Ахборот хавфсизлиги асослари




Download 391.95 Kb.
bet2/5
Sana08.06.2023
Hajmi391.95 Kb.
#70954
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маруза
Iqtisodiy indekslar, FANDAGI YANGILIKLAR slayd, suhbat, MAt - ingliz, 15, Самост. раб. №1 Тиллаев А (СБ), Uteniyazova Alima хулоса666, 11, Tojixol, Algoritmlarni loyihalash, TURK TILLARI TANSIFIDAGI FONITIK TAMOYILAR, TURK TILARINING DASTLABKI TARRAQIYOT DAVRIGA XOS FONETIK QONUNIYATLAR, TURK TILINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, 1 (1)


AEQlar quyidagi kamchiliklarga ega:
-xalaqitbardoshlikning kichikligi. Bunda signalga turli shovqinlar qo'shilishi yoki temperatura va boshqa omillar ta'sirida qurilma parametrlarining o'zgarishi natijasida signal boshlang'ich ko'rinishidan farqlanadi;
  • uzoq masofalarga uzatilganda signalning kuchli buzilishi;
  • axborotlarni uzoq muddat saqlashning murakkabligi;
  • FIK qiymatining kichikligi.

Bunda AEQda axborot differensial tenglamalar tizimi bilan ifodalanishini alohida ta'kidlab o'tish joiz .
Hozirgi kunda axborotlarni raqamli usullarda qayta ishlash muhim o'rin egallamoqda. Buning uchun analog ko'rinishdagi birlamchi axborot ustida ikkita muhim amal bajariladi: kvantlash va kodlash.
Uzluksiz signal x(t)ni ma'lum nuqtalardagi qiymiatlari bilan almashtirishga kvantlash deyiladi.
Kvantlash vaqt yoki sathlar bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Kvantlash natijasida elektron qurilmadagi analog ko'rinishdagi birlamchi signa 1 turli shakldagi elektr impulslar ketma-ketligi ko'rinishida ifodalanadi. Kuchlanish U(t) yoki tok I(t) qiymatlarining, mos ravishda, o'rnatilgan U0 va I0 qiymatlardan qisqa vaqtlarga og'ishi elektr impuls deb ataladi. Kvantlash natijasida signal ixtiyoriy emas, balki aniq, diskret deb ataluvchi qiymatlarni oladi.
Uzluksiz kattalikdan farqli ravishda, diskret kattalikning qiymati cheklangan bolib, unda axborotning ma'lum qismi yo'qolishi mumkin. Analog signallarni kvantlash natijasida hosil bo'lgan elektr signallarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish uchun mo'ljallangan qurilmalar diskret elektron qurflmalar (DEQ) deb ataladi. Shu sababli, DEQlarda kvantlangan signallar uchun elektron kalit sifatida tranzistorlardan (tranzistorning to'yinish yoki berk rejimlari) foydalaniladi. Natijada ularda sochiluvchi quvvat eng kichik bo'ladi, issiqlik uzatilishining kichikligi sababli tranzistorlar qizishi kamayadi. Natijada ular parametrlarining nobarqarorligi ham kamayadi.
Impulslarni uzatishda signalga ta'sir ko'rsatuvchi xalaqit yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaqt qisqa bo'lganligi sababli, DEQlarning xalaqitbardoshligi AEQlarga nisbatan yuqori bo'ladi.
Kvantlash turiga ko'ra DEQlar uch guruhga bo'linadi: impulsli, releyli va raqamli.

Download 391.95 Kb.
1   2   3   4   5




Download 391.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ахборот хавфсизлиги асослари

Download 391.95 Kb.