• Kurs ishini rasmiylashtirish
  • Kurs ishini quyidagicha rasmiylashtiriladi
  • Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish




    Download 176 Kb.
    bet6/8
    Sana21.05.2024
    Hajmi176 Kb.
    #249346
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Agrar Bozorni Boshqarish kurs ishi uslubiy ko\'rsatma

    Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish.
    Adabiyotlar ro‘yxati Kurs ishining oxirgi qismida keltiriladi va adabiyotlar quyidagi tartibda berilishi lozim.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
    O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari.
    Prezident farmonlari va xukumat qarorlari.
    O‘zbekiston Respublikasini Prezidenti I. Karimovning asarlari.
    Ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar (alfavit tartibiga ko‘ra).
    Ilmiy maqolalar.
    Yo‘riqnomalar, turli akt materiallari va boshqalar.
    Statistik to‘plam materiallar, korxona xujjatlari va materiallari.
    Adabiyotlar ro‘yxatida Kurs loyihasi jarayonida foydalanilgan barcha ma’lumotlarning manbalari ko‘rsatilishi lozim.
    Zarur xollarda adabiyotlar keltirilgan sitatalarning manbasi albatta o‘sha betda ko‘rsatilishi, shu jumladan, jadval yoki sxema manbasi xam o‘sha betda ko‘rsatib borilishi lozim. Agar jadval yoki chizma muallif tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, qaysi manbadan foydalanib muallif tayyorlaganligi xam ta’kidlab o‘tiladi.
    Kurs ishini bajaruvchi talaba ish jarayonida ko‘rib chiqqan, lekin Kurs ishi uchun ishlatilmagan, maxsus materiallar yoki fakat xizmat bo‘yicha foydalanish uchun chop etilgan materiallar ro‘yxati ko‘rsatilmaydi.
    Adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
    muallifning ismi-sharifi, adabiyotning nomi, chop etilgan manzili, nashriyotdan chiqqan yili va foydalanilgan saxifalari.
    ro‘znoma va oynomalardagi maqolalar xam adabiyotlar singari rasmiylashtirilib, unda muallifning ismi-sharifi, ro‘znoma yoki oynamaning nomi, raqami, sanasi va foydalanilgan betlari ko‘rsatiladi.
    Ilovalar qismida kurs loyihasining ob’ekti bo‘yicha olingan umumiy amaliy va axborot ma’lumotlari beriladi.
    Kurs ishini rasmiylashtirish
    Kurs ishini tayyorlashda umumiy qoidalardan tashqari xisob-kitoblar va statistik jadvallarni to‘g‘ri va asosli ishlanganligiga xam e’tiborni qaratish lozim.
    Xar bir xisob-kitobda tushuntirishlar asoslangan xolda berilishi lozim. Jadval, diagramma yoki chizmalarning manbalari va nomi ko‘rsatilishi bilan birga, jadvaldan so‘ng albatta jadvaldagi ma’lumotlarga salbiy yoki ijobiy izox berish lozim bo‘ladi.
    Umumiy qabul qilingan belgilardan tashqari boshqa so‘zlarni qisqartirib yozilishiga, stilistik xatolarga yo‘l qo‘yilmasligi va kurs ishii mavzusini yozilishi adabiy tilda bo‘lishiga xam axamiyat berishi kerak. Kurs ishini matni aniq, erkin o‘qiladigan xusnixatda standart yozuv qog‘ozining bir tomonida yoziladi, qog‘ozning chap qismidan 3 sm., yuqori kismidan 2 sm., o‘ng tomondan 1,5 sm., past qismidan 2 sm. qator oraligi 1.5 intervalda,xamda 25-27 qator oraligida mazubayonini yozish uchun joy qoldiriladi.
    Kurs ishini kompyuter variantda yoki qo‘lyozmada qog‘ozning bir tomonida bajarilishi shart.
    Kurs ishini quyidagicha rasmiylashtiriladi:

    • dastlab titul varag‘i, mundarija, kirish, 1, 2 ,3,4,5 savollar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, keyin oxirida ilovalar beriladi;

    • Kurs ishini raxbarining taqrizi mukovaning ichki qismidagi konvertga solinadi;

    • titul varagi kompyuterda yoziladi;

    • mundarija aloxida saxifada ko‘rsatilishi, unda savollar, ketma-ketligi bilan beriladi;

    • diagrammalar, chizma va jadvallardan ximoya paytida foydalanish mumkin, faqat chizma va jadvallardan katta formatga ko‘chiriladi;

    Kurs ishini varaqlari titul varag‘idan boshlab xisoblanadi. Ammo titul varag‘i va mundarijaga raqam qo‘yilmay, kirishdan boshlab 3 raqami bilan boshlanadi.



    Download 176 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 176 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish

    Download 176 Kb.