13
g/l 3,0
l
/ga
etalon sifatida va Glifor, 75,7% gerbitsidini ishlab chiqaruvchi firma
tavsiya etgan 1,5-3,0 kg/ga me‟yorlari olingan.
Dala tajribalarini qoʻyishdan oldin, yozda kuzgi bugʻdoy don hosili yigʻishtirib
olingandan soʻng, tajriba maydoni angʻizni namlantirish va shoʻr yuvish uchun
sugʻorilib, begona oʻtlar toʻliq unib chiqqandan soʻng, uch yil davomida gerbitsidlar
qoʻllashdan oldin va keyin 10, 20, 30 kunlari begona oʻtlar miqdori hisobga olingan.
Olingan ma‟lumotlarga koʻra, tajribaning dastlabki (2018 y) yilida 1 m
2
da jami
begona oʻtlar soni variantlar boʻyicha oʻrtacha 73,4-86,2
donani tashkil etib, bir
yilliklar 35,2-44,4 donani, koʻp yilliklar 37,2-41,9 dona mavjudligi hisobga olingan.
Shuni alohida ta‟kidlab oʻtish kerakki, tajriba maydonida tajribaning keyingi
(2019-2020 yy) 2-3 yillarida nazorat variantida gerbitsidlar qoʻllanilmaganligi
sababli, begona oʻtlar miqdori koʻpayib borishi kuzatilib, bu koʻrsatkichlar
yillar
boʻyicha mos ravishda 1m
2
da 94,3 donadan 108 donagacha oshib borganligi
kuzatilgan.
Dala tajribalarida begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlar qoʻllanilgandan 30 kun
oʻtgach samaradorligi oʻrganilganda, tajribaning birinchi (2018 y) yilida Dalglifos
500 g/l-3,0
l
/ga me‟yorida qoʻllanilgan etalon variantida, bir yillik begona oʻtlarni 90-
100%, koʻp yilliklarni 80,4-90,3% nobud qilganligi qayd etilgan.
Olingan ma‟lumotlarga koʻra,
tajribada Glifor, 75,7% gerbitsidining 1,5 kg/ga
me‟yordan 3,0 kg/ga me‟yoriga oshirib qoʻllanilganda bir va koʻp yillik begona
oʻtlarga samaradorligi tajribaning birinchi yilida oʻrtacha 3,4% ni tashkil etgan
boʻlsa, keyingi 2-3 yillarda 2,9-1,0% atrofida boʻlib, sezilarli farq kuzatilmagan.
Shunindek, Glifor, 75,7% 1,5 kg/ga qoʻllanilgan variantda tajribaning birinchi (2018
y) yilida bir yilliklarni 89,4-100%, koʻp yilliklarni 79,7-89,1% nobud qilgan boʻlsa,
gerbitsid 3,0 kg/ga oshirib qoʻllanilgan variantda bu koʻrsatkichlar,
mos ravishda
93,1-100 va 83,3-92,6% boʻlganligi qayd etilgan.
Tajribaning keyingi 2-3 (2019-2020 yy) yillarida gerbitsidlar qoʻllanilgan
variantlarda begona oʻtlar soni kamayib borishi bilan birga, gerbitsidlarning
samaradorligi oshib borganligi kuzatilgan. Masalan, tajribaning birinchi (2018 y)
yilida oʻrtacha samaradorlik gerbitsidlar turlari boʻyicha, mos ravishda 90,6; 89,9 va
93,3% ni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkichlar tajribaning ikkinchi (2019 y)
yilida
94,0; 93,8 va 96,7 %, uchinchi (2020 y) yilida 96,8; 96,6 va 97,6% ni tashkil etib,
oʻrtacha uch yilda 93,7; 93,4 va 95,8% boʻlganligi aniqlangan (1-jadval).
Ma‟lumki, Glifosat preparatlarini ijobiy tomonlari bilan bir qatorda,
ularni
yuqori me‟yorda qoʻllanilishi tuproq va atrof-muhitga ham sezilarli zarar koʻrsatishi
mumkin. Shuning uchun ham, qishloq xoʻjaligida gerbitsidlardan samarali
foydalanishda ularni mumkin qadar kichik me‟yorlarda qoʻllash muhim hisoblanadi.
Dala tajribalarida Glifor, 75,7% 1,5 kg/ga qoʻllanilganda dastlabki birinchi yilda
begona oʻtlarga biologik samaradorligi Dalglifos 500 g/l-3,0 l/ga, Glifor, 75,7% 3,0
kg/ga qoʻllanilgan variantlarga nisbatan biroz kam boʻlgan boʻlsada, oxirgi uchinchi
yilga ekin maydonining begona oʻtlardan tozalanib borishi hisobiga, qoʻllanilgan oz
miqdordagi (1,5 kg/ga) me‟yori ham begona oʻtlarga ta‟siri
yuqori samaradorlikni,
ya‟ni bir yilliklarni-100%, koʻp yilliklarni 84,7-100% ni, jumladan, qamishni 84,7%
ga nobud qilganligi qayd etilgan. Qamish va boshqa bir va koʻp yillik eng xavfli
begona oʻtlar bilan zararlangan kuzgi bugʻdoy maydonlarida gerbitsidilar