|
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasiBog'liq 7xzfitTga0g1ciDTadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.
Dala tajribalari har yili Toshkent davlat
agrar universiteti tomonidan tuzilgan maxsus aprobatsiya komissiyasi tomonidan
ijobiy baholangan. Dissertatsiya ishining asosiy ilmiy natijalari 4 ta xalqaro va 3 ta
respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida muhokamadan oʻtkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha
jami 8 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, O„zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya
komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish
uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta maqola, jumladan, 2 tasi respublika va
1 tasi xorijiy jurnallarda, shuningdek, 1 ta tavsiyanoma nashr qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya tarkibi kirish, beshta bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning
hajmi 120 sahifani tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish
qismida dissertatsiya ishining dolzarbligi va zarurati asoslangan,
dissertatsiya mavzusining O„zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor
yoʻnalishlariga, ilmiy-tadqiqotlar rejalariga mosligi koʻrsatilgan, mavzu boʻyicha
xalqaro ilmiy-tadqiqotlar sharhi va mavzuning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqot
maqsadi va vazifalari shakllantirilgan, tadqiqot ob‟ekti va predmeti keltirilgan, ilmiy
yangiligi, amaliy natijalari va ularning ishonchliligi, tadqiqot natijalarining amaliy
ahamiyati, joriy etish toʻgʻrisidagi ma‟lumotlar, tadqiqot natijalarining chop etilganligi,
dissertatsiyaning hajmi va tarkibi bayon etilgan.
Dissertatsiyaning
«Dehqonchilikda tarqalgan begona oʻtlarning keltiradigan
zararlari va ularga qarshi kimyoviy kurash tadbirlari boʻyicha xorijiy va
mahalliy ilmiy adabiyotlar tahlili»
deb nomlangan birinchi bobida dissertatsiya
mavzusi boʻyicha xorijiy va respublikamiz olimlarining ushbu mavzuda olib borgan
ilmiy-tadqiqotlari ishlari tahlil qilingan. Ushbu bobda dunyo dehqonchiligida begona
oʻtlarning turlari, biologik xususiyatlari va ularning keltiradigan zararlari, ekin
maydonlarida tarqalgan begona oʻtlarga qarshi kurashishda gerbitsidlar samaradorligi
tavsifi keltirilgan.
Dissertatsiyaning
|
| |