• E.Sh.Toreniyazov Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi, q.x.f.d., professor B.U.Aytjanov
  • KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Rizayev Shuxrat Xudoyberdiyevich




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/41
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #241561
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    7xzfitTga0g1ciD

     
    Rizayev Shuxrat Xudoyberdiyevich
    qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, dotsent. 
    Teshabayev Sherzod
    Alijanovich
    qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa doktori, dotsent.
     
    Yetakchi tashkilot: 
    O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot 
    instituti 
    Dissertatsiya himoyasi Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi 
    PhD.05/29.08.2023.Qx.172.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil «____» ____________ soat ______ dagi 
    majlisida boʻlib oʻtadi. (Manzil: 230101, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Abdambetov 
    koʻchasi. Tel.: (+99861) 229-27-01; faks: (+99861) 229-25-09; e–mail: ftga_info@edu.uz).
     
    Dissertatsiya bilan Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining Axborot-
    resurs markazida tanishish mumkin (№_________ raqami bilan roʻyxatga olingan). Manzil: 230101, 
    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Abdambetov koʻchasi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va 
    agrotexnologiyalar instituti bosh binosi. Tel.: (+99861) 229-26-92. 
    Dissertatsiya avtoreferati 2024 yil «____» ___________ kuni tarqatildi. 
    (2024 yil «_____» ___________ dagi _________ raqamli reestr bayonnomasi) 
    E.Sh.Toreniyazov 
    Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash 
    raisi, q.x.f.d., professor 
    B.U.Aytjanov 
    Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash 
    ilmiy kotib vazifasini bajaruvchi, q.x.f.d., 
    katta ilmiy xodim 
    N.B.Reimov 
    Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash 
    qoshidagi ilmiy seminar raisi, q.x.f.d., 
    dotsent 
     
     
     



    KIRISh (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
    Dunyo dehqonchiligida 
    225 mln. gektar maydonga bugʻdoy ekilib, don hosili 783,3 mln. tonnani, oʻrtacha 
    hosildorlik 34,9 s/ga ni tashkil etadi
    1
    . Bugʻdoy donni yetishtirish boʻyicha yetakchi 
    davlatlar Xitoy (136,9 mln.t), Hindiston (109,5 mln.t), Rossiya (76,0 mln.t), AQSh 
    (44,7 mln.t), Frantsiya (36,5 mln.t) hisoblanadi
    1-2
    . Lekin, kuzgi bugʻdoyning 
    hosildorligining pasayishiga gʻallazorlarda tarqalgan turli xil begona oʻtlar sabab 
    bo„lmoqda. Shunung uchun, kuzgi bugʻdoy dalalarida tarqalgan begona o„tlarning 
    oila va turlarini aniqlash, kuzgi bugʻdoyning hosildorligining kamayishiga sabab 
    bo„layotgan katta zarar keltiruvchi begona oʻtlarga qarshi samarali kurashishni ishlab 
    chiqish orqali yuqori va sifatli don hosili yetishtirish bugungi kunda dolzarb 
    masalalardan boʻlib bormoqda.
    Hozirgi kunda dunyoda 30000 turdan ortiq begona oʻtlar tarqalgan boʻlib, 
    ularning 1800 turi oʻta xavfli boʻlib MDH davlatlarida esa 2000 turdagi begona 
    oʻtlarning 50 % xavfli hisoblanadi. Bu borada, boshoqli don ekin maydonlarida
    tarqalgan begona oʻtlarning biologik xususiyatlari, ularning oila va turlari, 
    keltiradigan zararlarini aniqlash, ularga qarshi samarali boʻlgan kurashish chora – 
    tadbirlarini ishlab chiqishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Bunda gʻallazorlardagi 
    tarqalgan begona oʻtlarni o„rganish va ularga har xil usullarda qarshi kurashish 
    natijasida bug„doydan 100 s/ga gacha don hosildorligi olish va sifati talab 
    darajasidagi mahsulot yetishtirish bo„yicha tadqiqotlarga alohida itibor qaratilmoqda. 
    Respublikamizning tuproq-iqlim sharoiti noqulay boʻlgan Qoraqalpogʻistonning 
    turli darajada shoʻrlangan yerlarida kuzgi boshoqli ekinlari yetishtirish hamda uning 
    hosildorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri, kuzgi bugʻdoy parvarishida 
    barcha agrotexnikaviy tadbirlarni, ya‟ni intensiv resurstejamkor texnologiyalarni 
    joriy etish, sugʻorish suvlaridan, mineral va organik oʻgʻitlardan samarali 
    foydalanish, donli ekinlarni kasallik, zararkunanda va begona oʻtlardan himoya qilish 
    eng muhim masalalardan biridir. 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi 
    O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 30-maqsadida «Qishloq xoʻjaligini ilmiy 
    asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 
    baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga yetkazish, 
    mamlakat oziq-ovqat havfsizligini yanada mustahkamlashda eng avvalo zamonaviy 
    agrotexnologiyalarni joriy etish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. 
    Shuning uchun, Qoraqalpogʻistonning tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bugʻdoyzorlarda 
    tarqalgan begona oʻtlarning turlari, tarkibi va ularning hududlar boʻyicha tarqalishini 
    aniqlash hamda ularga qarshi kurashishda gerbitsidlar me‟yorlarining samaradorligi 
    va kuzgi bugʻdoy don hosildorligiga ta‟sirini oʻrganish, shuningdek, ijobiy natijalarni 
    amaliyotga keng joriy qilish boʻyicha ilmiy- tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. 
    Mazkur dissertatsiya tadqiqoti O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 
    23 oktyabrdagi PF-5853-son “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini 
    rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash 
    toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2023 yil 5 apreldagi PQ-113-son “2023 yilda qishloq xoʻjaligi 
    1
     
    https://www.fao.org/worldfoodsituation/csdb/ru/
     
    2
     
    https://www.fao.org/3/cc3762ru/cc3762ru.pdf
      



    mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning 
    qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 
    14 yanvardagi 25-son “Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali 
    foydalanish va qoʻshimcha daromad olishni tashkil qilish chora tadbirlari 
    toʻgʻrisida”gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me‟yoriy huquqiy 
    hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqot 
    ishlari muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 0,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish