17
nisbatan, oʻsimlik boʻyi, umumiy va mahsuldor poyalar soni, tegishlicha 8,9-13,6 sm,
55,9-67,2 va 62,0-90,9 m
2
/donaga yuqori boʻlgan.
O„rganilgan gerbitsidlar turlari va me‟yorlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlar
Glifor, 75,7% -1,5 kg/ga qoʻllanilgan
variantlarda kuzatilib, yillar boʻyicha boshoq
uzunligi, boshoqdagi donlar soni, bir boshoqdagi va 1000 ta don ogʻirligi
nazorat
gerbitsidsiz variantga nisbatan tegishlicha 0,8-1,9 sm, 3,3-4,5 donaga, 0,18-0,26 va
1,7-2,8 g ga, boshqa variantlarga nisbatan, mos ravishda 0,4-0,4 sm, 0,7-0,9 donaga,
0,08-0,07 va 1,4-1,2 g ga yuqori boʻlganligi aniqlangan (4-rasm).
Kuzgi bugʻdoy maydonlarida oʻtkazilgan 2-tajribalar natijalariga koʻra, kuzgi
bugʻdoyni tuplanish davrida gerbitsidlarni Serto Plyus, 75%-100 g/ga+Klodimeks,
8%-0,3
l
/ga va Serto Plyus, 75%-150 g/ga+Klodimeks, 8%-0,4
l
/ga
birgalikda
aralashtirib qoʻllanilganda, kuzgi bugʻdoy hosil elementlarini shakllanishiga ijobiy
ta‟sir etib, oʻrtacha yillar (2018-2021 yy) boʻyicha gerbitsid tur va me‟yorlariga mos
ravishda oʻsimlik boʻyi 1,4-1,8 va 1,2-1,6 sm, boshoqdagi donlar 3,7-6,5 va 3,5-6,4
dona, bir boshoqdagi don ogʻirligi 0,17-0,21 va 0,18-0,20 g, 1000 ta don ogʻirligi 1,2-
2,2 va 1,6-2,5g yuqori boʻlganligi aniqlangan (5-rasm).
4-rasm. Nooʻsuv davrida qoʻllanilgan gerbitsidlar- 5-rasm. O„suv davrida qoʻllanilgan gerbitsidlarning
ning kuzgi bugʻdoy bir boshoqdagi donlar ogʻirligi kuzgi bugʻdoy bir boshoqdagi donlar ogʻirligi va
va 1000 ta don ogʻirligiga ta‟siri, g. (2018-2019 y.) 1000 ta don ogʻirligiga ta‟siri, g. (2018-2019 y.)
Koʻp yillik ildizpoyali qamish bilan kuchli zararlangan 1-tajriba maydonida,
nazorat gerbitsid qoʻllanilmagan va kuzgi bugʻdoy maydonida don hosili yigʻishtirib
olingandan soʻng, Dalglifos 500 g/l (etalon) (3,0
l
/ga), Glifor, 75,7 % (1,5-3,0 kg/ga)
gerbitsidlari qoʻllanilgan variantlarda don hosildorligi tajriba yillari boʻyicha (2019,
2020, 2021 yy) mos ravishda 28,5-37,3; 26,8-38,8; 24,3-41,3 s/ga ni yoki oʻrtacha
uch yilda 26,5-39,1 s/ga ni tashkil etgan (3-jadval).
3-jadval