|
Kurs ishlarining ayrim mavzulari bo‘yicha tavsiya etilayotgan namunaviy rejalar
|
bet | 4/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 176 Kb. | | #249346 |
Bog'liq Agrar Bozorni Boshqarish kurs ishi uslubiy ko\'rsatmaKurs ishlarining ayrim mavzulari bo‘yicha tavsiya etilayotgan namunaviy rejalar:
MAVZU. AGRAR BOZORNI RIVOJLANTIRISHDA BIZNES REJANI O‘RNI VA AXAMIYATI
Kirish.
I. Dexqon xo‘jaliklarining iqtisodiy moxiyati, axamiyati va qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni.
2.Dexqon xo‘jaliklarining respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi axamiyati va tutgan o‘rni.
3. Dexqon xo‘jaliklarini rivojlantirishda biznes rejani tuzish.
4. Dexqon xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligi taxlili.
5.Dexqon xo‘jaligida iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari.
Xulosa va takliflar.
Adabiyotlar ro‘yxati.
Kurs ishini bajarishga raxbarlik qilish
Kurs ishiga raxbarlar oliy o‘quv yurtining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari, boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan tayinlanadi.
Kurs ishini raxbari:
topshiriq beradi;
kurs ishining bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini xamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
talabalar bilan muntazam ravishda maslaxatlar o‘tkazadi;
kurs ishining bajarilish jarayonini nazorat etadi;
talaba bajargan kurs ishining sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularining qaytarilishiga yoki ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra kurs ishiga qo‘yiladigan majburiy talablar xajmini belgilangan xolda kurs ishini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta’minlaydi.
Kurs ishining bajarilishi
Talabalar5 -kursda «Agrar bozorni boshqarish» fanidan 3-5ta savollardan iborat kurs ishi tayyorlashi talab etiladi.
Talabalar kurs ishining rejasini raxbar bilan birgalikda tuzishi talab etiladi. Kurs ishini rejasi talaba va raxbar bilan maslaxatlashib kelishilgan xolda tuziladi. Reja mukammal xolda tuzilib, tadqiq etilishi ko‘zda tutilgan barcha savollar mavzuni qamrab olishi kerak.
Ish raxbari kurs ishining rejasiga muvofiq talabaga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, kurs amaliyot o‘tkazish davrida xam) topshiriq, to‘ldiriladigan jadvallar maketini beradi. Kurs ishining asosiy materiallari talabalar tomonidan to‘plangan ma’lumotlari va nazariy bilimlari tashkil etadi.
Mavzuga oid amaliy materiallarni va statistik (xisobot) ma’lumotlarini to‘plashda ularning mavzuni yoritishga mos kelishiga va chuqur taxlil etish uchun yetarlicha bo‘lishiga erishish kerak. Korxonaning ishlab chiqarish saloxiyati va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini to‘liq o‘rganmay va atroflicha taxlil etmasdan turib, muammoni yechimi bo‘yicha tegishli xulosalar va takliflar tayyorlash mumkin emas.
Kurs ishini bajarishda zaruriy manbalar quyidagilar bo‘lishi lozim:
Kurs ishining barcha savollarini yoritishda foydalanilgan iqtisodiy va ijtimoiy adabiyotlar;
Respublika Prezidentining farmonlari, Vazirlar Maxkamasining Qarorlari, vazirliklar xujjatlari va maxsus adabiyotlar;
Nizomlar, preyskurantlar va yo‘riqnomalar;
korxonaning operativ va yillik reja ko‘rsatkichlari, xisobot ma’lumotlari;
e’lon qilingan statistik ma’lumotlar;
mavzu bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlarining materiallari;
oynoma, ro‘znoma va boshqa matbuot nashrlari.
Talaba ish muallifi bo‘lib, yozilgan ishning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, ishda ko‘chirmachilik xolatining yo‘qligiga javob beradi.
|
| |