|
Tadqiqotning amaliy natijalariBog'liq 7xzfitTga0g1ciDTadqiqotning amaliy natijalari
quyidagilardan iborat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy hududi kuzgi bugʻdoy maydonlarida
16 ta oila, 55 ta turkumga kiruvchi 63 turdagi begona oʻtlar tarqalgan boʻlib,
shundan: bir yilliklar – 39 (61,9%) ta, ikki yilliklar-4 (6,3%) ta, koʻp yilliklar – 20
(31,7%) ta turni, jumladan, bugʻdoy maydonlarida keng tarqalganlari, boshoqdoshlar
(
Poaceae
) oilasiga mansub–13 ta, shoʻradoshlar (
Chenopodiaceae
)–12 ta,
karamdoshlar (
Brassicacea
)–6 ta, qoqioʻtdoshlar (
Asteraceae
) oilasiga mansub 9 ta
turni tashkil etib, kuzgi bugʻdoy maydonlarida begona oʻtlarning turlari boʻyicha
markaziy va shimoliy hududlarga nisbatan 6-14 taga koʻpligi qayd etilgan;
mintaqaning markaziy va shimoliy hududi kuzgi bugʻdoyzorlarida tegishlicha 17
va 15 ta oila, 46 va 47 ta turkumga mansub, 53 va 52 ta turdagi, jumladan, bir
yilliklar – 32 (60,4%) va 31 (59,6%) ta, ikki yilliklar – 2 (3,8%) va 3 ta (5,8%) ta,
koʻp yilliklar – 19 (35,8%) va 18 ta (34,6%)tani tashkil etib, shoʻradoshlar
(
Chenopodiaceae
)–10 va 12 ta, boshoqdoshlar (
Poaceae
) oilasiga mansub–9 va 10 ta,
karamdoshlar (
Brassicacea
)–8 va 7 ta, qoqioʻtdoshlar (
Asteraceae
)–5 ta turi keng
tarqalib, katta zarar keltirishi aniqlangan.
Kuzgi bugʻdoy maydonlarida katta zarar keltiruvchi keng tarqalgan qamish va
boshqa koʻp yillik begona oʻtlarga qarshi kuzgi bugʻdoy don hosili yigʻishtirib
olingandan soʻng (nooʻsuv davrida) Glifor, 75,7% gerbitsidini 1,5 kg/ga me‟yorida
qoʻllash, bir va koʻp yilliklarni 84,7-100 % ga, qamishni esa 79,7-84,7% ga, bir va
koʻp yillik, bir va ikki pallalilarga qarshi bahorda bugʻdoy tuplanish davrida (oʻsuv
davrida) Serto Plyus, 75%-100 g/ga+Klodimeks, 8%-0,3 l/ga me‟yorlarida birgalikda
qoʻllash bir yilliklarni 87,8-93,6%, koʻp yilliklarni 81,2-82,8% ga kamaytirishi
hisobiga, bugʻdoyning oʻsishi uchun qulay sharoit yaratilib, nazorat (gerbitsidsiz)
variantga nisbatan 12,6-15,3 s/ga qoʻshimcha don hosili yetishtirishni ta‟minlagan.
|
| |