• Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/41
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #241561
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
    Bog'liq
    7xzfitTga0g1ciD

    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
    Ilmiy tadqiqotlarda dala va laboratoriya 
    tajribalarini bajarishda umumqabul qilingan uslublardan foydalanilganligi, tajribada 
    olingan ma‟lumotlarni matematik-statistik tahlil qilinganligi, nazariy va amaliy 
    natijalarning bir-biriga mos kelishi, tadqiqot natijalarining xorijiy va mahalliy 
    tajribalar bilan taqqoslanganligi, aniqlangan qonuniyatlar va xulosalarning 
    asoslanganligi, tajribalar va olingan ilmiy-amaliy natijalar mutaxassislar tomonidan 
    aprobatsiyadan oʻtkazilib ijobiy baholanganligi va amaliyotga joriy etishga tavsiya 
    qilinganligi, shuningdek, tadqiqot natijalarining Respublika va xalqaro ilmiy 



    konferentsiyalarda ma‟ruzalar qilinganligi, ilmiy nashrlarda chop etilganligi 
    natijalarning ishonchliligini koʻrsatadi. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
    Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasining turli darajada shoʻrlangan oʻtloqi 
    – allyuvial tuproqlari sharoitida kuzgi bugʻdoy maydonlarida keng tarqalgan qamish 
    hamda boshqa bir va koʻp yillik, bir va ikki pallali begona oʻtlarga qarshi bugʻdoy 
    don hosili yigʻishtirib olingandan soʻng (nooʻsuv davrida) hamda bugʻdoy tuplanish 
    davrida gerbitsidlar turi, me‟yorlarini alohida va birgalikda qoʻllashning begona 
    oʻtlar turlari, miqdoriga ta‟sir etish mexanizmi ilmiy asoslanganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati–oʻrtacha shoʻrlangan, oʻtloqi–allyuvial 
    tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoydan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda, ekin 
    maydonlarida kurashish qiyin boʻlgan qamish va boshqa bir va koʻp yillik begona 
    oʻtlarga qarshi bugʻdoy nooʻsuv davrida va oʻsuv davrida qoʻllaniladigan maqbul 
    gerbitsidlar me‟yorlari aniqlanib, ushbu parvarishlash agrotexnikasi kuzgi bugʻdoy 
    yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga joriy etish orqali yuqori don hosili yetishtirilib, 
    iqtisodiy samaradorlikni ta‟minlaganligi bilan izohlanadi. 

    Download 0,84 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish