• Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tiziminig ajralmas qismi bo‘lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o‘rnini egallab bormoqda.
  • Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo‘lish uchun, Internet tizimida aniq elektron manzilga ega bo‘lgan «pochta qutisi»ga ega bo‘lish lozim.
  • Saytlardagi elektron pochtalar
  • Mail.uz websayti orqali elektron pochta ochish imkoniyati bilan tanishamiz. Dastur interfeysidan
  • «Login» va «Asosiy pochta qutisi» maydonlariga foydalanuvchi o‘zi xohlagan nomni (lotin harflaridan boshlangan va raqamlar qatnashgan belgilar ketmaketligini) kiritishi mumkin.
  • Barcha talablar uMail.uz pochta serveri talablariga javob bersa, u holda foydalanuvchi o‘z pochta qutisiga ega bo‘ladi.
  • Sabablar quyidagicha bo‘lishi mumkin: foydalanuvchi tanlagan login yoki pochta qutisi nomi band bo‘lishi, parolning soddaligi, tekshiruv belgilari maydoniga xato belgilar kiritilgani va hokazo.
  • 2. Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisi farqini izohlang.
  • Elektron pochta 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 15-mavzu Pochta haqida




    Download 1,46 Mb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,46 Mb.
    #237590
    Bog'liq
    Elektron Pochta

    Elektron pochta

    7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 15-mavzu

    Pochta haqida


    Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do‘stlaringizga
    ko‘p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz.
    Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun,
    konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo‘ladi.
    Buning uchun oddiy qog‘oz varag‘iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz.

    Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tiziminig ajralmas qismi bo‘lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o‘rnini egallab bormoqda.


    Elektron pochta oddiy pochtaning
    asosiy kamchiligi bo‘lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn,
    turli chizmalar bilan bir qatorda
    tovushli va video xabarlar
    yuborish imkonini ham beradi.

    Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo‘lish uchun, Internet tizimida aniq elektron manzilga ega bo‘lgan «pochta qutisi»ga ega bo‘lish lozim.

    Pochta qutisi – Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy.


    Pochta
    Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron manzil bilan abonentlarni provayder ta’minlaydi.

    Saytlardagi elektron pochtalar


    Bunday websaytlarda
    «pochta qutisi hosil qilish» tugmasi bo‘lib, u bosilsa, ekranga muloqat oynasi chiqadi.
    Taklif etilgan bir nechta savollar (familiyangiz, ismingiz, pochta manzili, parol va boshqa)ga javob berish kerak bo‘ladi.

    Elektron pochta qutisining asosiy kamchiligi shundaki, undan ma’lum vaqt (odatda 3 oy, lekin turli serverlarda bu muddat o‘zgarishi mumkin) foydalanmasangiz, u Internet tizimidan olib tashlanadi.

    Mail.uz websayti orqali elektron pochta ochish imkoniyati bilan tanishamiz. Dastur interfeysidan


    «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasi tanlangach (*) belgisi orqali belgilangan maydonlarga ma’lumotlar kiritish shart bo‘lgan quyidagi «Ro‘yxatdan o‘tish» bo‘limi ochiladi:

    «Login» va «Asosiy pochta qutisi» maydonlariga foydalanuvchi o‘zi xohlagan nomni (lotin harflaridan boshlangan va raqamlar qatnashgan belgilar ketmaketligini) kiritishi mumkin.

    Yodingizda bo‘lsin, aytib o‘tilganidek, bu ikki maydonga kiritilgan ma’lumotlar takrorlanmas bo‘lishi shart. Ma’lumotlar kiritib bo‘lingach va tekshiruv belgilari bo‘lgan maxsus kod kiritilgach, «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasi tanlanadi.

    Barcha talablar uMail.uz pochta serveri talablariga javob bersa, u holda foydalanuvchi o‘z pochta qutisiga ega bo‘ladi.


    Agar foydalanuvchining pochta qutisi ro‘yxatdan o‘tmasa, buning sabablari ko‘rsatilgan sahifa aks etadi va maydonlarni qaytadan to‘ldirish so‘raladi.

    Sabablar quyidagicha bo‘lishi mumkin: foydalanuvchi tanlagan login yoki pochta qutisi nomi band bo‘lishi, parolning soddaligi, tekshiruv belgilari maydoniga xato belgilar kiritilgani va hokazo.

    Savol va topshiriqlar:

    1. Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?

    2. Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisi farqini izohlang.

    3. Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?

    4. Elektron pochta qutisiga ega bo‘lishning qanday imkoniyatlarini bilasiz?

    5. Elektron pochta xizmatini taklif etadigan saytlar haqida so‘zlab bering.


    Download 1,46 Mb.




    Download 1,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron pochta 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 15-mavzu Pochta haqida

    Download 1,46 Mb.