs ishining nazariy asoslari bayon etilib, tadqiqotning ilmiy va uslubiy jixatlariga karatiladi va tadqiqot olib borilgan ob’ektning tasnifini o‘zida aks ettirishi lozim. Bunda xozirgi davrda bu mavzuga bo‘lgan nazariy yondashuvlar, masalaning moxiyati, muammoni yechishning asosiy omillari va talabaning ilmiy, nazariy qarashlariga bo‘lgan munosabati bildiriladi.
Mavzuning xususiyatidan kelib chikib, aloxida paragrafda mavzuga oid muayyan uslubiy masalalarni xam ko‘rib chiqish foydadan xoli emas. Albatta, talaba uchun mavzuning nazariy va uslubiy jixatlarini ishlab chiqish og‘ir. Ammo, mavzuda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning yechimiga oid ilmiy-uslubiy yondashuvlar va ularning samaradorligini baxolash mezonlariga umumiy baxo berib ketish mumkin.
Ikkinchi savol odatda muayyan tadqiqot ob’ekti bo‘yicha o‘rganilayotgan muammoning umumiy xolatini taxlil etishga bag‘ishlanadi. O‘rganilayotgan ob’ektning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taxlil etish yetarlicha chuqur va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi, masalaga oid xaqiqiy ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning oxirgi 3-5 yillik ma’lumotlari taxlili asos qilib olinishi lozim.
Korxonaga oid umumiy ma’lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlarini yoritish bilan boshlanadi.Korxonaning xajmi, ishlab chiqarish saloxiyati, ixtisoslashuvi, maxsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko‘rsatkichlarni taxlil etishda ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq xolda ochib berish maqsadga muvofiq. Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshka soxalarda yuz bergan o‘zgarishlar, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri, xozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar xamda ularni keltirib chiqargan sabablarga keng o‘rin berish lozim. Bu bobda keltirilgan taxlil ma’lumotlari, chiqarilgan xulosalar keyingi savolda taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Tadkikot olib borilgan ob’ekt misolida ilmiy mavzu taxliliy-xisoblar, jadvallar, diagrammalar, grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi. Xar bir jadval, diagramma, chizma, grafik so‘ngida uning taxlili beriladi.
Uchinchi savolda muallif taxlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar, uslubiy yondashuvlar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan taklif va g‘oyalar xam ilmiy, xam amaliy jixatdan asoslanadi.
Uchinchi savolda korxonaning mavjud ishlab chiqarish saloxiyatini, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish va mexnatni tashkil etishning ilg‘or usullarini joriy etish, xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish, ilg‘or texnologiyalar ko‘llash va boshqa iqtisodiy dastaklarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy asoslangan xulosalar va tavsiyalar beriladi.
Uchinchi savol ustida ishlash talabadan chuqur tayyorgarlikni talab etadi. Buning uchun ilmiy adabiyotlar va amaliy xarakterdagi ma’lumotlarning yetarli bo‘lishi kifoya qilmaydi. Ushbu savolni tayyorlashda talabaning ilmiy-tadqiqotlar olib borishga qodirligi, muammoni chukur taxlil eta olishi va murakkab ishlab chiqarish sharoitlarida to‘g‘ri qarorlar qabul qila olishi namoyon bo‘ladi.
Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, zaruriy me’yoriy xujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin.
Xulosa va takliflar Kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o‘zida aks ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar Kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to‘liq mos kelishi xamda ish oldiga qo‘yilgan vazifalar kanday yechilganini ko‘rsatishi lozim. Takliflar aniq natijalarga, tajribalarga asoslangan xolda ko‘rsatib berilishi, zaruriy xisob-kitoblar va ma’lumotlar bilan mustaxkamlanishi maqsadga muvofiq.
|
| |