• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 2 Kirish
  • Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana22.09.2023
    Hajmi0.6 Mb.
    #83555
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    307 guruh Umarov Javohirbekni Ishlab chiqarish amalyoti buyich (1)
    1. O‘lchash xatoliklarining tabaqalanishi O‘lchash xatoligi, 5-Mavzu O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja-hozir.org, 12.Mavzu Institutsional iqtisoiyot, 1698680175, 1700898877, Ma\'ruza (3)


    Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish)
    Reja: 
    Kirish 
    1. Tomchilatib sug‘orishning о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishiga
    o‘simliklarning biomassa va oziq-ovqat organlarining shakllanishiga 
    ta’siri 
    2. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda tarvuz 
    ekinini sug‘orishning maqbul rejimlarini о‘rganish 
    3. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasining o‘simliklarning fitosanitar 
    holatiga ta’sirini aniqlash (begona о‘tlar, kasallik va zararkunandalar 
    bilan zararlanish) 
    4. Tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun avtonom tizimlarini tashkil 
    etish. 
    Xulosa 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
     
     



    Kirish 
    Butun dunyoda boʼlgani kabi yurtimizda ham suvni tejab ishlatish 
    muhim ahamiyatga ega. Mavjud suv resurslarining salmoqli qismi qishloq 
    xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishga sarflanishi eʼtiborga olinsa, bu beminnat 
    neʼmatdan tejab-tergab foydalanish samarali usuldir. Shu maqsadda qishloq 
    xoʼjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilsa
    hosildorlik oshishi bilan birga, suvni tejash imkoniyati ham yuzaga keladi.
    Respublikamizda 4,3 mln. gektar sugʻoriladigan ekin maydonlari mavjud 
    boʻlib, shundan 291,2 ming gektarida (7 foiz) suv tejovchi texnologiyalar joriy 
    etilgan. Jumladan, 120,5 ming gektar tomchilatib, 3,5 ming gektar 
    yomgʻirlatib va 4,2 ming gektar maydon diskret usulida sugʻoriladi. 163 ming 
    gektar maydonlarda esa egiluvchan quvurlar orqali sugʻorish joriy qilingan.
    Prezidentimizning 
    “Qishloq 
    xoʻjaligida 
    suvni 
    tejaydigan 
    texnologiyalarni joriy etishni yana-da jadal tashkil etish chora-tadbirlari 
    toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, 2021-yilda suvni tejovchi texnologiyalarni besh 
    barobarga oshirish va 430 ming gektarga yetkaziladi. Bunda 230 ming 
    gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda 200 ming gektar ekin 
    maydonlarini lazer uskunalar yordamida tekislash koʻzda tutilgan.
    2019-yilda respublikamizda 34,5 ming gektar maydonda tomchilatib 
    sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan boʻlib, mahalliy korxonalar barmoq 
    bilan sanarli boʻlganligi uchun texnologiyalarning 90 foiz uskunalari va 
    butlovchi qismlari xorijiy davlatlardan keltirilgan edi. Oʻtgan yilda esa suv 
    tejovchi texnologiyalar asbob-uskunalari va butlovchi qismlarini ishlab 
    chiqaruvchi mahalliy korxonalar soni 10 taga yetkazildi. Yil davomida 43 
    ming gektarda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgan boʻlsa, 
    shundan 30 foizi, yaʼni 13 ming gektari mahalliy korxonalar mahsulotiga 
    toʻgʻri keldi. 
    Ushbu texnologiyalarga talab ortar ekan, bugungi kunda suvni tejovchi 
    texnologiyalarning uskunalari va butlovchi qismlarini mahalliy sharoitda 
    ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 30 taga yetdi. Bu bilan 2021 -yilda suv 



    tejovchi texnologiyalar joriy qilinadigan maydonlarning 50 foizini mahalliy 
    korxonalar mahsuloti qamrab olishga imkon yaratildi. 
    Bugungi kunga qadar respublikamizda jami 9 830 ta fermer xoʻjaliklari 
    va klaster tashkilotlari bilan quruvchi pudrat korxonalari oʻrtasida 363,7 ming 
    gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha pudrat 
    shartnomalari rasmiylashtirilib, shundan 84,7 ming gektar maydon boʻyicha 
    qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. 
    Yil yakuniga qadar mamlakatimizda shu turdagi mahalliy korxonalar 
    sonini 100 taga yetkazish, sogʻlom raqobat muhitini yuzaga keltirish va sifat 
    bosqichiga katta eʼtibor qaratish moʻljallangan. Natijada yurtimizda suv 
    tejovchi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari yana-da kengayadi. 
    Mamlakatimiz miqyosida suvni tejaydigan ilg’or texnologiyalarni
    jumladan tomchilatib sug’orish, egatga plyonka to’shab hamda o’q ariqlar 
    o’rniga egiluvchan ko’chma quvurlar yordamida sug’orishni keng joriy etishga 
    alohida e’tibor berilmoqda. Faqatgina oxirgi yillarning o’zida 7,6 ming 
    gektardan ortiq maydonda tomchilatib sug’orish tizimi qurilib, muvaffaqiyatli 
    tarzda ishlatilmoqda. Egatga plyonka to’shab va ko’chma egiluvchan quvurlar 
    yordamida sug’orish texnologiyasi 4 ming gektarga yaqin maydonda 
    qo’llanilib, uning asosiy qismi paxta maydonlarini sug’orishda ishlatilmoqda. 
    Suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishda suvni tejaydigan 
    ilg’or texnologiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, 
    davlatimiz tomonidan ushbu yo’nalishni rivojlantirish qo’llabquvvatlanmoqda. 
    Jumladan, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi 
    «2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada 
    yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora -tadbirlari 
    to’g’risida»gi qaroriga asosan 2013-2017 yillar davomida jami 25 ming gektar 
    maydonda tomchilatib sug’orish tizimi, 45,6 ming gektar maydonda egatga 
    plyonka to’shab sug’orish usuli hamda 34 ming gektar maydonda esa o’q 
    ariqlar o’rniga ko’chma egiluvchan quvurlar yordamida sug’orish usullari joriy 
    etilishi 
    belgilangan. 
    Zamonaviy 
    suvni 
    tejaydigan 
    texnologiyalarning 



    afzalliklari, ekinlarni sug’orishda suv tejovchi istiqbolli usullarni qo’llashda 
    yomg’irlatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori 20-25 % gacha kamayadi, 
    yer ostidan sug’orishda dalaga suv berish miqdori 25-30 % gacha kamayadi, 
    tomchilatib sug’orishda dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 % gacha 
    kamayadi, egat olinmaydi. 

    Download 0.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Suv tejovchi texnalogiyalar (tomchilatib sugʻorish) Reja: Kirish

    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish