• «Qoraqalpogʻistonning turli darajada shoʻrlangan sugʻoriladigan yerlarida kuzgi bugʻdoy maydonlarida tarqalgan begona oʻtlarning turlari va tarqalish hududlari»
  • «Tadqiqotni oʻtkazish sharoiti va uslublari»




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/41
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #241561
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
    Bog'liq
    7xzfitTga0g1ciD

    «Tadqiqotni oʻtkazish sharoiti va uslublari»
    deb nomlangan 
    ikkinchi bobida disertatsiya mavzusi yuzasidan tadqiqot hududining geografik oʻrni, 
    dala tajribalari oʻtkazilgan joyning tuproq sharoitlari, iqlim sharoitlari va tajribalarni 
    oʻtkazish uslublari ta‟riflangan. Ushbu bobda tadqiqotlar mavzusi yuzasidan har bir 
    tajribani oʻtkazilish usullari, dala tajribalarini olib borish tartibi, tajriba 
    maydonchasidagi nihollarning oʻsishi va rivojlanishini oʻrganishda qoʻllanilgan 
    fenologik kuzatuvlar va biometrik hisoblar, tajriba ma‟lumotlariga matematik va 
    statistik ishlov berish tartibi bayon etilgan. 
    Dissertatsiyaning 
    «Qoraqalpogʻistonning turli darajada shoʻrlangan 
    sugʻoriladigan yerlarida kuzgi bugʻdoy maydonlarida tarqalgan begona 
    oʻtlarning turlari va tarqalish hududlari»
    deb nomlangan uchinchi bobida 
    Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproq iqlim sharoitiga koʻra, janubiy, shimoliy va 


    11 
    markaziy hududlarga boʻlinishi, ushbu hududlarning tuproqlarining shoʻrlanganlik 
    darajasi, ularning mexanik tarkibi, sizot suvlarining joylashish chuqurligi va iqlim 
    sharoitlarining keskin oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Bu esa, sugʻoriladigan 
    yerlarda tarqalgan begona oʻtlar turlarining ham tarqalishi boʻyicha hududlar 
    kesimida tarqalishiga oʻz ta‟sirini koʻrsatganligi dala ekspeditsiyalarida qayd etilgan. 
    Ilmiy tadqiqotlarda kuzgi bugʻdoy yetishtiriladigan maydonlarda tarqalgan 
    begona oʻtlar turlarini aniqlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasining 
    Janubiy hududida Amudaryo, Markazda Xoʻjayli va Shimoliy hududida Chimboy 
    tumanlarida dala ekspeditsiyalar olib borilgan. 
    Dala 
    ekspeditsiyalarida 
    Qoraqalpogʻiston 
    Respublikasining 
    kuzgi 
    bugʻdoyzorlarida 21 ta oila, 65 ta turkumga kiruvchi 78 turdagi begona oʻtlar 
    tarqalgan boʻlib, shundan: bir yilliklar–48 ta, ikki yilliklar–4 ta, koʻp yilliklar–26 ta 
    turni tashkil etadi. Jumladan, boshoqdoshlar (
    Poaceae
    ) oilasiga mansub–15 ta, 
    shoʻradoshlar 
    Chenopodiaceae
    )–14 
    ta, 
    karamdoshlar 
    (
    Brassicacea
    )–9 
    ta, 
    qoqioʻtdoshlar (
    Asteraceae
    )–9 ta, dukkakdoshlar (
    Fabaceae
    ) oilasiga mansub–5 ta 
    turni, qolgan oilaga mansub begona oʻtlar 1-3 ta turni tashkil etganligi aniqlangan.
    Mintaqaning o„rganilgan hududlarida, kuzgi bugʻdoy maydonlarida ifloslantirish 
    koʻrsatkichi boʻyicha bir yillik begona oʻtlar eng yuqori boʻlib–61,5%, ikki yilliklar–
    5,1 va koʻp yilliklar 33,3% ni tashkil etganligi qayd etilgan. 
    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Janubiy hududi Amudaryo tumani kuzgi 
    bugʻdoy maydonlarida 16 ta oila, 55 ta turkumga kiruvchi 63 turdagi begona oʻtlar 
    tarqalgan boʻlib, shundan: bir yilliklar-39 ta, ikki yilliklar-4 ta, koʻp yilliklar–20 ta 
    turni tashkil etadi (1-rasm). Kuzgi bugʻdoy maydonlarida begona oʻtlarning turlari 
    boʻyicha Markaziy va Shimoliy hududlarga nisbatan 6-14 taga koʻpligi aniqlangan. 
    Tarqalishi va tur tarkibi boʻyicha bir yillik begona oʻtlar 61,9% ni, koʻp yilliklar 
    31,7% ni tashkil etib, ikki yillik begona oʻtlar 6,3% kam miqdorda tarqalganligi 
    aniqlanib, bir yillik begona oʻtlar katta zarar keltirishi qayd etilgan. Bu shundan 
    dalolat beradiki, mintaqaning Janubiy hududida Markaziy va Shimoliy hududlarga 
    tuproqlar 
    shoʻrlanish 
    darajalarining 
    nisbatan 
    pastligi, 
    iqlim 
    sharoitining 
    oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi uchun qulayligini koʻrsatadi.
    Qoraqalpogʻistonning Markaziy hududi Xoʻjayli tumani Amudaryoning chap 
    sohilida joylashgan bo„lib, kuzgi bugʻdoy yetishtiriladigan maydonlarda 17 ta oila, 46 
    ta turkumga mansub, 53 ta turdagi begona oʻtlar tarqalgan boʻlib, bir yilliklar 32 
    (60,4%) ta, ikki yilliklar 2 (3,8 %) ta va koʻp yilliklar 19 (35,8 %) tani tashkil etib, 
    zarar keltirish boʻyicha bir yillik begona oʻtlar yuqori ekanligi aniqlangan (2-rasm). 
    Respublikaning Shimoliy hududida joylashgan Chimboy tumani “Kegayli” 
    kanali Shimoliy oʻng qirgʻogʻida joylashgan bo„lib, iqlim sharoiti jihatidan 
    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shimoliy va Janubiy mintaqalari tuproq 
    shoʻrlanish darajasi, vegetatsiya davrida foydali harorat, yogʻinlar, nisbiy namlik va 
    boshqalar bilan ajralib turadi, bu esa ekin maydonlarida tarqalgan begona oʻtlar 
    miqdori va turlariga ham oʻz ta‟sirini koʻrsatadi. Tuman kuzgi bugʻdoy maydonlarida 
    15 ta oila, 47 ta turkumga mansub, 52 ta turdagi begona oʻtlar tarqalgan boʻlib, 
    Markaziy va Janubiy mintaqalaridagi kuzgi bugʻdoy maydonlarida esa bu 
    koʻrsatkichlar 16-17 ta oila, 46-55 ta turkum, 53-63 ta turni tashkil etib, Shimoliy 
    mintaqada 1-11 donaga kam miqdorda ekanligi hisobga olingan. Shuningdek, 


    12 
    Shimoliy hududda ham ifloslanganlik darajalari boʻyicha, bir yilliklar eng yuqori 
    koʻrsatkichni 59,6% (31 ta), ikki yilliklar 5,8% (3 ta) va koʻp yilliklar esa –34,6% (18 
    ta) ni tashkil etganligi kuzatilgan (3-rasm). 
    Tajribalarda kuzgi bugʻdoy maydonlarining begona oʻtlar bilan ifloslanganlik 
    darajalari oʻrganilganda, begona oʻtlar bilan zararlanish darajasi kuzgi bugʻdoyni 
    tuplanish fazasida bahorda yuqori ekanligi qayd etilgan. Ushbu keng tarqalgan 
    begona oʻtlar kuzgi bugʻdoy unib chiqishidan, amal davri oxirigacha uning oʻsishi, 
    rivojlanishiga toʻsqinlik qilib, don hosildorligini pasayishiga sabab boʻlmoqda.
    1-rasm. Qorqalpogʻiston Janubiy 2-rasm. Qorqalpogʻiston Markaziy 3-rasm. Qorqalpogʻiston Shimoliy 
    hududi (Amudaryo)
    kuzgi bugʻdoy hududi (Xoʻjayli) kuzgi bugʻdoy hududi (Chimboy) kuzgi bugʻdoy 
    maydonlarida tarqalgan begona maydonlarida tarqalgan begona maydonlarida tarqalgan begona 
    oʻtlarning tarqalish turlari oʻtlarning tarqalish turlari oʻtlarning tarqalish turlari 
    Mintaqaning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari boʻyicha tuproq–iqlim 
    sharoiti, tuproqlarning shoʻrlanganlik darajasi, yerdan foydalanish tartibi va begona 
    oʻtlarga qarshi kurashishda oʻtkaziladigan tadbirlarga koʻra, begona oʻtlar turlari 
    boʻyicha tarqalishi ham bir-biridan farqlanib, mintaqaning janubiy hududi Amudaryo, 
    markazda Xoʻjayli va shimolda Chimboy tumanlarida mos ravishda 16, 17, 15 ta oila, 
    55, 46, 47 ta turkumga mansub, 63, 53, 52 turdagi begona oʻtlar aniqlanib, jumladan, 
    bir yilliklar–39, 32, 31 ta, ikki yilliklar–4, 2, 3 ta, koʻp yilliklar–20, 19, 18 ta turni 
    tashkil etadi. Kuzgi bugʻdoy maydonlarida zarar keltirishi boʻyicha bir yillik begona 
    oʻtlar ustunlik qilib, hududlar kesimida (mos ravishda–61,9; 60,4 va 59,6%) eng 
    yuqori koʻrsatkichni egallashi tadqiqotlarda aniqlangan. 
    Dissertatsiyaning «

    Download 0,84 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Tadqiqotni oʻtkazish sharoiti va uslublari»

    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish