• GARMONIK OSSILLYATOR ENERGIYASI. FURE TEOREMASI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA. SO‘NUVCHI VA MAJBURIY TEBRANISHLAR. REZONANS. ” mavzusida bajargan MUSTAQIL ISHI
  • 2. Metallar, yarim o‘tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o‘tkazuvchanlikning haroratga bog‘liqligi. 3. O‘ta o‘tkazuvchanlik to‘g‘risida tushuncha. Noananaviy energiya
  • Ahmadjonova nilufarning




    Download 130 Kb.
    bet1/5
    Sana24.11.2023
    Hajmi130 Kb.
    #104432
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    GAZLARDA ELEKTR TOKI. METALLAR, YARIM O`TKAZGICHLAR VA ELEKTROLITLARDA ELEKTR O`TKAZUVCHANLIKNING HARORATGA BOG`LIQLIGI



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
    SIRTQI BO’LIM
    TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI
    22.28 A GURUH TALABASI
    AHMADJONOVA NILUFARNING


    Fizika fanidan
    GARMONIK OSSILLYATOR ENERGIYASI. FURE TEOREMASI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA. SO‘NUVCHI VA MAJBURIY TEBRANISHLAR. REZONANS.
    mavzusida bajargan
    MUSTAQIL ISHI


    GAZLARDA ELEKTR TOKI. METALLAR, YARIM O`TKAZGICHLAR VA ELEKTROLITLARDA ELEKTR O`TKAZUVCHANLIKNING HARORATGA BOG`LIQLIGI
    Reja:
    1. Gazlarda elektr toki
    2. Metallar, yarim o‘tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o‘tkazuvchanlikning haroratga bog‘liqligi.
    3. O‘ta o‘tkazuvchanlik to‘g‘risida tushuncha. Noan'anaviy energiya manbalari.

    Elektr tokining gazlar orqali o’tishiga gaz razryadi deyiladi .Metallarda, yarim o’kazgichlarda elektriklarda tok tashuvchilar tok o’tishi bilan bog’liq bo’lgan protseslardan qatiy nazar doim mavjuddir ; elektr maydoni mavjud zaryadlarni doim tartibga soladi.Gazlar normal holda izolyator hisoblanib, ularda tok tashuvchilar bo’lmaydi. Faqat maxsus sharoitlarni hosil qilib gazlarda tok tashuvchilar (ionlar,elektronlar) paydo bo’lib elektr razryadi vujudga keladi. Gazlarda tok tashuvchilar elektr maydonining mavjudligi bilan bog’liq bo’lmagan tashqi tasirlar natijasida hosil bo’lishi mumkin. Bunday holda gazlarning mustaqil


    bo’lmagan o’tkazuvchanligi haqida gap boradi. Mustaqil bo’lmagan razryad gazlarni yuqori tempreraturagacha qizdirish yo’li bilan (termik ionizatsiya ), ultrabinafsha yoki rentgen nurlari tasiri bilan ,shuningdek , radioktiv modda nurlarining tasiri ostida yuzaga kelshi mumkin.Yassi kondensatorning disklariga ulangan elektrometr olib uni zaryadlaymiz . Agar havo yetarlicha qruq bo’lsa , uy haroratida kondensator zaryadsizlanmaydi. Bu esa disklar orasidagi potensiallar farqi tufayli havoda hosil bo’ladigan elektr toki juda oz ekanligini bildiradi.Binobarin uy haroratida havoning elektr o’tkazuvchanligi juda kichik.Havoni dielektrik deb hisoblasa bo’ladi. Disklar orasidagi havoni qizdirsak elektrometr strelkasi tez nolga elektrodlarning shakli va o’lchami va o’zaro joylashishiga , kuchlanishga , tokning zichligi va quvvatiga va shunga o’xshashlar. Shuning uchun gaz razryadi juda turli –tuman shakllarni qabul qilishi mumkin . Xususan nurlanish va tovush effektlari- shivillash, shovqin va chirsillashlar bilan kuzatilishi mumkin. Odatdagi sharoitlarda gazlar butunlay neytral atom yoki molekulalardan iborat bo’ladi qism. Isitish yoki nurlantirish tasiri natijasida bir qism atomlar ionlanadi, yani musbat zaryadli ionlarga va elektronlarga ajraladi.Gazda manfiy ionlar ham hosil bo’lishi mumkin: bu ionlar elektronnnig neytral atomlariga qo’shilishidan hosil bo’lishi mumkin. Isitilganda gazlar oson ionlanishning sababi shundaki gaz qizigan sari molekulalar tezroq harakatlanadi. Bunda bazi molekulalar shunchalik tez harakatlanidiki , ulardan bazilari boshqalariga to’qnashganida parchalanib ionlarga aylanadi. Harorat qanchalik yuqori bo’lsa ionlar shunchalik ko’p hosil bo’ladiGazlarning elektr o’tkazuvchanligining mohiyati elektrolitlarning aralashmalari va eritmalari o’tkazuvchanligining mohiyatiga o’xshaydi. Faqat shundaki gazlarda manfiy zaryadni elektrolitlarning aralashmalari yoki suvdagi eritmalaridagi kabi manfiy ionlar emas, balki elektronlar tashiydi. Shunday qilib gazlarda metallarda bo’ladigan elektronli o’tkazuvchanlik bilan elektrolitlarning aralashmalari yoki suvdagi eritmalarida bo’ladigan ionli o’tkazuvchanlik birga qo’shiladi. Yana bir muhim farqi bor.Elektrolit eritmalarida ionlar ulardagi molekulalar ichidagi bog’lanishlarning erituvchi molekulalarning (suv molekulalarining) tasiri natijasida zaiflashishi tufayli hosil bo’ladi. Gazlarda esa ionlar isitishda yoki tashqi ionlashtiruvchilarning, masalan nurlarning tasiri hisobiga hosil bo’ladi.Agar ionlshtiruvchining tasiri to’xtasa,zaryadlangan elektrometr yana o’z zaryadini o’zgartirmay turadi.Demak ionlashtiruvchining tasiri to’xtagach gaz o’tkazgich bo’lmay qoladi. Hamma ion va elektronlar elektrodlarga yetib borgach , tok to’xtaydi. Undan tashqari elektron va musbat zaryadli ion bir –biriga yaqinlashgach qo’shilib ketib neytral atomga aylanadi. Bu jarayo ko’rsatilgan. Bunday jarayon zaryadli zarralarning rekombinatsiyasi de -yiladi.Tashqi maydon bo’lmagan vaqtda zaryadli zarralar faqat rekombinatsiya natijasida yo’qoladi va gaz dielektrik bo’lib qoladi. Agar ionlantiruvchining tasiri o’zgarmas bo’lsa dinamik muvozanat qaror topadi; bunda yangidan hosil bo’layotgan zaryadli juft zarralar soni rekombinatsiya natijasida yo’qolayotgan juft zarralarning o’rtacha soniga teng bo’ladi. Endi gaz razryadlari haqida tanishib o’tsak. Kuchlanish manbai gaz oralig’i va keng chegaralarda o’zgartirish mumkin bo’lgan r o’zgaruvchan qarshilikdan iborat zanjirni ko’raylik (rasm). Zanjirda tok o’lchaydigan A asbob va V voltmetr ham bor. Dastlab gaz oralig’iga qandaydir ionizator masalan ultrabinafsha nurlar tasir ko’rsatadi, natijada ular manfiy elektrodlarga tushib , undan foteolektronlarni urib chiqaradi deb faraz qilaylik . Bundan gaz bir muncha elektr o’tkazuvchanlikga ega bo’ladi va zanjirda tok paydo bo’ladi. Agar gaz oralig’idagi zanjirda r qarshilikni bir tekis kamaytirib borilsa, tok kuchi dastlab ortadi, buning sababi elektrodlar orasida kuchlanishning ortishi va ular orasidagi fazoviy zaryadning kamayishidadir. Qarshilik yanada kamaytirilsa, elektrodlardagi kuchlanish shunday qiymatga yetadiki, bunda barcha hosil bo’lgan iionlar musbat elektrodgacha yetib boradi va biz i,to’yinish tokini hosil qiladi uning kuchi endi faqat ionizator intevsivligigagina bog’liq bo’ladi. Bunda qayd qilinadigan toklar juda kichik (odatda ionizatorning intevsivligiga bog’liq holda mikroamper va undan ham kam ) bo’ladi. Agar razryad xarakteristkasining Oa tarmog’i bilan tasvirlanadigan biror rejimida ionizator tasirini to’xtatsak u holda razryad to’xtaydi. Faqat tashqi ioni zator tasiridagina mavjud bo’ladigan bunday razryadlar mustaqil bo’lmagan razryadlar deyiladi.Agar zanjirning qarshiligini kamaytirsak, u holda kuchlanish nisbatan kam ortganda ham razryad oralig’i orqali o’tuvchi tok tez ortadi. Bu hol xarakteristkaning ab qismiga mos keladi.Xarakteristkaning ab qismida tokning ortishi gaz oralig’ida yangi ionlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Agar r qarshilik kamaytirilsa, razryad oralig’i o’tuvchi tok tamoman boshqacha xarakterda bo’ladi.Razryadda tok kuchi keskin ortib ketadi va issiqlik effektlari kuzatiladi. Agar endi ionizatot tasiri to’xtatilsa ham razryad davom etaveradi. Bu degan so’z ,gazning eletr o’tkazuvchanligini taminlovchi ionlar razryadning o’zida bo’ladigan protseslar tufayli paydo bo’ladi, demakdir. Bunday gaz razryadlar mustaqil razryadlar deb ataladi. Razryadda ionlarni hosil qiluvchi qanday protses ustun turishiga qarab mustaqil razryadlarning turli shakllari va xillari haqida gapirish mumkin . Masalan, mustaqil razryadlarning toj razryad , yoy razryad, yolqin razryad va boshqa turlari bo’ladi. Razryadning bu shakllari bir- biridan xossalari va tashqi ko’rinishi bilan farq qiladi. Miltillama razryad.Bosim past bo’lganda nayda miltillama razryad yuz beradi.Miltillama razryad hosil qilish uchun elektrodlar orasidagi kuchlanish bir necha yuz volt bo’ladi. Miltillama razryad reklama chiroqlarida qo’llaniladi. Nayga neon gazi qamalganda qizil nur chiqaradi. Musbat ustun argonda ko’kimtir yashil tusda bo’ladi.Kunduzgi yorug’lik lampalarda simob bug’laridagi razryaddan foydalaniladi.Miltillama razryadning juda muhim tadbiqi yorug’likning kvant manbalarida yani gazli lazerlarda ishlatilmoqda.

    Download 130 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 130 Kb.