• Anisim Pankratovni
  • Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu maqsad va ommaviyligidir




    Download 0,55 Mb.
    bet2/2
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #231175
    1   2
    Bog'liq
    Meliyev J kurs ishi

    Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu maqsad va ommaviyligidir. Prosper Merime 1840 yilda «Kolomba» asarida qayd etganidek «Sayyohlarning doimiy xursandchiligi o‘rniga loqaydlik yuzaga kelib, hozirgi turistlarning ko‘pchiligi o‘ziga xos bo‘lib ajralib turish uchun o‘zlariga Nil Admirare (hech narsaga xayron bo‘lmaslik) shiorini tanlab olganlar». Aytish kerakki, bu «sayohatchi» va «turist» tushunchalari o‘rtasidagi birinchi farq bo‘ldi.
    Boshqa odamlar orasidan alohida ajralib turish, birinchi bo‘lish istagi sayohatchilar orasida yaqqol ajralib turadi. Inson faoliyatining boshqa sohalariga qaraganda bu yerda o‘zini ko‘rsatish imkoniyati ko‘proqdir. Kim eng yuqoriga chiqib shampan vinosi ichadi, kim uzoqroqga boradi, kim ko‘proq temir yo‘l stansiyalarida yoki chegara punktlarida bo‘ladi - rekordchi-sayohatchilarning fantaziyasi chegaralanmagan bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobida bunday yutuqlarga alohida bo‘lim ajratilgan.
    1913 yilda velosipedda butun dunyoni aylanib chiqib, bunda 50 ming km yo‘l bosgan va 52 ta pokrishka, 36 ta kamera, 9 ta zanjir, 9 ta pedal, 4 ta egar, 2 ta rul va hokazolarni almashtirgan hamda «Brilliant Yulduz» belgisi bilan mukofotlangan Anisim Pankratovni turistlar toifasiga emas, balki aynan sayohatchilar qatoriga kiritish mumkin. shuningdek, uch yil (1928-1931) ichida SSSR chegaralari bo‘ylab bycicling tour velosipedda aylanib chiqqan Gleb Travinni ham sayohatchilar qatoriga kiritish mumkin. bir necha yil mobaynida «Tatra» avtomobillarida sayyoramizning barcha qit’alari bo‘ylab sayohat uyushtirgan Chexoslavkiyalik sayohatchilar Irji Ganzelka va Stanislav Zigmudlarni turistlar toifasiga kiritish albatta qiyin. Ularning qit’alararo yo‘nalishi «Tatra» konserni tomonidan moliyaviy va texnik ta’minlangan bo‘lib, bu firmaning

    6
    reklama maqsadlariga xizmat qilgan. Amalda bu texnika jihatlarini sinovchilarining normal va haq tulanuvchi xizmati bo‘lib hisoblanadi.


    Ginnesning rekordlar kitobida boshqalarni xayron qoldirish niyatida uyushtirilgan sayohat va jasoratlarga katta joy ajratilgan.
    Djessi Rosdayl ismli shaxs dunyoda eng ko‘p mamlakalarda bo‘lish va o‘z hujjatlariga barcha mamlakatlar chegara xizmatlari shtampini kuydirishni maqsad qilib olgan, buning uchun u 2627766 km masofani bosib o‘tgan va 215 ta mamlakat chegarasini kesib o‘tgan hamda buning uchun Ginnes diplomiga sazovor bo‘lgan. Missioner Alfred Uoldern (AQSH) otda sayohat qilishni maqsad qilib qo‘ygan va 424850 km masofani (bitta yoki bir nechta ekanligi noma’lum) otda bosib o‘tgan. Bunda u 16 mingdan ortiq ma’ruza ukigan. Piyoda, changida, velosipedda, avtomobilda, temir yo‘l, avia va dengiz transportida sayohat qilish bo‘yicha ham turli rekordlar o‘rnatilgan.
    Xattoki zamon va makonda ilmiy sayohat uyushtiruvchi, Oyga qo‘nuvchi, Yer orbitasi atrofida parvoz qiluvchi kosmonavtlar (ularni ham sayyohlar qatoriga kiritish mumkin) ham rekord urnatishga intiladilar. Kosmosga birinchi bo‘lib parvoz qilgan odam, birinchi kosmonavt ayol, parvoz uzunligi, balandligi va uzoqligi, Oy satxida Lunoxodda sayr qilish uzunligi va boshqa bir qator faktlar rekord sifatida qayd etishga asos bo‘ladi.

    Turizm bоshqа sоhаlаrgа nisbаtаn tеz tаrаqqiy etаdigаn tаrmоqdir, chunki bu sоhа mаmlаkаtimiz uchun unchаlik kаttа invеstisiyani tаlаb qilmаsdаn rivоjlаnishi mumkin bo’lgаn sоhаdir. Bоshqа sоhаlаr, jumlаdаn hаvо, tеmiryo’l, аvtоmоbil
    7
    trаnspоrti, оvqаtlаnish vа sаvdо shаhоbchаlаri, mеhmоnхоnаlаr
    rivоj tоpsа o’shа jоydа turistik оb’еktlаr mаvjud bo’lsа bеmаlоl turizmni rivоjlаntirish mumkin. Turizm sоhаsidаgi mutахаssislаrning fikrichа, u XXI аsrdа dunyo miqiyosidа eng ustuvоr fоydа kеltiruvchi sоhаgа аylаnаdi. Hоzir u dunyo bo’yichа аvtоmоbilsоzlik vа nеftni qаytа ishlаsh sоhаsidаn kеyin uchinchi o’rinni egаllаb turibdi. [1] Bu sоhа dunyo sаnоаti vа qishlоq хo’jаligidаn o’zib kеtdilаr. Turizmning tеz rivоjlаnishigа yanа bir sаbаb, u yuqоri dаrаjаdаgi kаttа ilmiy tаdqiqоt хаrаjаtini (nаukоyomkiy) vа quvvаtni ko’p sаrf qilаdigаn (enеrgоyomkiy) tехnоlоgiyani tаlаb qilmаydi. Birоq, turizm bоshqа sоhаlаrni rivоjlаntirishni tаqоzо qilаdi. SHu tufаyli ushbu sоhа bilаn ko’pginа хizmаt ko’rsаtuvchi sоhаlаr bir-biri bilаn uzviy bоg’liq rаvishdа rivоj tоpmоg’i lоzim. Turizmning yuqоri dаrоmаd kеltiruvchi sоhа bo’lgаnligi tufаyli ko’pginа dаvlаtlаr vа tаdbirkоrlаr uning rivоjlаnishi uchun kаttа e’tibоr bеrmоqdаlаr. Ulаr yangi-yangi mеhmоnхоnаlаrni qurmоqdа, eskilаrini rеkоnstruksiya qilib tа’mirlаmоqdа, qаysiki ulаrni hаm jаhоn stаndаrtlаri tаlаblаrigа mоslаshtirmоqdа. Bungа birginа Sаmаrqаnd shаhridа qurilgаn o’nlаb shахsiy mеhmоnхоnаlаrni misоl kеltirish mumkin. Ulаr hеch kimning tа’ziqi yoki ko’rsаtmаsisiz o’z tаshаbbuslаri bilаn qurilgаn оb’еktlаrdir. Mаqsаdi shu sоhаni rivоjlаntirib kаttа fоydа оlish. Bu esа o’z nаvbаtidа, turizmni rivоjlаntirish uchun eng muhim оmillаrdаn biridir. Bugungi globallashuv jarayonida qariyb barcha mamlakatlar iqtisodiy faoliyatida turizm sektori yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Mazkur sohaning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta‘siri nafaqat valyuta tushumi, ish o‘rni yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, balki ajdodlardan meros qolgan madaniyat va qadryatlarning saqlashning bosh omilidir. Shu sababdan,
    8
    turizmning iqtisodiyotga ta‘sirini to‘liq tushunish va samarali faoliyat yuritishni ta‘minlash maqsadida ko‘plab xalqaro turistik tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bular ichida Dunyo sayohat va turizm kengashini (WTTC) alohida ta‘kidlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. WTTC jahon miqyosida turizm va sayohatning iqtisodiy-ijtimoiy ulushini belgilaydigan global hokimyatdir. Ushbu hokimyat turizm sektorining barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda, sayyohlik eksportini boshqarishda va samaradorlikka erishishda hukumatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 25 yildan buyon WTTC turizm va sayohatning iqtisodiy ta‘sirini o‘rganib kelmoqda. 2015-yilgi ma‘lumotlar yillik iqtisodiy hisobotlar 184 mamlakat va 25 ta hududni o‘z ichiga oladi. Ushbu ma‘lumotlarga muvofiq, dunyo bo‘yicha 2014-yilda sayohat va turizm 7,6 trillion AQSH dollari, ya‘ni umumiy YaIMning 10 %i va 277 million ish o‘rni (har 11dan 1 kishi turizm sohasida ishlaydi) ga teng bo‘ldi. Yaqin yillarda turizm dunyo miqyosida avtomobil sanoati, moliyaviy xizmatlar va sog‘liqni saqlashga qaraganda tez sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘tgan yil ham bundan mustasno bo‘lmadi. Xalqaro turistlar tashrifi 1,14 mlrdga teng bo‘ldi va bu ko‘rsatkichning 46 %i rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aytish joizki, ayni davrda davom etayotgan Rossiyadagi retsessiya, ya‘ni iqtisodiy tanglik jahon turizmiga o‘z salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan, jahonning ko‘plab mamlakatlari shular qatorida O‘zbekiston ham iqtisodiy o‘sishda davom etdi. Ma‘lumki, O‘zbekiston turizm sanoatida katta imkoniyatga ega davlatdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 4000 dan ortiq tarixiy obidalar va muzeylarimizda 2 mlndan ziyod qadimiy eksponatlar saqlanayotgani fikrimizning yorqin dalilidir. Shuningdek, Respublika bo‘yicha jami 550 ta sayyohlik kompaniyasi turoperatorlari faoliyat yuritmoqda. Mintaqamizdagi tarixiy ob`yektlar, arxitektura va shaharsozlik
    9
    obidalarining aksariyatini qamrab olgan 110 ta xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yo‘nalishlarning 65 tasi tarixiy madaniy meros ob`yektlari, 30 tasi tabiiy rekreatsion, 15 tasi sog‘lomlashtirish turizm elementlarini o‘z ichiga olgan ekologik yo‘nalishdir. Hozirda yurtimizda 50.000 dan ziyod o‘ringa ega bo‘lgan 500 dan ortiq mehmonxona, motel va kempinglarda sayyohlarga xalqaro standartlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu raqamlar mamlakatda turizm sohasini jadal rivojlanayotganligidan dalolatdir. WTTC ma‘lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotida turizm ulushi quyidagi raqamlarda aks etdi(1-jadval).


    10

    Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida turizm sanoatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida o‘z o‘rnini egallayotganligidan dalolatdir. O`zbekistonning 70 % hududlarini cho`l va adur mintaqasi egallaydi. Bu mintaqada hozircha 55 ta turistik resurs royhatga olindi. Bu resurslar 14 ta alohida –alohida mavzularda ekanligi bepayon chol tabiati chol
    11
    xalqi hayoti cholning osimliklar olami va hayvonot dunyosidan mahalliy turizm va halqaro turizmni rivojlantirishda foydalanilsa turistlar oqimini yanada oshirish imkoniyati yuzaga keladi.


    2. Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo’yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda turizm jahon eksportida o’zining ulkan hissasiga ega bo’ldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ini tashkil qilmoqda. So’nggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd dollarga etdi. Xususan, O`zbеkistоnda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisоdiyotni libеrallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni mоdеrnizatsiyalash, barcha sоhalarni, хususan, hizmat ko`rsatish sоhasining еtakchi tarmоqlaridan biri bo`lgan turizmni ham barqarоr rivоjlantirish yotibdi. Rеspublika Prеzidеnti I.A.Karimоv ta'kidlaganidеk "Barchamizga ayonki, хizmat ko`rsatish sоhasi iqtisоdiyotimizni barqarоr rivоjlantirishning eng muhim manbai va оmili hisоblanadi. Jahоn tajribasi bugun aynan ushbu sоha yalpi ichki mahsulоtni shakllantirish, ahоli bandligini ta'minlash, оdamlarning farоvоnligini оshirishda еtakchi o`rin tutishini ko`rsatmоqda"[1]. Darhaqiqat, hоzirgi kunda hizmat ko`rsatish tarmоg`ining muhim tarkibiy qismi bo`lgan turizm sоhasini jadal sur'atlarda rivоjlantirish mamlakatimiz iqtisоdiyotining ustuvоr yo`nalishlaridan biri hisоblanadi. Turizm dunyo tamaddumining bosh gultoji bo`lib, hozirgi kunda sayohat insoniyat maqsadlarining asosini tashkil qilib kelmoqda. Ayniqsa, milliy turizmning rivojlantirish istiqbollari, O`zbekistonda turizm industriyasining jahon bozoridagi mavqeini oshirishga ko`maklashadi. Fikrimizning isboti sifatida bugungi kunda turizm sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi, tez sur’atlar bilan
    12
    o`sib borayotganligi, yangidan – yangi mehmonxonalarning barpo etilayotganligi, ishchi o`rinlari sonining ko`payishi, malakali mutaxassislarning ortib borishi, turistlar oqimining yildan – yilga ko`payayotganligini ta’kidlab o`tishimiz joiz deb hisoblaymiz. Albatta O`zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o`ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog' tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog' daryolariga boy. Tog'ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, ajoyib tog' manzaralari nafaqat O`zbekiston fuqarolarining, balki Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston kabi qo`shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm obyektlariga aylanishiga imkon beradi. O`zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko`plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. Chimyon va To`rtko`l kabi tog' – chang'i sportini rivojlantirish mumkin bo`lgan bir qancha tog' maskanlari mavjud. Baland qorli tog'lar, alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog' turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shifobaxsh giyohlarning ko`pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o`simliklar yig'ish uchun turlarni tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Bu esa ko`plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg'otadi. Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O`zbekistonda infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to`liq qondira olmayapti. Infratuzilmaning rivojlanmaganligiga raqobat va takomillashishni rag'batlantirish imkonini bermagan avvalgi ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sababchi hisoblanadi. Infratuzilma yetarlicha rivojlanmagan taqdirda turistlar oqimini ko`paytirish va shunga mos ravishda valyuta tushumini ko`paytirish mumkin
    13
    emas. Bundan kelib chiqqan holda infratuzilmaning ahvoli turizmning rivojlanishi va mamlakat imidjini shakllantirishga bevosita ta'sir ko`rsatadi. Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishmaguncha turizmga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Respublikaning turistik salohiyati to`g'risda obyektiv ma'lumotlar va reklama umuman bo`lmagan. Turizm, xizmat ko`rsatish va ko`ngilocharlik infratuzilmasi rivojlanmagan, turistlarga xizmat ko`rsatish darajasi past bo`lib, jahonning yetakchi turistik korxonalari bilan aloqalar bo’lmagan desa ham bo’ladi. Hozirda O`zbekiston hududida turizm infratuzilmasi bir tekisda taqsimlanmagan. Toshkent shahri va viloyatida respublika turizm salohiyatining 36 % qismi jamlangan. Yirik infratuzilma salohiyatiga to`rt viloyat (Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm) va Toshkent shahri ega, Farg'ona vodiysi 19% turizm infratuzilmasiga ega. O`zbеkistоnda iqtisоdchi оlimlaridan M.Pardaеv, R.Atabaеv, I.S.Tuхliеv, F.X.Kudratоv, N.Tuхliеv, T.Abdullaеva, A.S.Sоliеv, M.R.Usmоnоv, M.M.Muхammеdоv, D.K.Usmanоva, M.Хоshimоv, A.Nоrchaеv, B.Turaеv, О.Х.Хamidоv, A.A.Eshtaеvlar turizm sоhasida ilmiy-tadqiqоt ishlari оlib bоrganlar[2]. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, yuqori valyuta tushumini ta'minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo`ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli tomoshalarga kiradilar va ularda qatnashadilar. Ko`p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo`lsa, valyuta tushumining ko`payishini ta'minlaydi. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma'naviy, ruhiy va intellektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat alohida e'tibor berib, ma'lum imtiyozlar ham belgilaydi. Odamlar bu imtiyozlardan faqat turist bo`lganliklari uchun
    14
    foydalanadilar. Bu ham turizmning o`ziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi. Imtiyozlar turistlarning bojxona postlaridan o`tishda, soliq to`lashda, chetga chiqishda pasportiga ruxsat berishlarida, avia va temir yo`l transportlariga chiptalar olishda, ularni rasmiylashtirishlarda namoyon bo`ladi. Turizmning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta'minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo`ladilar va ularning turli an'ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati ega bo`ladilar, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo`ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o`zlarining an'ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar, mehmon kutishning jozibador an'analarini tiklash bilan birga mehmondorchilik an'anlarini takomillashtirib boradilar. Oxir oqibatda mahalliy aholining dunyoqarashi, madaniy saviyasi ham mutassil o`sib boradilar. Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantirish evaziga o`z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko`payishini ta'minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta'minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqlararo aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko`payadi va h.k. Turizm mahalliy aholi hayotiga ijobiy hamda salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. Ijobiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:  ish o`rinlarini yaralishi;
     daromadni ko`payishi, mahalliy aholini yashash darajasini oshishi;  urbanizatsiya jarayonini tezlashishi, shaharcha xizmat, infrastruktura, madaniyat tashkilotlarini rivojlanishi;  ijtimoiy va madaniy jarayonlarining tezlashishi;  mahalliy madaniyat o`choqlarning yaralishi, xalq ijodiyoti, an'analari, rusumlarini
    15


    rivojlanishi;  qishloq xo`jaligi mahsulotlari va
    Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga talabni oshishi;  mahalliy madaniy yodgorliklarni tiklanishi va muhofazasi;  tabiiy komplekslarning kengayishi;  mintaqa jozibadorligini oshishi;  mahalliy madaniy hayotni jonlanishi; Salbiy xususiyatlari quyidagilar: - malakasiz mehnat ulushining o`sishi; - umumjamiyat normasini buzulishi oshishi (ichkilik, fohishabozlik, bezorilik); - oila "eroziyasi" (oilaviy ajralishlar, yoshlarni hayotga yengil qarash kelishmovchiliklar va h.k); - mahalliy aholi va turistlar o`rtasidagi va boshqalar. O`zbekistonda turizmning rivojlanish holatlarini tahlil qilar ekanmiz, yurtimizda turizm sohasiga bo'lgan e’tibor oshganini va tashrif buyuruvchilar salmog`i ko’payganini kuzatishimiz mumkin. O`zbekistonda turizm rivojlanishining iqtisodiy natijalari [3]



    Ulkan xilma-xil sayohatlar malum guruhlari orasidan zarurlarini
    16
    ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko`p jihatdan tur bo`yicha xizmatlar to`plamini, narx belgilashni taqazo etadi. Safar tashkilotchisi faoliyati xarakteri, qabul qiluvchi mintaqa xususiyati, marketing va turistik biznesni boshqarish bo`yicha yetakchi faoliyat o`rnini egallovchi boshqa ko`plab parametrlarni belgilaydi. Xalqaro turizm tasnifini keltirish bo`yicha ko`proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi. Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko`rinishdagi turizm, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish, sport bilan shug`ullanish, ekzotik dam olish, tematik safarlar kiradi. Takliflar turi bo`yicha tasniflashda guruh va yakka holdagi xorijiy turizm tushuniladi. Turistik biznesda professionallar bir-birini yarim so`zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. FIT va GROUP atamalari ko`proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada individual turist deb ataladi. U sayohat yo`nalishi va jadvalini o`z xoishiga qarab o`zi belgilaydi. Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin sayohatni mustaqil tashkil etishi ham mumkin. Masalan internet orqali. Kompleks xizmat ko`rsatish guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi. Unda tur qiymatiga qo`shilgan xizmatlar to`plami qayd etilgan bo`ladi. Odatda turpaket qiymati turpaketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq bo`ladi. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko`rsatishlarini oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, ovqatlanish xizmati, ekskursiya va boshqa xizmatlar kiradi. Safarni tashkil etish bo`yicha tasniflash. Tashkillashtirilgan turizm turistik firma tomonidan yakka yoki guruh holidagi turistlarga tashkil qilingan sayohat. Tashkillashtirilgan turistlar turoperatorlar yoki uning agentidan turli xizmatlar to`plami bilan turpaketlarni sotib olish
    17
    huquqini oladi. Sayohat maqsadi bo`yicha tasniflash. BTT bosh maqsadga bogliq holda safarni quyidagi guruhlarga bo`ladi: - Dam olish va rekreatsiya; - Ijtimoiy maqsadlar; - Ishga aloqador va kasbiy maqsadlar; - Tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish; - Diniy(ziyorat). Turistik infratuzilmalar o`z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, aloqa yo`llari yig`indisi, kommunikatsiyalar, tashkilotlar, do`konlar, sport inshootlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko`rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog`langandir. Turistik infratuzilmaning turistik zaruriy shart sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi, sog`lik salomatligini ta`minlashga qaratilgan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki turizm bugungi kunda eng daromadli sohalardan biri sifatida tan olinmoqda. Shu jihatdan ko’pchilik davlatlar tomonidan turizmni rivojlantirish borasida bir qancha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishda turizm sohasi ham katta imkoniyatlarga ega. Asosan xalqaro turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida turizm mamlakatimizda yetakchi sohalardan biriga aylanadi.


    Turizmning O’zbekistonda tutgan o’rni:
    Bugungi juda tezlik bilan taraqqiy etib borayotgan dunyoda insonlar fikri, ularning harakatlari, hayotdan zavq olish yo’llari o‟zgarib boryapti. Insonlar bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazib, dam olishga, sog’ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko’rsatadi. Insoniyat har doim o’zining harakat doirasini o’zgartirib, yangi yеrlarni kashf qilishga intilgan. So’nggi asrga kеlib bunday intilishlar kuchaydi va turizmning rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik
    18
    o’sish sur‟ati 8%-10% gacha boradi. Bu esa mamlakat turizm sohasining yoki milliy turizmning qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat bеradi. Shunisi qiziqki, milliy turizm rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. O’zbekiston yangi 21- asrga shaxdam qadamlar bilan kirib kеldi. 21- asr- turizm va sayyohlik asri bo’ladi dеb bashorat qilinmoqda. 21- asrda turizm o’zining salmoqli hissasi bilan rеspublika budjеtida katta o‟rin egallashi kutilmoqda. Bunga rеspublikamizda har tomonlama imkoniyatlar va asoslar yеtarli. Faqat zamonaviy milliy turizmni rivojlantirish stratеgiyasini hayotga tatbiq etib, turizm sohasini yuqori pog’onalarga ko’tarish imkoniyatini yaratishimiz kеrak. O’zbekistonda turizm yangi soha hisoblanmaydi, bu soha qadimdan mavjud bo’lgan, faqat bizning oldimizda turgan vazifa milliy turizmni yangicha stratеgiya asosida rivojlantirish va istiqbolini bеlgilashdir. Turizm turistlarga xizmat ko’rsatishda aloqador bo’lgan tarmoqlar majlisini qamrab oluvchi o’ziga xos dam olish sanoati hisoblanadi. Turizm sohasidagi hamkorlik xo’jalik jamoat ishlab chiqarishga aholining band bo’lmagan, yoki qisman band bo’lgan qatlamlarini jalb qilib, mеhnat rеsurslaridan to’liq va oqilona foydalanish muammosini hal qilishga yordam bеradi. Bu ayniqsa sanoati yaxshi rivojlanmagan mintaqalar uchun muhimdir. Turizm sohasidagi hamkorlik iqtisodiy imkoniyatlari nisbatan yuqori emasligi bilan farqlanuvchi ayrim mintaqalarni rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Turizm, bu mintaqalarda ishga oid faollikka yordam bеradi, jamoat ishlab chiqarishida band bo’lmagan mеhnatga layoqatli aholini jalb qiladi, mеhnatni tatbiq qilish sohasini kеngaytiradi. Turizm sohasida hamkorlik qilish iqtisodiyotning rivojlanishini faollashtiradi, mintaqaviy
    19
    rеsurslardan samarali foydalanishga hamda 320 xizmat ko’rsatish sohasi xodimlarining malakasini oshirishga yordam bеradi. Milliy Turistik xo’jalikqishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirishni jadallashtirish va uni yaxshilashga yordam bеradi. Kеlajakda aholiga xizmat ko’rsatish sohasining kеngayishi munosabati bilan xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar soni ortib boradi. Turizm sohasida hamkorlik qilish orqali xo’jalikning jadal rivojlanishi, uning iqtisodiy ahamiyatining o’sishi turistik xizmat sohasining katta foyda kеltira olishi, bu sohaga sarmoyalarni ko’plab sarflanishiga olib kеldi. Mablag’ni ko’p talab qilishiga qaramay, turistik sohaga sarflangan sarmoya juda foydalidir, chunki u o’zini nisbatan tеz qoplaydi. Xorijiy turistlardan, mahalliy aholidan olinadigan pul tushumlari daromadga aylanadi va milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muomalada bo’ladi. “O`zbekistonda milliy turizmni rivojlanish istiqbollari”- bu mavzu bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Fikrimizning isboti sifatida bugungi kunda turizm sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi, tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligi, yangidan – yangi mehmonxonalarning barpo etilayotganligi, ishchi o’rinlari sonining ko’payishi, malakali mutaxassislarning ortib borishi, turistlar oqimining yildan – yilga ko’payayotganligini ta’kidlab o’tishimiz joiz deb o’ylayman. Daromad keltirishi bo‟yicha turizm neft va avtomobil sohasidan keyin uchinchi o’rinda turadi. Tabiiyki, valyuta oqimini ko’payishiga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda, madaniy yodgorliklardan turizm maqsadida foydalanish masalalarini, ushbu sohadagi ilg’or tajribani o’rganish zaruriyati mavjud. Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida turizm industriyasi iqtisodiyotning etakchi tarmog’i hisoblanadi. O’zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan tarkibiy iqtisodiy islohatlarning asosiy yo’nalishlaridan biri ham shu maqsadga yo’naltirilgan. O’zbekistonda turizm
    20
    infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm rayonlariga bo’linishi xususida to’xtalib o’tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Respublikada to’rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo’lib, ular Farg’ona, Samarqand-Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg’ona turizm mintaqasi Farg’ona vodiysini o’z ichiga hamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalar va me’morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an’anaviy xalq hunarmandchiligi va san’ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo’llarning keng tarmog’ini mavjudligi ham Farg’ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm rayonidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o’simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo’lishiga sabab bo’ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo’llari tarmog’i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog’laydi hamda shahar atrofidagi temir yo’l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o’z ichiga hamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o’tuvchi temir yo’l va keng tarmoqdagi shosse yo’llari, Zarafshon tog’ tizmasi orqali o’tgan unchalik baland bo’lmagan dovonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun g’oyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm
    21
    turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan qal’a qo’riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo’q g’oyatda boy tarixiy-me’morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo’lib, ular Jizzax, Qarshi-Termiz va O’rta-Qoraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin. 321 O’zim yashaydigan mintaqa haqida gapiradigan bo’lsam, bu Samarqand, Buxoro va qisman Navoiy viloyatlari hududini o’z ichiga oladi. Bu tumanda turizmning rivojlanishi Samarqand va Buxoroning butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalariga asoslangan. Cho’lning issiq iqlimini hisobga olgan holda yagona bosh reja asosida bunyod etilgan Navoiy shahri ham ta’limiy ahamiyatga ega. Tumanning geografik joylashuvi turizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir. Zarafshon daryosi bo’ylab o’tkazilgan temir yo’l, keng rivojlangan shosse yo’llari tarmogi, Zarafshon orqali unchalik baland bo’lmagan dovonlar va yaxshi so’qmoqlarning mavjudligi tumandan turizm maqsadlarida foydalanishni g’oyatda osonlashtiradi. Kelgusida O’zbekistonning yana bir rayonini - O’RTA QORAQALPOQ rayonini ham o’zlashtirish mumkin. Bu hududni o’zlashtirish kommunikatsiyalar qurish uchun katta kapital mablag’larni, katta hajmdagi obodonlashtirish ishlarini talab qiladi. Bu yerda Tuproqqal’a, Burgutqal’a, Gildursun qal’alari, Qiyot shahri kabi ekskursiya ob’ektlari joylashgan. Bu arxeologik yodgorliklar qadimgi Xorazm tsivilizatsiyasiga oid bo’lib, ta’limiy turizm resurslari sifatida tarixiy-me’morchilik ahamiyatiga ega bo’lgan Xorazm turizm rayoni bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu yodgorliklar guruhiga borish uchun bu hududda yaxshi transport yo’llari mavjudligi ularni Xorazm rayonining turizm resurslariga kiritilishini taqozo qiladi. Ko’pgina mamlakatlardan farqli o’laroq
    22
    turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan O’zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko’payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo’nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o’rganish, turistik ta’lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta’minlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni talab etadi. Turizm umumiy iqtisodiy o’sishga kam rivojlangan hududlarning rivojlanishiga ko’maklashadi. Yaxshi rivojlanmagan hududlarda turistik markazlar ochish ko’pgina davlatlarning asosiy usuli xisoblanadi. Tog’ va qishloq joylarida turistik markazlarning tashkil qilinishi shu joylarning o’zlashtirilishiga aholi turmush sharoitining qandayligiga bog’liq. Turizm rivojining kelajagini aniqlash uchun avvalo moddiytexnika bazasi, turistik resurslar ko’lami mazkur turistik maxsulotga bo’lgan talabni chuqur o’rganish lozim. Bu ishda turistik resurslar bahosini haddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Masalan, ma’lum bir mintaqadagi tarixiy yodgorlik faqat shu joyning o’zi uchungina qiziqarli bo’lishi mumkin, xalqaro maydonda esa boshqa ko’plab yodgorliklarning u qadar ahamiyati bo’lmasligi turistlarni o’ziga jalb qilmasligi mumkin va shuning uchun ham bunday tumanlarda moddiy texnika bazasini yaratishdan ko’p foyda olish amri mahol. Shunday qilib, tumanda barpo etilgan turistik markaz uning rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko’rsatadi. U mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan
    23
    mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko’rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug’ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o’zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. 322 Hozirgi kunda Respublikamizda jami 700 dan ortiq xususiy turistik firmalar mavjud bo’lib, ularning deyarli barchasi kichik va o’rta biznes sub’ektlariga tegishlidir. Ma’lumki, Respublikamizda turizmni rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi mamlakatimiz turizm sohasidagi xususiy mulkchilik munosabatlarini qaror toptirish va rivojlantirish bo’yicha bosh tashkilot hisoblanadi. Shu tufayli jami turistik firmalardagi ish jarayoni milliy kompaniya tomonidan nazorat qilib boriladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xususiy turistik korxonalarning mamlakatimiz milliy iqtisodiyotiiga ko’rsatayotgan ijobiy ta’siriga halaqit beruvchi talaygina muammolar mavjud bo’lib, ular bevosita hukumatimiz tomonidan asta-sekinlik bilan bartaraf etib borilmoqda. Turistik firmalar faoliyatini zaruriy sharti undagi litsenziyaning mavjudligidir. Respublikamizda Turizmni litsenziyalash bir necha yillardan beri amalga oshirilib
    24
    kelinmoqda. Turizm bilan shug’ullanish uchun Litsenziya faqat «O’zbekturizm» M.K. va Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi komissiya qarori asosida beriladi. Litsenziya berilganligi uchun eng kam ish xaqining 25 barobari miqdorida yig’im to’lanadi. Yig’im «O’zbekturizm» M.K. xuzuridagi turizmni rivojlantirish fondga yo’naltirilgan. Hozirda ko’pchilik litsenziyasi bor kishilar bir vaqtning o’zida turoperatorlik va turistik faoliyat bilan shug’ullanishlari maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun jamoat tashkilotlaridan turizm sohasidagi faoliyat turlarini xalqaro tasniflash andozalariga muvofiq holda umumiy litsenziyalash tizimini joriy etish zarurligi maqsadga muvofiqdir. Albatta O`zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o`ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog' tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog' daryolariga boy. Tog'ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, ajoyib tog' manzaralari nafaqat O`zbekiston fuqarolarining, balki Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston kabi qo`shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm obyektlariga aylanishiga imkon beradi. O`zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko`plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. Chimyon va To`rtko`l kabi tog' - chang'i sportini rivojlantirish mumkin bo`lgan bir qancha tog' maskanlari mavjud. Baland qorli tog'lar, alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog' turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shifobaxsh giyohlarning ko`pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o`simliklar yig'ish uchun turlarni tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Bu esa ko`plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg'otadi. Turizmning hozirgi holatini baholar ekanmiz, shuni qayd etish muhimki, O`zbekistonda
    25
    infratuzilmaning rivojlanish darajasi chet ellik turistlarning ehtiyojlarini to`liq qondira olmayapti. Albatta Milliy turizmni rivojlantirish uchun uni tartibga solish boshqarishning bozor mexanizmini yaxshilash kerak. Hozirda turizm bozori mexanizmi muayyan kamchiliklarga ega bo`lib bu kamchiliklarni yo`qatish uchun davlat turistik siyosatni amalga oshirish va turizm sohasini tartibga solish zarur davlatning turizm borasidagisiyosati bu davlatning turizm industriyasi va turistik bozor subyektlarini rivojlantirish fuqarolarga turistik xizmat ko`rsatish shakllarini takomillashtirish davlatning siyosiy iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatidan kelib chiqqan holda ularni mustahkamlash faoliyatidir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini Xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirishda xususiy turistik korxonalarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish borasida talaygina siljishlarga erishilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatimizda 740 dan ortiq kichik va o‟rta biznes subyektlari, 60 ga yaqin xususiy turistik korxonalar turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotganligi, turistik maxsulotning yangidan-yangi zamonaviy turlarini kichik va xususiy turistik firmalar tomonidan kashf etilayotganligi va bular doirasida turli xil turistik xizmatlarning ko'rsatilayotganligi, turistik firmalarning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud turizm resurslarining boshqa turlaridan samarali foydalanishning amalga oshirilayotganligi va 323 boshqa shu kabi o‟zgarishlar fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi. O`zbekistonda milliy turizmni rivojlantirish yo`llari mavjud. Har bir mintaqa o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra turistlarni jalb qila oladi. Davlatimizda turistik yarmarkalarni bo’lib o`tishi ham shundan dalolat beradi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro, Farg’ona vodiysi va boshqa regionlar o`z turistik mahsuloti bilan ajralib turadi va bu regionlarning katta potensialga ega. Milliy turizm o`zi bilan
    26
    bog’liq sohalarni ham ijobiy tomonga rivojlanishiga olib keladi. Bunday rivojlanish kelajakda nafaqat davlat mavqeini, balki turistik bozorda davlatning o`z o`rnini topishiga turtki bo’la olishi g’oyasini o`z ichiga olgan. Umuman olganda, milliy turizm kelajakda mamlakatimizning eng yuqori daromadli tarmoqlaridan biriga aylanadi. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar, siyosiy tinchlik va eng asosiysi, xalqimizning insonparvarligi va mehmondo‟stligi nixoyatda muhim omil bo’ib xizmat qiladi.
    Hozirgi zamonamizdagi iqtisodiyoti rivojlangan barcha davlatlarda har bir soha, tarmoq va yo‘nalishlarga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki, ular mamlakat iqtisodiyoti rivolanishi, aholi turmush darajasini vaxshilanishi va boshga bir gancha omillarga ma lum bir ulushda hissa go‘shib, ta'sir ko‘rsatmoqda. Turizm sohasi xizmat ko‘rsatish sohasini eng katta tarkibiy qismidir. Turizm - bu sayohat qilishning bir turi bo'lib, unda kishilar dam olish, biznes qilish, boshqa xalglar madaniyatini o‘rganish kabi boshga magsadlar uchun odatiy bo‘lgan muhitdan tashqaridagi joylarga sayohat qilish tushuniladi. Hozirgi shiddatli zamonda turizmning bir gancha turlari mavjud. Jumladan, rekreatsion turizm, biznes turizm, ekskursiyaviy turizm, ekstremal turizm, madaniy va ma'rifiy turizm, VIP turizm, ya'ni qimmatli dam olish maskanlariga tashrif buyurish, ekoturizm, tog‘ turizmi, etnik turizm, dengiz turizmi va boshgalar. Turizmninmg har bir turidan o‘ziga yarasha shiddat zavqini, o‘ziga ishonch hissini, jasorat va ma'naviyat kuchini, qiyinchiliklari yengib o‘tish va boshga o'ta marogli tarbiyaviy, ibratli his-tuyg‘ularni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, turizm mamlakatdagi bir gator mintagalarning igtisodiyoti va madaniyatiga faol ta'sir ko'rsatishdi. Masalan, turizmni faoliyat ko‘rsatishi tizimining, sayyohlarga savdo, ijtimoiy-maishiy, madaniy, tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivojlanishi bilan yaqindan bog'liqdir. Turizm
    27
    bоshqа sоhаlаrgа nisbаtаn tеz tаrаqqiy etаdigаn tаrmоqdir, chunki bu sоhа mаmlаkаtimiz uchun unchаlik kаttа invеstisiyani tаlаb qilmаsdаn rivоjlаnishi mumkin bo’lgаn sоhаdir. Bоshqа sоhаlаr, jumlаdаn hаvо, tеmir yo’l, аvtоmоbil trаnspоrti, оvqаtlаnish vа sаvdо shаhоbchаlаri, mеhmоnхоnаlаr rivоj tоpsа o‘shа jоydа turistik оb’еktlаr mаvjud bo‘lsа bеmаlоl turizmni rivоjlаntirish mumkin. Turizm sоhаsidаgi mutахаssislаrning fikrichа, u XXI аsrdа dunyo miqiyosidа eng ustuvоr fоydа kеltiruvchi sоhаgа аylаnаdi. Hоzir u dunyo bo‘yichа аvtоmоbilsоzlik vа nеftni qаytа ishlаsh sоhаsidаn kеyin uchinchi o‘rinni egаllаb turibdi. Bu sоhа dunyo sаnоаti vа qishlоq хo‘jаligidаn o‘sib kеtdilаr. Turizmning tеz rivоjlаnishigа yanа bir sаbаb, u yuqоri dаrаjаdаgi kаttа ilmiy tаdqiqоt хаrаjаtini vа quvvаtni ko‘p sаrf qilаdigаn tехnоlоgiyani tаlаb qilmаydi. Birоq, turizm bоshqа sоhаlаrni rivоjlаntirishni tаqоzо qilаdi. Shu tufаyli ushbu sоhа bilаn ko’pginа хizmаt ko‘rsаtuvchi sоhаlаr bir-biri bilаn uzviy bоg’liq rаvishdа rivоj tоpmоg’i lоzim. Turizmning yuqоri dаrоmаd kеltiruvchi sоhа bo‘lgаnligi tufаyli ko’pginа dаvlаtlаr vа tаdbirkоrlаr uning rivоjlаnishi uchun kаttа e’tibоr bеrmоqdаlаr. Ulаr yangi-yangi mеhmоnхоnаlаrni qurmоqdа, eskilаrini 235 www.kokanduni.uz rеkоnstruksiya qilib tа’mirlаmоqdа, qаysiki ulаrni hаm jаhоn stаndаrtlаri tаlаblаrigа mоslаshtirmоqdа. Bungа birginа Sаmаrqаnd shаhridа qurilgаn o‘nlаb shахsiy mеhmоnхоnаlаrni misоl kеltirish mumkin. Ulаr hеch kimning tа’ziqi yoki ko‘rsаtmаsisiz o‘z tаshаbbuslаri bilаn qurilgаn оb’еktlаrdir. Mаqsаdi shu sоhаni rivоjlаntirib kаttа fоydа оlish. Bu esа o’z nаvbаtidа, turizmni rivоjlаntirish uchun eng muhim оmillаrdаn biridir. Bugungi globallashuv jarayonida qariyb barcha mamlakatlar iqtisodiy faoliyatida turizm sektori yuqori daromad manbai sifatida alohida ahamiyatga ega. Mazkur sohaning mamlakat iqtisodiyijtimoiy hayotiga ta‘siri nafaqat valyuta tushumi, ish o‘rni yaratish, kichik biznes va xususiy
    28
    tadbirkorlikni rivojlantirish, balki ajdodlardan meros qolgan madaniyat va qadryatlarning saqlashning bosh omilidir. Turizm rivojlanishidagi hozirgi zamon tendentsiyalari uning ham jahon iqtisodiyotiga ham alohida mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotiga ta’siri ortib borayotganligini ko’rsatmoqda. Turizm aholining o‘ziga hos ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib milliy iqtisodiyotning yirik mustaqil sohaga aylanib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarning xilma xilligi tufayli nafaqat turistik korxonalar balki boshqa soha korxonalari ham qatnashib xalq xo’jaligi kompleksi rivojiga multiplikativ ta’sir etadigan omillardan biri sifatida turizm namoyon bo’ladi. Bundan tashqari turizm insonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo‘lib, insonlarga fan texnika taraqqiyoti jadal rivoji, mehnat intensivligi natijasida vujudga keladigan his-hayajon va psixologik salbiy ta’sirlarni kamaytirishda sezilarli ko‘mak beradi. Ko’pgina mamlakatlardan farqli o‘laroq turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan O‘zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko’payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo’nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o’rganish, turistik ta’lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta’minlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni talab etadi. Turizm umumiy iqtisodiy o’sishga kam rivojlangan hududlarning rivojlanishiga ko’maklashadi. Yaxshi rivojlanmagan hududlarda turistik markazlar ochish ko’pgina davlatlarning asosiy usuli xisoblanadi. Tog’ va qishloq joylarida turistik markazlarning tashkil qilinishi shu joylarning o’zlashtirilishiga aholi turmush sharoitining qandayligiga bog’liq. Turizm rivojining kelajagini aniqlash uchun avvalo moddiy-texnika bazasi, turistik resurslar ko’lami mazkur turistik maxsulotga bo’lgan talabni chuqur o’rganish lozim. Bu ishda turistik resurslar bahosini haddan tashqari oshirib
    29
    yubormaslik lozim. Masalan, ma’lum bir mintaqadagi tarixiy yodgorlik faqat shu joyning o’zi uchungina qiziqarli bo’lishi mumkin, xalqaro maydonda esa boshqa ko’plab yodgorliklarning u qadar ahamiyati bo’lmasligi turistlarni o’ziga jalb qilmasligi mumkin va shuning uchun ham bunday tumanlarda moddiy texnika bazasini yaratishdan ko’p foyda olish amri mahol. Shunday qilib, tumanda barpo etilgan turistik markaz uning rivojlanishiga olib keladi. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturining amalga oshirilishi mamlakatda sayyohlik madaniyatining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatda ichki sayyohlarning umumiy soni 2016-yildagi 8,8 milliondan 2019-yilda 14,7 millionga, 2021-yilda esa 15 milliondan oshgan. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lum qildi. .So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekistonda 833 ta yangi mehmonxonalar: yirik, o‘rta va kichik mehmonxonalar foydalanishga topshirilgan. Joylashtirish fondlarining umumiy soni 1442 taga yetgan. Bunda 236 www.kokanduni.uz xonalar soni — 33,4 ming donani tashkil etayotgan bo‘lsa, undagi o‘rinlar — 71,2 taga yetkazilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda yuzlab yangi mehmonxona loyihalari barpo etilmoqda, ular yaqin kelajakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 2022-yil mart oyida O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalar va hostellarni o‘rtacha band qilish bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatgan. 28— 30-mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika bo‘yicha 70,8 foizdan ortiq, Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpog‘istonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etgan. Bu juda yaxshi ko‘rsatkichlar bo‘lib, turizm industriyasining o‘sishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi. 2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning o‘tkir davrida – 22,1 foizni, o‘tgan yili
    30
    bandlik ko‘rsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan. 2019−2022-yillarda O‘zbekistonda bo‘lgan sayyohlar sonining tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini ko‘rsatmoqda, garchi 2022-yilda bu ko‘rsatkich 15 foizga ortda qolayotgan bo‘lsa-da, xonalar soni 2019-yilga nisbatan 26 147 o‘rindan 33 411 tagacha, ya’ni 7264 ta mehmonxona xonasiga (21,7 foiz) oshgan. O‘zbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar — 23,4 foiz, qozog‘istonliklar – 18,9 foiz, tojikistonliklar – 14,4 foiz, turkiyaliklar — 7,7 foizni tashkil etdi. Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirg‘izistonliklar — 6,3 foiz, belarusliklar — 4,6 foiz, xitoyliklar — 3,2 foiz, fransiyaliklar — 1,7 foiz. 2019-yilning pandemiyadan oldingi davrida 84,8 ming nafar chet el fuqarosi yashagan bo‘lib, umumiy ulushda eng ko‘p rossiyaliklar — 16,8 foizni, qozog‘istonliklar — 15 foizni, tojikistonliklar — 6,3 foizni, xitoyliklar — 6,1 foizni, afg‘onistonliklar — 5,7 foiz, turkiyaliklar — 5,5 foizni tashkil etgan. Ayni paytda O‘zbekiston chet el sayyohlari uchun to‘liq ochiq. Bu borada barcha cheklovlar olib tashlandi. O‘zbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyohlar mamlakatimizga kirib kelishini ko‘rsatmoqda. Xulosa o’rnida aytish mumkinki bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi, aholini turmush kechirish sharoitlarini yaxshilanishida, xalqaro maydonga chiqishi va unda munosib o'rin egallashida barcha sohalar bilan bir qatorda turizm sohasini ham o'rni salmoqlidir. Hozirda kishilar orasida turizmni keng targ 'ib qilish maqsadida yurtimiz teleekranlarida O'zbekiston turizm salohiyatini, turli xil gadamjolarini, turistik maskanlarni, markazlari, yurtimizning g'aroyib, afsonaviy joylarini kecha-yu kunduz targ'ib qiluvchi, sayohatga doir turli xil ko'rsatuvlar namoyish etilmoqda, turizmni rivojlantirish bo'yicha subsidiyalar
    31
    va boshqa rag 'batlantirish vositalari ham qo 'llanilmogda. Xorij davlatlardagi elchilar mamlakatimiz, milliy qadriyatlarimiz targ'ibotchilari bo'lishi, bunga chet eldagi vatandoshlarimiz ham hissa qo'shishlari zarur.

    3. Jahonda turizm rivojlanish evolutsiyasi


    Turizm qadimdan xalqlar o‘rtasidagi (iqtisodiy, savdo sotiq, fan, madaniyat, san’at, hunarmandchilik va h.k.) aloqa manbai sifatida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, eramizdan avvalgi 3-2 ming yillar davomida kishilarning yangi geografik joylarni ochish, o‘zlari uchun qulay hududlarni egallab olish, boylik orttirish va boshqa maqsadlarda dunyoni o‘rgana boshlangan. «Buyuk Ipak yo‘li» ning ochilishi va undagi xalqaro munosabatlarning rivojlanishi bevosita turizm geografiyasining tarixiga borib taqaladi. Bundan tashqari, Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo okeani bo‘ylab sayyohatlar olamni bilish va yangi erlarni ochish maqsadidagi turli geografik sayohatlar turizmning shakllanishida muhim omil bo‘ldi. Bu o‘rinda yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlari Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Farobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning ham xizmatlari kattadir. Mazkur fanning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixini ba’zi ilmiy adabiyotlarda (Unitsiker, Mariotti va h.k.) o‘ziga xos tarixiy bosqichlarga ajratgan. Jumladan, M.V.Sokolova turizm tarixini keng ko‘lamli tadqiq etib, uni 4 bosqichga (Qadimgi sayohat, O‘rta asr yurishlari va sayohatlar, Yangi davr turizmi rivojlanishi va XX asr turizmi) ajratgan (Sokolova, 2002). Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda turizm tarixini 3 qismga ajratish maqsadga muvofiqdir: 1. Qadimgi hamda o‘rta asr va uyg‘onish davri turizmi; 2. Ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan davr turizmi; 3. Hozirgi zamon turizmi. 53 Ma’lumki, dastlabki turistik sayohatlar


    32
    savdo sotiq maqsadlarida vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi, bundan 14 ming yil avvalgi qadimgi Misrda o‘ziga xos tusga kirgan Misr shohi Xatshepsut dengiz ekspeditsiyasida sayohat uyushtiradi (Shapoval, 1998). Eramizdan avvalgi VI – asrda Misr firauni Nexao uch yillik sayohatni Afrika bo‘ylab tashkil etadi. Keyinchalik esa misr zodagonlari ko‘plab shaharlarga (Gretsiya, Rim va h.k.) sayohatga chiqa boshladi. Bu davrda turizm boylik topish uchun uyushtirilardi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun qulay yo‘llar va dam olish joylari barpo etadi. Boylik orttirish maqsadida bundan 2300 yil avval Ksenofont grek portini qurish, savdo rastalari va davlat uylari barpo etishni buyuradi. Bu unga katta daromad olib keladi. Ayni paytda mehmonxona xo‘jaligi xizmatlari shakllantiriladi. Ba’zi yunon va rimliklar o‘zi yashab turgan shahardan uncha uzoq bo‘lmagan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida dam olish, davolanish va ov qilish uchun maxsus joylarni barpo etishgan. Turizm ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin tez o‘sib bordi. K.Liberening ta’rificha, «Yevropada XVIII asrda turizm yangi ko‘rinish oldi va sayyohlar tanishuv, davolanish va dam olish maqsadida hamda savdo-sotiq ahamiyatidagi sayohatlar tez o‘sdi» - deb aytadi (Erdavletov, 2000). XVII-XVIII asrda maktab o‘quvchilarining Yevropa davlatlari bo‘ylab piyoda sayohati tarixga «Buyuk turistik sayohat» bo‘lib kirdi. Ular Londondan boshlab Ispaniya, Fransiya, Italiya va Gretsiya davlatlarida bo‘lishib, sayohat davomida har bir davlatning hayoti, turmush tarzi, urf-odati, madaniyati va san’ati bilan tanishdilar. Birinchi bo‘lib ommaviy turistik sayohat Angliyada 1841 yili Tomas Kuk uyushtirgan turistik marshrut bo‘ldi. U 600 kishilik sayyohni temir yo‘l transportida Leysterdan Lafboroga sayohat tashkil qildi. Kuk 1845 yil Liverpulga, 1865 yil Shveysariyaga sayohat uyushtirdi va 1882 yil dunyoda birinchi bo‘lib jahon bo‘ylab turistik sayohat qildi. Tomas Kuk o‘z sayohat marshrutida temir yo‘l, kema, mehmonxona va boshqa ob’ektlar
    33
    bilan shartnoma asosida sayohatni tashkil etdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G‘arbiy Yevropa va Amerika davlatlarida turizm alohida boshqaruv va uyushtirilgan turistik guruhlar asosida rivojlana boshladi. Birinchi jahon 54 urushigacha chet el turizmida aksariyat yuqori tabaqali boy aholi qatnashdi. Bu davrda turistik sayohatlar asosan dengiz va dengiz bo‘ylari qirg‘oqlari hamda dam olish uylariga uyushtirildi. Bunda asosan Fransiya, Italiya, Shveysariya va boshqa davlatlarda turistik faoliyat rivojlandi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillari oralig‘ida turistik sayohatlar o‘ziga xos yangi mazmun kasb etdi. Endilikda turistlar tomosha va dam olish bilan birgalikda tanishuv maqsadlari, qadimiy yodgorliklar, arxitektura, san’at, madaniy yodgorliklarni o‘rganishni ham o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Biroq, Ikkinchi jahon urushi yillarida dunyo miqyosda xalqaro turizmning o‘sish sur’ati nihoyatda pasayib ketdi. Birinchi jahon urushi davrida yiliga halqaro turizmda 18-19 mln. kishi mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, 1947 yilda ushbu faoliyatda 16,6 mln, 1949 yilda esa 20 mln. kishi qatnashdi. G‘arbiy Yevropada XX asrninig ikkinchi yarmidan keyin «ichki Yevropa xarakteri»ga xos turizm rivojlandi. Turistik sayohatlar Skandinaviya, Avstriya, GFR, Ispaniya, Italiya, Fransiya va boshqa qo‘shni davlatlar o‘rtasida keng miqyosda uyushtirildi. Amerika qit’asida ham AQSH, Kanada, Meksika, Panama kabi davlatlarda u tez o‘sdi. Amerika sayyohlarining Yevropaga va, aksincha, Yevropa sayyohlarining Amerika va boshqa qit’a mamlakatlariga sayohati kengaydi. XX asrning ikkinchi yarmidan keyin sobiq Ittifoqda ham turizmga e’tibor qaratildi. Ushbu turistik sayohatlarni asosan sobiq sotsialistik davlatlarga uyushtirishni ko‘zda tutdi. Bu hukumat 1969 yil 26 iyun ittifoqdosh respublikalarda turizmni rivojlantirish to‘g‘risida farmon chiqardi. Shundan keyingi yillar davomida Hamdo‘stlik davlatlarida turizm shakllana boshladi. Biroq, ta’kidlash joizki, uzoq mustabit tizim davrida qadimdan
    34
    shakllanib kelgan sayyohlikning o‘ziga xos hususiyatlari ancha yo‘qolib ketgan edi. Binobarin, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlarda turizmning yangi yo‘nalishlari vujudga kela boshladi. Afsus bilan aytish lozimki, 70 yillik qatog‘onlik deb atalmish sovetlar davrida jahon turizmining nihoyatda rivojlanishi, xo‘jalikning muhim tarmog‘i sifatida shakllanishi asosan G‘arbiy Yevropa, Amerika va Sharqiy Osiyo davlatlarida ko‘zga tashlandi, bizda esa, aksincha, u unchalik taraqqiy etmadi. 55 5.2.Xalqaro turizmning rivojlanish tendensiyasi Butunjahon turistik tashkiloti BMT qoshidagi maxsus bo‘lim bo‘lib, hukumatlararo universal xarakterga ega tashkilotdir. Uning shtab-kvartirasi Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan. Unga dunyoning 156 davlati a’zo hisoblanadi. 1993 yildan O‘zbekiston shu tashkilotga a’zoligiga qabul qilingan. Jahon turizmida YAIM 9%, jami 11 ish o‘rinlaridan 1 tasi, eksportda 1,3 trln AQSH dollari, jahon eksportining 6% ortig‘ini tashkil etmoqda. «Butunjahon turistik tashkiloti» (WTO) l974- yili tashkil topgan xalqaro sayyohlik tashkiloti. Markaziy qarorgohi Madrid shahrida joylashgan. l980- yili Manila shahrida bo‘lib o‘tgan turizm bo‘yicha Butunjahon konferensiyasida sayyohlik sohasidagi huquqiy asoslar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, bu anjumanda turizm sohasiga tegishli huquqiy normalar ishlab chiqishga katta e’tibor berildi. «Manila deklaratsiyasi» nomini olgan jahon turizmi bo‘yicha muhim hujjat qabul etildi. UNWTO ning rasmiy tillari ingliz, ispan, rus va fransuz tillari hisoblanadi. «Sayohat va turizm bo‘yicha xalqaro kengash» (WTCC) turizm sohasidagi xalqaro nodavlat tashkiloti. Bu tashkilot mehmonxona, aviayo‘nalish hamda sayyohlik biznesining boshqa turlari bo‘yicha faoliyatko‘rsatadi. «Turistik agentliklarning Butunjahon Federatsiyasi» - qarorgohi Bryussel shahrida bo‘lgan xalqaro turistik tashkilot. Asosan, milliy turistik kompaniyalarga yuridik, moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatadi.
    35
    Boshqaruv organi General Assambleya. «Ekskursion xizmat va turlar bo‘yicha Xalqaro tashkilot» asosiy faoliyati: sayyohlik sohasi bo‘yicha har yili chop etiladigan turli hisobotlar bilan shug‘ullanadi. Qarorgohi Lissabon shahrida. Rasmiy til ingliz tili. «Shengen vizasi» Yevropaning 22 mamlakatiga tegishli shartnoma. Shartnomaga ko‘ra bu mamlakatlarda o‘zaro tashrif uchun viza talab etilmaydi. 56 1-rasm. Xalqaro turizmning ulushi 1-karta-sxema. Xalqaro turizm geografiyasi va statistik tahlili World International tourist arrivals: (ITA)1087 million (Xalqaro turistik tashrif) International tourism receipts (ITR) US$ 1159 billion (Xalqaro turizmdan keladigan daromad). Karta-sxema Butunjahon turistik tashkilotining 2014 yilgi xisobotidan olingan. Butunjahon turistik tashkilotining 2019 yilgi xisoboti ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 2018 yilda xalqaro turistik tashriflarda 1,4 mlrd kishi ishtirok etgan bo‘lsa, bu sohadan olingan daromad esa 1,7 mlrd AQSH dollarni, xalqaro turizmning o‘sish sur’ati o‘tgan yilga nisbatan tashriflar +5%ga, daromad esa +4% ga oshganligi sohaning shiddat bilan rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. Xalqaro turistik tashriflarning geografiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jami turistik tashriflarda Yevropaning ulushi 51%ni, Osiyo-Tinch okeani regioni 25%, Amerika 15%, Afrika 5%, O‘rta Sharq turistik regioni esa 4%, turistik tashriflardan kelgan daromad ko‘rsatkichi bo‘yicha esa Yevropa 57 39%, Osiyo-Tinch okeani regioni 30%, Amerika 23%, Afrika 3%, O‘rta Sharq 5%ni tashkil etgan. Turistik tashriflardan maqsad asosan, dam olish, rekreatsiya, bayramlar, sog‘liqni tiklash, diniy, kasbiy turizmda band bo‘lgan (1-chizma). Hozirgi paytda dunyoda turizm sohasida taxminan 200 mln kishi banddir. Dunyoning 45 ta davlat fuqorolari har yili halqaro turist sifatida xorijda qilayotgan xarajatlari har bir davlatga 1 mlrd dollardan to‘g‘ri kelar ekan, masalan: Germaniya–58 mlrd yevro, Niderlandiya – 13,6 mlrd yevro. Dunyoning deyarli 40%
    36
    davlatlarida turizm xorijiy valyutaning 4-chizma kirib kelish manbai hisoblanadi. Halqaro turizmning rivojlanishining asosiy tushunchalari : O‘sish Globallashuv Noziklik O‘zini tez holda o‘nglab olish usullari Turizmning rivojlanishi bilan birga unga to‘siq bo‘luvchi muammolari xam mavjud. Bunga: infrastrukturaning yuqori narxi, atrof–muhitning ifloslanishi, muammoning ijtimoiy - madaniy jihatlari, turizm rivojlanib borayotgan hududlarda inflyasiya, mahalliy aholining bezovtalanishi kiradi



    Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO) Birlashgan millatlar tashkiloti tizimidagi nufuzli organ bo‘lib, unga 1975 yilda asos solingan. Tashkilotning tarkibi va ustavi 1975 yil 27 sentyabrda qabul qilingan. Butunjahon turistik tashkilotning asosiy maqsadi dunyo bo‘yicha turizm iqtisodiy rivojlanishning asosi, tinchlik mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida bir-birini tushunish, tili, dini va irqidan qat’iy nazar dunyo bo‘yicha erkin aloqasini o‘rnatish, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarni turizm sohasiga qiziqtirish kabi masalalardir. Butunjahon turistik tashkilotning ustavida 3 bosqichli a’zolik tartibi joriy etilgan. Jumladan,


    37
    Butunjahon turistik tashkilotning haqiqiy a’zosi, assotsatsiyalik nomzod, qo‘shilishga nomzod davlatlar mavjud. Bugungi kunda Butunjahon turistik tashkilotga 158 ta davlat haqiqiy a’zo, 4 ta davlat assotsatsiya (Aruba, Makao, Niderlandiyaning Antil orollari, Puerto-Riko), kuzatuvchi sifatidagi davlat Vatikan hisoblanadi.
    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda Jahon turizmi global darajada muhim va qiziqishli mavzulardan biri hisoblanadi. Turizm, insonlar orasidagi bog'liqlikni, madaniyat almashishini va moliyaviy rivojlanishni kuchaytiradi. Jahon turizmi, mamlakatlar uchun moliyaviy imkoniyatlar yaratish, bog'liq moliyaviy sohalarning rivojlanishiga yordam beradi va insonlar orasidagi aloqalarni kuchaytiradi. Bu soha o'z ichiga ekologik turizm, madaniyat turizmi, sifatli taomlar va ovqatlar turizmi, tarixiy obrazlar va architectural joylar turizmi kabi turli turdagi turizm turlarini o'z ichiga oladi. Jahon turizmi davom etadigan o'zgarishlar, davlatlar va hududlar o'rtasidagi diplomatik aloqalarni ham rivojlantiradi. Oshkor turizm, biror mamlakat yoki hududning ekonomiyasiga katta darajada yordam berishi mumkin bo'lgan katta miqdordagi moliyaviy kapitalni jalb etishi mumkin. Boshqacha bir yon tomonidan, turizm o'z ichiga atrof-muhitni saqlash, tabiatning muhofazasi va ob-havo o'zgarishlari bilan kurashish, ekologik sifatni saqlash va boshqalar kabi muhim muammolarni muhokama qiladi. Bu yuzdan, jahon turizmi global darajada keng
    38
    qamrovli va o'zgaruvchan mavzulardan biri bo'lib qolmoqda.
    Jahon turizmi evolutsiyasi katta o'zgarishlarni ko'rgan bir jarayon. Bu o'zgarishlar transport, kommunikatsiyalar, turizm sohalari va turistlar uchun maqsadlar o'zgarishlarini kengaytirdi. Turizm sektorining rivojlanishi, mamlakatlar va hududlar o'rtasidagi diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytiradi. Jahon turizmi evolutsiyasi quyidagi katta jarayonlarni kengaytirdi:

    Transport vositalarining rivojlanishi: Avtomobil, samolyot, va dengiz transporti xizmatlari kengaydi. Bu jarayon turistlar uchun tezroq va ko'proq sayohat qilish imkonini berdi. Sayohat uchun transport vositalari ham kengaydi, bu esa turistlarga xohlagan joyga ko'rsatilishini osonlashtirdi.


    Kommunikatsiyalar va ma'lumot texnologiyalari: Internet va mobil aloqa, turistlarga qulayliklar kengaytirdi. Turistlar sayohatlarini boshqarish, turistik joylar haqida ma'lumot olish, va ta'lim olish osonroq bo'ldi. Turizm kompaniyalari ham xizmatlarini yaxshilash uchun ma'lumot texnologiyalaridan foydalandilar.


    Turizm sohalari diversifikatsiyasi: Jahon turizmi bir nechta turizm turlarini o'z ichiga oladi: madaniyat, ekologik, gastronomik, va avtomobil turizmi kabi. Bu, turistlarga turli xil tajribalar taqdim etdi va turizm sohasining rivojlanishini kuchaytirdi.


    Turizmga qiziqish va maqsadlarning o'zgarishi: Turistlar avvalgi yillarda odatda qulaylik va farovonlik uchun sayohat qilardilar, lekin hozirgi kunda sayohatlarining muhim maqsadi madaniyatni


    39

    o'rganish, tajribani olish, va insonlar bilan bog'liq bo'lish.


    Ekologik turizmning rivojlanishi: Tabiiy joylarga sayohat osonroq mashhur bo'ldi va ekologik muhofaza kuchaytirildi. Turistlar o'zgaruvchan tabiiy mahsulotlar va ekologik muhofazani qadrini bilishga qiziqish ko'rsatdilar.


    Turizmning global markazlari: Turizm markazlari dunyoda kengaydi va mamlakatlar turistlarni jalb qilish uchun raqobatlashishdi. Bu, atraktiv manzillar, madaniyat, va turistik xizmatlar kabi faktorlar orqali turistlarni jalb qilish uchun turizm sanoatini kuchaytirdi.


    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Аliеvа M.T. “Turistik mаmlаkаtlаr iqtisоdiyoti” dаrslik, Toshkent, TDIU 2009 yil, 146 bet.


    2. Kоmilоvа F.K “Mukаmmаl turizm g‟оyasi”. “Iqtisоdiyot vа tа‟lim” № 2, 2003 yil 98 bet.
    3. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasi. Toshkent, 2009y.
    4. O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Turizm to‟g’risidа”gi qоnuni – O’zbеkistоnning yangi qоnunlаri.
    Toshkent, 2000y.
    5. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining №346 1998 yil 8 аvgustdа qаbul qilingаn
    “Turistik tаshkilоtlаrning fаоliyatini tаkоmillаshtirish” to’g’risidаgi fаrmоyishi.

    40


    6. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2006 yil 17 mаydаgi “Хizmаt ko’rsаtish vа sеrvis sоhаsini
    2006 – 2010 yillаrdа rivоjlаntirish hаqidа”gi PQ – 325 – sоnli qаrоri.
    7. Olimov, S. S., & Mamurova, D. I. (2021). Graphic Information Processing Technology and its
    Importance. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 10, 1-4.
    8. Islomovna M. F. et al. DESIGNING THE METHODICAL SYSTEM OF THE TEACHING
    PROCESS OF COMPUTER GRAPHICS FOR THE SPECIALTY OF ENGINEER-BUILDER
    //Journal of Contemporary Issues in Business & Government. – 2021. – Т. 27. – №. 4
    9. Adilov Z. ISSUES OF IMPROVING TOURIST OPPORTUNITIES IN NAMANGAN REGION:
    https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1224 //RESEARCH SUPPORT CENTER
    CONFERENCES. – 2021. – №. 18.05.
    10. www.library.uz
    11. www.statistics.uz
    12. www.tour.uz
    13. www.uzbekistonovozi.uz
    14. www.uza.uz
    15. www.Uzreports.uz
    16. www.Uzbektourism.uz
    17. www.uzbektourism.uz
    18. www.world-tourism.org

    41



    Download 0,55 Mb.
    1   2




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu maqsad va ommaviyligidir

    Download 0,55 Mb.