• Tadqiqotning predmeti
  • Tadqiqotning usullari.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi
  • Agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/41
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #241561
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
    Bog'liq
    7xzfitTga0g1ciD

    Tadqiqotning ob’ekti
    sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻrtacha 
    shoʻrlangan oʻtloqi - allyuvial tuproqlari, kuzgi bugʻdoyning “Krasnodarskaya-99” 
    navi, Dalglifos 500 g/l, Glifor 75,7 %, Serto Plyus, 75 % va Klodimeks, 8% 
    gerbitsidlari olingan.
    Tadqiqotning predmeti
    boʻlib kuzgi bugʻdoy maydonlarida tarqalgan bir va 
    koʻp yillik begona oʻtlarning turlari, qoʻllanilgan gerbitsidlarning tur va me‟yorlari, 
    kuzgi bugʻdoyning oʻsishi, rivojlanishi, don hosili va uning sifat koʻrsatkichlarini 
    baholash hisoblanadi. 
    Tadqiqotning usullari.
    Tadqiqotlarda fenologik kuzatuv, biometrik oʻlchashlar 
    “Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari” boʻyicha, tuproqning agrofizikaviy va 
    agrokimyoviy 
    tahlillari 
    “Методы 
    агрохимических, 
    агрофизических 
    и 
    микробиологических исследований в поливных хлопковых районах”, begona 
    oʻtlar miqdori A.M.Tulikov uslubiy qoʻllanmalari boʻyicha, tadqiqot natijalarining 
    statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida B.A.Dospexovning “Методика 
    полевого опыта” manbasidagi dispersion tahlil uslubi boʻyicha amalga oshirilgan.
    Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
    quyidagilardan iborat:
    ilk bor Qoraqalpogʻiston Respublikasining Janubiy, Shimoliy va Markaziy 
    hududlarida kuzgi bugʻdoy maydonlarida 21 ta oilaga mansub, 65 ta turkumga 
    kiruvchi 78 turdagi begona oʻtlar tarqalganligi aniqlangan; 
    hududlar boʻyicha kuzgi bugʻdoy maydonlarida boshoqdoshlar (
    Poaceae
    –15 ta), 
    shoʻradoshlar 
    (
    Chenopodiaceae
    –14 ta), karamdoshlar (
    Brassicacea
    –9 ta), 
    qoqioʻtdoshlar (
    Asteraceae
    –9 ta), dukkakdoshlar (
    Fabaceae
    –5 ta) oilasiga mansub 
    begona oʻtlar keng tarqalganligi, zarar keltirish koʻrsatkichi boʻyicha bir yillik 
    (61,5%) begona oʻtlar ikki (5,1%) va koʻp yilliklarga (33,3%) nisbatan yuqori 
    ekanligi aniqlangan; 
    sizot suvlari yaqin (1,5-2,0 m) joylashgan yerlarda, qamish va boshqa koʻp yillik 
    xavfli begona oʻtlarga qarshi kuzgi bugʻdoy don hosili yigʻishtirib olingandan soʻng 
    (nooʻsuv davrida) tarkibi glifosat boʻlgan Glifor, 75,7% gerbitsidini qoʻllashning 
    maqbul me‟yori aniqlangan; 
    bir va koʻp yillik, bir va ikki pallali begona oʻtlarga qarshi bahorda bugʻdoy



    tuplanish davrida tarkibi dikamba+tritosulfuron-etil boʻlgan Serto Plyus, 75% va 
    klodinafop propargil+antidot klokvintotset meksil tarkibli Klodimeks, 8% 
    gerbitsidlarini alohida va birgalikda aralashma holida qoʻllashning maqbul me`yorlari 
    aniqlangan; 
    kuzgi bugʻdoy don hosili yigʻishtirib olingandan soʻng (nooʻsuv davrida) Glifor, 
    75,7% gerbitsidini 1,5 kg/ga me`yorida, bugʻdoy tuplanish davrida (oʻsuv davrida) 
    Serto Plyus, 75% - 100 g/ga+Klodimeks, 8%-0,3 l/ga me‟yorlarida birgalikda 
    aralashma holida qoʻllash kuzgi bugʻdoyni oʻsishi, rivojanishiga, don hosili va 
    sifatini yuqori boʻlishini ta‟minlashi aniqlangan; 
    oʻrtacha shoʻrlangan, oʻtloqi – allyuvial tuproqlar sharoitida begona oʻtlarga 
    qarshi bugʻdoy nooʻsuv va oʻsuv davrida qoʻllanilgan gerbitsidlarni kuzgi bugʻdoy 
    yetishtirishdagi iqtisodiy samaradorligiga erishilganligi bilan izohlanadi.

    Download 0,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Agrotexnologiyalar instituti huzuridagi ilmiy

    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish