• Releyli elektron qurilmalar
  • Impulsli elektron qurilmalar




    Download 391.95 Kb.
    bet3/5
    Sana08.06.2023
    Hajmi391.95 Kb.
    #70954
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-маруза
    Iqtisodiy indekslar, FANDAGI YANGILIKLAR slayd, suhbat, MAt - ingliz, 15, Самост. раб. №1 Тиллаев А (СБ), Uteniyazova Alima хулоса666, 11, Tojixol, Algoritmlarni loyihalash, TURK TILLARI TANSIFIDAGI FONITIK TAMOYILAR, TURK TILARINING DASTLABKI TARRAQIYOT DAVRIGA XOS FONETIK QONUNIYATLAR, TURK TILINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, 1 (1)
    Impulsli elektron qurilmalar (lEQ)da birlamchi signal vaqt bo'yicha kvantlanadi va odatda o'zgarmas chastotadagi impulslar ketma-ketligiga o'zgartiriladi. Bu jarayon impulsli modulatsiyalash deb ataladi. Impulslar ketma-ketligi to'rtta parametrga ega: impuls amplitudasi, impuls uzunligi, impuls chastotasi va impuls fazasi (impulslar vaqt momentlari taktiga nisbatan olinadi).
    Shu sababli modulatsiyaning to'rtta turi mayjud:
    • amplituda-impulsli modulatsiya (AIM);
    • kenglik-impulsli modulatsiya (KIM);
    • chastota-impulsli modulatsiya (CHIM);
      • faza-impulsli modulatsiya (FIM).

      • Amaliyotda ko'p hollarda AIM, KIM va FIM konbinatsiyalari ishlatiladi. Impulsli modulatsiyalaming bu turlari haqidagi ma'lumotlar 1.1-rasmda keltirilgan. IEQlarning aniqligi va tezkorligi AEQlarnikiga nisbatan kichik hamda impulsli modulatorlami ishlab chiqish mushkuldir.

    1.1-rasm. Impulsli modulatsiya turlari:
    birilamchi analog kattalik (a); amplituda-modulatsiyalangan (b); kenglik-modulatsiyalangan
    (d) faza-modulatsiyalangan (e) impulslar ketma-ketligi..
    Releyli elektron qurilmalar (REQ) birlamchi analog signalni zinasimon funksiyaga o'zgartiradi. Bunda har bir zinaning balandligi, oldindan berilgan ma'lum h kattalikka proporsional bo'ladi (1.1, a- rasm). REQlarda impulsli modulatorlar bo'lmaganligi sababli, bunday qurilmalar IEQlarga nisbatan soddaligi bilan ajralib turadi. REQlar yuqori tezkorlikka ega bo'lib, asosan axborotni emas, balki quvvatni o'zgartirishda qo'llaniladi. Bunday REQlarda katta toklar kuchaytirilgani sababli ular kuch elektronikasi deb ataladi.
    Raqamli elektron qurilmalar (REQ)da birlamchi analog signal ham vaqt" bo'yicha, ham kattaligi bo'yicha kvantlanadi.
    Ixtiyoriy kvantlangan signal bir necha elementar signallardan tuzilgan shartli kombinatsiyalar ko'rinishida (masalan, Morze kodidagi nuqta, tire va pauza) ifolanishi mumkin ekan. Kvantlangan signalning bunday ifodalanishi kodlash deb ataladi. Kodlash turli ma'lumotlar (harflar, tovushlar, ranglar, komandalar va boshqalar)ni ma'lum standart shaklda, masalan, ikkilik simvollari ko'rinishida ifodalash imkonini beradi. Real qiymatlarga mos keluvchi fizik kattaliklarni - kodlarni shakllantirish, o'zgartirish va uzatish uchun raqamli qurilma xizmat qiladi. Bund an raqamli axborotni uzatish uchun analog axborotga nisbatan ko'p vaqt sarflanishi ko'rinib turibdi. Shuning uchun sharoitlar bir xil bo'lganda, raqamli usulda uzatilayotgan axborotlar soni minimal bo'ladi.
    • REQlar quyidagi afzalliklarga ega:
    • xalaqitbardoshliknig yuqoriligi;
    • axborotlarni yo'qotishlarsiz uzoq muddat saqlashning imkoni;
    • FIKning yuqoriligi;
    • negiz elektron qurilmalar so nining kamligi;
    • integral texnologiya bilan mosligi.

    • Raqamli qurilmalarda arifmetik va mantiqiy amallarni ma'lum tartibda bajarish yo'li bilan axborot o'zgartiriladi.


    Download 391.95 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 391.95 Kb.