• 1 Elektron pochtaning tarixi
  • ELEKTRON POCHTA
  • 2 Elektron pochta O’zbekistonda tadbiqi
  • 3 Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli
  • Mavzu: Elektron pochtalar bilan ishlash Reja: 1 Elektron pochtaning tarixi




    Download 3,67 Kb.
    Sana02.06.2024
    Hajmi3,67 Kb.
    #259438
    Bog'liq
    Elektron pochtalar bilan ishlash fayllar.org


    Mavzu: Elektron pochtalar bilan ishlash

    Mavzu: Elektron pochtalar bilan ishlash

    Reja:

    1 Elektron pochtaning tarixi

    2 Elektron pochta O’zbekistonda tadbiqi

    3 Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli

    1 Elektron pochtaning tarixi


    • Elektron pochta (e-mail) — maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi orqali axborotlarni bir foydalanuvchi elektron qutisidan boshqasinikiga joʻnatish, qabul qilish va maʼlum vaqtgacha saqlanishini taʼminlovchi dasturiytexnik vositalar toʻplami. E-Mail axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni taʼminlaydi. E-Mailda maxsus shlyuzlar orqali har xil elektron axborot tizimlari vositasida axborotlar dunyoning istalgan burchagiga uzatiladi.

    ELEKTRON POCHTA


    • E-Maildan uzluksiz ravishda yoki maʼlum vaqt (seans)larda foydalanish mumkin. E-Mail 20-asrning 60- yillarida "katta" hisoblash mashinalarida "koʻp foydalanuvchilar tartibi" dasturining ishlatilishidan boshlangan. 1989-yilda birinchi marta tijorat pochta xizmatlari bilan internet oʻrtasida aloqa oʻrnatildi.

    2 Elektron pochta O’zbekistonda tadbiqi

    Oʻzbekiston hududida E-Mail xizmati 1990—91 yillarda maʼlumot uzatish tarmogʻi operatorlari tomonidan taqsim etila boshlandi. 1997-yilda Toshkent pochtamti korxonasida "Ke1sot" tarmogʻi orqali E-Mail xizmatlari punkti ishga tushirildi. Hozir Oʻzbekistonda fuqarolar, korxonalar, xonadonlar internet tizimiga ulangan kompyuterlar va "Internet kafe"lar orqali E-Maildan foydalanadilar.

    Elektron pochta (inglizchaE-mail yoki emailelectronic maildan qisqartma) — kompyuter tarmoqlarida informatsiyani uzatish usullaridan biri. FidoNet tarmogʻida elektron pochtaning analogi Netmail deb ataladi.

    Elektron pochtaning asosiy hususiyatlaridan biri u toʻgʻridan toʻgʻri pochtani oluvchiga emas, balkim oraliq boʻgʻin orqali yuboradi. Bu oraliq boʻgʻinnig nomi - pochta yashigi bo'lib, u serverda joydir, habarlar odatda usha erda saqlanadi va odatda unga faqat parol bilan yoʻl qoʻyiladi.

    3 Elektron pochtani yuboruvchidan qabul qilib olishigacha qadamma-qadam yoʻli


    • Xat yaratilishi;

    • Pochta bilan ishlovchi programma yuboruvchining SMTP-serveri bilan bogʻlanishi;

    • SMTP-serverga informatsiya kimga mo'ljallanganligi va yuboruchisi kimligini uzatish;

    • SMTP-server bilan xatining kim va kimga yuborilayaotganligi toʻgʻri ekanligini tekshirish;

    • Yuborilayotgan xatni navbatga qoʻyish;

    • Pochta serverlari haqida DNS-soʻrov qabul qiluvchining domeni (MX-yozuvi) uchun;

    • Yuboruvchining SMTP-serveri qabul qiluvhining pochta serverlari bilan ulanishinig urunishlari, agar urunishlar muvaffaqiyatsiz boʻlsa, urunishlar qaytarilsdi;

    • Muvaffaqiyat li urunishda xatni uzatish, agarda muvaffaqiyatsiz boʻlsa xatni boshqatdan uzatib koʻrishga navbatga qoʻyish;

    • Qabul qiluvchining domeni bilan SMTP-server orqali qabul qilishi;

    • Xatni spamga oʻhshashligini rekshirish;

    • POP3IMAP yoki boshqa protokollar bilan ishlovchi xatrarni saqlovchi modulga uzatish;

    • Qabul qilib oluvchi POP3 yoki IMAPserver bilan bogʻlanib, autentifikatsiyadan oʻtib qabul qilish.


    http://fayllar.org
    Download 3,67 Kb.




    Download 3,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Elektron pochtalar bilan ishlash Reja: 1 Elektron pochtaning tarixi

    Download 3,67 Kb.