Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,8 mln so’mni tashkil etib, o’tgan 2013 yilga nisbatan 107 foizga oshdi




Download 23,62 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2017
Hajmi23,62 Kb.
#1402
  1   2

2015-yil 30 yanvar kuni viloyat hokimligining katta majlislar zalida 2014 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan viloyat hokimining yillik tahliliy ma’ruzasi

2014 yil mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida juda katta ijobiy o’zgarishlar yili bo’lib, tarix zarvaroqlarida munosib muhrlandi.

Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).
Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
 Dunyodagi eng nufuzli halqaro tashkilotlar Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov rahnomoliklarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari yuqori baholanib, dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligi va iqtisodiyotni raqobatbardoshligi yildan-yilga mustahkamlanayotganligini e’tirof etmoqdalar.

Bugungi yig’ilishimizning kun tartibiga kiritilgan bir qator ustuvor vazifalar ijrosini nafaqat tanqidiy tahlilini, balki 2015 yilda iqtisodiy dasturni amalga oshirishning ustuvor vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi. Shuningdek, birinchi chorakda barcha sohalarda ishlarni jadal davom ettirish uchun mustahkam poydevorni ta’minlash bo’yicha rejalarimizni belgilab olamiz.

Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov tomonlaridan Vazirlar Mahkamasining majlisida “O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish sur’atlariga erishildi” deb ta’kidladilar. 

O’tgan yilda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 8,4 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 10,2 foizga, shu jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 7,0 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari 6,7 foizga, chakana tovar aylanmasi 13,3 foizga va xizmatlar ko’rsatish 19,2 foizga o’sdi.

Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,8 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan 2013 yilga nisbatan 107 foizga oshdi.

Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining daromadlari 2014 yilda 2008 yilga nisbatan 3,5 martaga, harajatlar esa 3,3 martaga ortdi. Soliq va majburiy to’lovlardan mahalliy byudjetga tushgan mablag’lar 2008 yilda 451 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014 yilda 1506 mlrd. so’mga etib 3,4 martaga oshdi va mahalliy byudjetga qoladigan qismi 3,1 barobarga ko’paydi.

Mahalliy byudjet harajatlari jami 1822 mlrd. so’mni tashkil etib, ushbu mablag’larning 80 foizi yoki 1460 mlrd. so’mi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash harajatlari hissasiga to’g’ri keldi.

Aholi Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik faoliyati yo’lidagi ma’muriy to’siqlarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga yil boshidan buyon 2,5 mingta yangi kichik biznes va 6,3 mingta xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. 14 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ektlarigatijorat banklari tomonidan 600,6 mlrd.so’mlik kredit mablag’lari, 702 ta sub’ektlarga er uchastkalari ajratildi, 842 ta sub’ektlar elektr ta’minotiga, 76 ta sub’ektlar gaz tarmoqlariga va 511 ta sub’ektlar ichimlik suvi tarmoqlariga ulanishiga amaliy yordam ko’rsatildi.

Natijada, kichik biznes sub’ektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 21 foizdan 28 foizga o’sdi va ushbu sektorning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushini 61,1 foizdan 62,1 foizgacha ko’payshiga sharoit yaratdi. Ular tomonidan yaratilgan yangi ish o’rinlari soni

69 mingdan ortib, bandlikdagi ulushi 78 foizga etdi.

Viloyatda iqtisodiyotida muhim va rivojlanishi ustuvor sohasi sifatida aholiga xizmat ko’rsatish va servisni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunda xizmat ko’rsatish va servis ob’ektlarini zamonaviy arxitektura talablariga mos bo’lgan namunaviy loyihalar asosida guzar, ayollar go’zallik va sog’lomlashtirish uylari, sartaroshxona, poyafzal va maishiy texnika ta’mirlash ustaxonalari hamda boshqa zamonaviy xizmat turlari bo’yicha qurilish ishlari  amalga oshirilmoqda.

Ushbu ob’ektlar uchun zarur er maydoni va binolarni ajratilishi, ularni qurish va jihozlash, moliyalashtirish, foydalanishga topshirish muddatlari va mas’ullarni aniq belgilanishi sohani rivojiga asos bo’ldi.

Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

Birgina 2013-2014 yillarda 4854 ta xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etilib, foydalanishga topshirildi. Buning hisobiga 15 minga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

 Alohida e’tibor “Ayollar go’zallik va sog’lomlashtirish uylari”ni tashkil etilishiga qaratilib, bugungi kunda ularning soni 70 tadan ortdi. Shunday barcha sharoitlarga ega Oltiariq tumanidagi “Sog’lom ayol markazi” 8 ta yo’nalishda (salon, sog’lomlashtirish maslaxatxonasi, fitnes, ayollar uchun sauna, fitobar, kasbga o’qitish, biznes inkubator hamda ayollarga yuridik xizmatlar ko’rsatish) bir kunda 100 nafardan ortiq xotin-qizlarga xizmatlar ko’rsatmoqda. Huddi shunday “Ayollar guzallik va sog’lomlashtirish uylari” Beshariq, O’zbekiston, Buvayda, Farg’ona, So’x, Yozyovon va boshqa tumanlarda ham samarali faoliyat ko’rsatmoqda.  

Natijada,  viloyat yalpi hududiy mahsulot tarkibida xizmatlarning ulushi 46,0 foizdan 48 foizga ko’paydi.

Aholining turmush darajasi va sifatini oshirish, ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini samaradorligini oshirish bo’yicha “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi tadbirlarini faol ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari ko’rildi.

 Davlat dasturi doirasida joriy yilda barcha manbalar hisobidan 687 mlrd.so’m, 43 mln AQSh dollari va 305 ming evro, sarflanishi belgilangan yillik mablag’larning 110 foizi miqdorida mablag’lar o’zlashtirildi.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
AQSH dollari Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi.

Joriy yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ijrosini muhim ustuvor vazifa sifatida o’zimizga belgilab olganmiz. Tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2014 yilda 93 ming yaqin yangi ish o’rinlarini tashkil etish ta’minlandi, ulardan 69 mingtadan ortig’i yoki 71 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

Hududiy mehnat bozoridagi vaziyat barqaror saqlanib, band aholi soni 1mln. 462 ming nafarga etib (mehnatqilish qobiliyatiga ega 2 mln. 4 ming nafar kishiga nisbatan 73%),ishsizlik darajasi 5,0foizgachapasaydi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2013-2014 o’quv yilida 60 ming 903 nafar bitiruvchilarning 60 ming nafarini bandligi ta’minlandi. Ularning 1554 nafari oliy ta’lim muasssasalariga o’qishga kirdilar. 

Alohida ta’kidlab o’tmoqchiman, tijorat banklari tomonidan bitiruvchilarga 25,7 mlrd. so’m miqdorida yoki o’tgan yilga nisbatan 1,5 karra ko’p imtiyozli kreditlar ajratilib, 7 mingdan ortiq bitiruvchilarni o’z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko’maklashildi.

Bugun o’zimizda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat iste’mol tovarlari hajmlari va assortimentini 120 foizga o’sishi hisobiga o’tgan yilning mos davriga nisbatan importdan olinayotgan oziq-ovqat tovarlar hajmini sezilarli darajada kamayishi ta’minlandi.

Viloyatda eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, hajmlari va mahsulotlar nomenklaturasini ko’paytirish va yangi bozorlarni o’zlashtirish bo’yicha ko’rilgan qator chora-tadbirlar hamda eng muhimi kichik biznes sub’ektlariga eksport qilishlari uchun qulay sharoitlarni yaratilishi va ularni qo’llab-quvvatlanishi hisobiga amalga oshirilgan eksport hajmi 459 mln. dollarga etdi.

Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 165 mln. dollarga teng eksport amalga oshirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 marta o’sishga erishildi.

Viloyatda 2015 yil 1 yanvar holatiga jami ro’yxatdan o’tgan horijiy investitsiyali korxonalar soni 16 taga ortib, jami 131 tani, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1,1 trillion so’mni, o’sish ko’rsatkichi 119,1 foizni tashkil etdi.

Oxirgi 7 yil davomida viloyatga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 8,6 trln. so’mdan oshdi. Birgina 2014 yilda bu ko’rsatkich qariyb 2 trln. so’mni  tashkil etgani ayniqsa e’tiborlidir.

2008 yilga nisbatan o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 4,2 barobarga, shu jumladan uning tarkibida markazlashgan investitsiyalar hajmi 5 barobarga, tijorat banklari kreditlari 12,7 barobarga, chet el investitsiyasi 1,8 barobarga ortgan.

Jalb etilgan investitsiyalarning qariyb yarmi sanoatni modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etishga sarflandi.

 “Farg’ona viloyatini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi” doirasida 154,4 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 550 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi. Natijada 12 ming ta ish o’rinlari yaratildi va shu loyihalar doirasida  262 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. 

Viloyatda engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni va ishlab chiqarish hajmlarining yuqoriligi bilan respublikada etakchi o’rinlarda turadi.

Mustaqillik yillarida ushbu tarmoqqa 500 mln AQSh dollaridan ziyod xorijiy sarmoyalar jalb etildi. Xususan, Qo’qon shahridagi  “Indorama Qo’qon tekstil” O’zbekiston –Singapur qo’shma korxonasida 2010-2014 yillar davomida kalava ip ishlab chiqarishni kengaytirish ishlariga 100 mln.dollarga yaqin investitsiyalar o’zlashtirilishi hisobiga yiliga 16,5 ming tonna kalava ip ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, 1000 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratildi.

Shuningdek, 2014 yilda Marg’ilon shahridagi “Ekspo Kollor Printeks” qo’shma korxonasi, Farg’ona shahridagi “Turon tekstil”, Uchko’prik tumanidagi “Xumo to’qimachi”, Rishton tumanidagi “Rishton to’qimachi”, Oltiariq tumanidagi “Xamza Ekspo art tekstil” korxonalari yangidan qurilib, 20 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari foydalanishga topshirildi.

Rishton - Fargona viloyati Rishton tumanidagi shahar (1977-yildan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyatning gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng sohilida, Qoʻqon - Fargʻona avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan.

Bundan tashqari, Quva tumanida “Quva tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyat, Dang’ara tumanidagi “Musavvarteks” qo’shma korxona, Bag’dod tumanidagi “Fergana spinning” qo’shma korxonalarida modernizatsiya va kengaytirish ishlari amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan ana shunday ishlar tufayli viloyatda birgina 2014 yilda engil sanoat korxonalari tomonidan 86 ming tonna paxta tola qayta ishlandi. Bu esa viloyatda etishtirilayotgan paxta tolasini qayta ishlash hajmi 2008 yildagi 45 foizdan  2014 yil yakuni bilan 100 foizga etganini, hech shubhasiz, jiddiy o’sish sifatida baholash o’rinlidir.

Shuningdek, o’tgan yillar mobaynida viloyat yalpi sanoat mahsuloti hajmida engil sanoatning ulushi 2,5 barobarga oshib, 26 foizga etdi, kalava ipdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish 4 martaga ortdi.

Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining hisoblab chiqilgan eksportning o’rnini bosish samarasi 17,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi,  mahalliylashtirish dasturi doirasidagi 20 ta korxonalar tomonidan hisobot davrida 43,3 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Natijada mazkur korxonalarga 2,1 mlrd.so’mlik soliq imtiyozlari qo’llanildi.

O’tgan davr mobaynida hududiy iqtisodiyot tarkibida etakchi o’rin egallab kelayotgan agrar-sektorning deyarli barcha tarmoqlarida ulkan yutuq va natijalar qo’lga kiritildi. Hozirgi vaqtda fermerlik harakati o’z tarkibida 8590 ta fermer xo’jaliklarini birlashtirmoqda va viloyatda sug’oriladigan erlarning asosiy qismida etishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hajmi aynan ularning hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Fermerlik


Download 23,62 Kb.
  1   2




Download 23,62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,8 mln so’mni tashkil etib, o’tgan 2013 yilga nisbatan 107 foizga oshdi

Download 23,62 Kb.