Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana18.05.2024
Hajmi0,84 Mb.
#241561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
7xzfitTga0g1ciD

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining 
turli darajada shoʻrlangan oʻtloqi–allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bugʻdoy 
maydonlarida tarqalgan begona oʻtlarga qarshi kurashishda turli gerbitsidlarni 
qoʻllash samaradorligini oʻrganish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari 
asosida: 
gʻallachilikka ixtisoslashgan fermer va agroklaster xoʻjaliklari uchun 
“Qoraqalpogʻistonning kuzgi bugʻdoy maydonlarida tarqalgan bir va koʻp yillik 
begona oʻtlarga qarshi gerbitsidlarni qoʻllash boʻyicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan 
va tasdiqlangan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023 
yil 4 iyuldagi 01/014-2380-sonli ma‟lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi 
kunda boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi agroklaster va fermer xoʻjaliklarida 
qoʻllanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda;
kuzgi bugʻdoy maydonlarida keng tarqalgan qamish va boshqa koʻp yillik 
begona oʻtlarga qarshi don hosili yigʻishtirib olingandan soʻng (nooʻsuv davrida) 
Glifor, 
75,7% 
gerbitsidini 
1,5 kg/ga me‟yorida qoʻllash texnologiyasi 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy tumanida 7,9 ga, Kegeyli tumanida 4,5 
ga, jami 12,4 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq 
xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 4 iyuldagi 01/014-2380-son ma‟lumotnomasi). Ushbu 
agrotexnologiya qoʻllanilganda gʻalla maydonlaridagi qamish va boshqa koʻp 
yilliklarni 76,8-82,4% kamayishiga olib kelgan. Natijada kuzgi bugʻdoydan 36,3-37,5 
s/ga don hosili yetishtirilib, 2187,0–2547,0 ming/soʻm sof foyda olinib, rentabellik 
darajasi 25,2-29,3% ni tashkil etgan. 
kuzgi bugʻdoy tuplanish davrida (oʻsuv davrida) bir va koʻp yillik, bir va ikki 
pallali begona oʻtlarga qarshi Serto Plyus, 75% gerbitsidini 100 g/ga + Klodimeks, 
8% gerbitsidini 0,3 
l
/ga me‟yorlarida birgalikda qoʻllash texnologiyasi 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy tumanida 69,3 ga, Qonlikoʻl tumanida 
54,1 ga, jami 123,4 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023 yil 4 iyuldagi 01/014-2380-son 
ma‟lumotnomasi). Natijada kuzgi bugʻdoy maydonidagi bir yillik begona oʻtlarni 


10 
85,1-90,7%, koʻp yilliklarni 78,8-80,7% ga kamayishi ta‟minlab, gektaridan 37,2-
38,8 s don hosili olinib, sof foyda 2457,0–2937,0 ming soʻm/ga, rentabellik darajasi 
28,2-33,7% ni tashkil etgan. 

Download 0,84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish