• Muammoning oʻrganilganlik darajasi.
  • Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/41
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #241561
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    7xzfitTga0g1ciD

    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor 
    yoʻnalishlariga mosligi. 
    Mazkur tadqiqot ishi Respublika Fan va texnologiyalari 
    rivojlanishining V. «Qishloq xoʻjaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muxit 
    muhofazasi» ustuvor yoʻnalish doirasida bajarilgan. 
    Muammoning oʻrganilganlik darajasi.
    Kuzgi boshoqli don ekinlari 
    maydonlarida tarqalgan begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha xorijda 
    N.A.Awon, L.Аndersson, T.Anjum, R.Bajwa, R.Lee, Van Wuchen, J.Alvin, 
    C.Edward, Keio Uzawa, respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida 
    A.Joʻraqulov, 
    Q.Mirzajonov, 
    A.Yuldashev, 
    M.Muxammadjonov, 
    B.Aliev, 
    F.Hasanova 
    B.Baxromov, 
    A.Yuldashev, 
    M.Lazovatskaya, 
    K.M.Moʻminov, 
    I.Irnazarov, A.Sagʻdullaev, R.Rahmonov, R.Ochilov, Sh.Rizaev, M.Shodmanov, 
    Sh.Teshabaev, S.Saidov, N.Turdieva, Ya.Boʻriev, Z.Ibragimov ва S.Sullievalar 
    tomonidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. 
    Ammo, Qorаqalpogʻiston Respublikasining turli darajada shoʻrlangan oʻtloqi – 
    allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bugʻdoydan yuqori va sifatli don hosili 
    yetishtirishda, gʻalla maydonlarida tarqalgan bir va koʻp yillik begona oʻtlarga qarshi 
    kuzgi bugʻdoy don hosili yigʻishtirib olingandan soʻng (nooʻsuv davrida) va bahorda 
    bugʻdoy tuplanish davrida (oʻsuv davrida) turli tarkibli gerbitsidlarni qoʻllash 
    me‟yorlarining ta‟siri boʻyicha yetarlicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. 
    Dissertatsiya 
    tadqiqotining 
    dissertatsiya 
    bajarilgan 
    oliy 
    ta’lim 
    muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi. 
    Dissertatsiya 
    tadqiqoti Toshkent davlat agrar universitetining “Dehqonchilik va melioratsiya” 
    kafedrasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining: “Qishloq xoʻjaligi ekinlarini 
    yetishtirishda resurs tejamkor texnologiyalarning elementlarini takomillashtirish” 
    mavzusi doirasida bajarilgan (2018-2021 yy).

    Download 0,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor

    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish