|
Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,8 mln so’mni tashkil etib, o’tgan 2013 yilga nisbatan 107 foizga oshdi
|
bet | 2/2 | Sana | 24.03.2017 | Hajmi | 23,62 Kb. | | #1402 |
harakatini isloh qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo’jaligida olib borilgan iqtisodiy islohotlar natijasida keyingi yillarda viloyatda paxta, g’alla, pilla va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish rejasi ortig’i bilan bajarilganligida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan viloyatda tuproq unumdorligi past, suv ta’minoti og’ir va kam rentabelli bo’lgan Buvayda, O’zbekiston va Farg’ona tumanlarida paxta hamda g’alla maydonlari 16,4 ming gektarga qisqartirilishi hisobiga sabzavot, kartoshka va boshqa turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiriladigan er maydonlari 1,6 barobarga ko’paydi.
Buning hisobiga 2008 yilga nisbatan viloyatda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari etishtirish hajmlari salkam 2 barobarga ko’payib, viloyat aholisining ehtiyojlarini to’liq qondirish bilan bir qatorda, yiliga o’rtacha 300 ming tonna meva-sabzavot va uzum dunyoning 19 ta davlatlariga eksport qilinmoqda.
Shuningdek, oxirgi yillarda 700 gektardan ortiq maydonlarida zamonaviy intensiv bog’lar tashkil etildi. Intensiv bog’larni tashkil etish uchun Turkiya, Polsha, Serbiya davlatlaridan noyob meva ko’chatlari keltirilib, bugungi kunda hosilga kirgan bog’larda yiliga o’rtacha 250 tsentnerdan hosil olinayotganligi agrar sohadagi islohotlarimizning ijobiy natijasidir. Serbiya (serbcha: Србија, Srbija), rasman Serbiya Respublikasi (serbcha: Република Србија, Republika Srbija) Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropada, Oʻrta-Dunay platosi va Bolqon yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Pólsha (Pólsha Respúblikasi, bunda mamlakatning rasmiy nomida zamonaviy polyakcha republika (respublika) soʻzi emas, balki eski - Rzeczpospolita (polyakchadan: Mushtarak narsa) soʻzi ishlatiladi) - Yevropadagi davlat, shimoldan Boltiq dengizi bilan yuviladi.
| Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning jan. Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni - 783,562 km². |
Misol uchun, “Boxodirxon yangiariq bog’i” fermer xo’jaligi 5 ga intensiv usulda olma bog’i yaratilib, “Mirzarsul bog’i” fermer xo’jaligi 11 ga intensiv usulda olma va nok bog’ini yaratilib, nixollar xosilga kira boshladi.
Yana bir muhim yo’nalish sifatida etishtirilgan meva-sabzavotni saqlash borasida zamonaviy sig’imlarni ko’paytirishga qaratildi. O’tgan davr mobaynidat 30 ming tonnadan ortiq qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlashga mo’ljallangan sovutish sig’imlar ishga tushirilib, ularning umumiy hajmi 45 ming tonnadan ortdi. Misol uchun, “Mamatqul xojiobod” fermer xo’jaligi 1000 tn va “Roxatoy” fermer xo’jaligi 500 tnlik suvutgichlarni ishga tushirib, meva-sabzavot mahsulotlari zahirasini yaratdilar.
Bu o’z navbatida aholini qish-bahor mavsumida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz va barqaror narxlarda ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Qishloq xo’jaligida hosildorlikni oshirish maqsadida sug’oriladigan erlarini meliorativ jihatdan yaxshilash uchun markazlashtirilgan kapital qo’yilmalar hisobidan 110,1 mlrd.so’m mablag’ yo’naltirildi. Ajratilgan mablag’lar doirasida 2008-2014 yillarda 125,1 ming km kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan va rekonstruktsiya qilingan, 10,5 ming km. ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.
Ushbu tadbirlarning bajarilishi natijasida jami 247 ming 400 gektar sug’oriladigan maydonlarning 110 ming gektari, yoki qariyb 45 foizining meliorativ holati yaxshilandi.
Misol uchun, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Suv resurslarini boshqarish” Farg’ona va Zarafshon vodiysida 60 ming gektar erlarni meliorativ holatini yaxshilash" loyihasiga 2011 - 2014 yillar mobaynida 18,2 mln. Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. dollar va 43,9 mlrd.so’m, Halqaro rivojlantirish uyushmasi tomonidan “Farg’ona vodiysida suv resurslarini boshqarish (Faza-1)” 48 ming gektar erlarni meliorativ holatini yaxshilash loyihasiga 2011 - 2014 yillar mobaynida 29,8 mln.dollar va 39,2 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirildi.
Ana shunday amaliy ishlar natijasida keyingi etti yil ichida paxta hosildorligi 23,6 tsentnerdan 28,0 tsentnerga, g’alla hosildorligi 56,5 tsentnerdan 60,4 tsentnerga oshishiga erishildi.
Bu yil viloyatimiz Paxtakorlari mavsumni noqulay va murakkab kelishiga qaramasdan, birinchi navbatda ko’p yillar davomida to’plangan tajriba va zamonaviy agrotexnikani samarali qo’llashlari va boshqa turli muammolarni bartaraf etishlari, eng muhimi dehqon-fermerlarimizning fidokorona mehnati evaziga 280 ming tonnadan ziyod ulkan xirmon bunyod etib, katta mehnat g’alabasiga erishdilar.
Viloyatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda e’tibor qaratilishi muhim bo’lgan vazifalardan yana biri - infratuzilmani yaratish, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishdan iborat.
Viloyatda 2014 yilda 431 ta qishloq ko’chalaridagi 163,8 km. ichki yo’llar va 6 ta chegaradosh tumanlarning 64 ta ko’chalaridagi 42,2 km. ichki yo’llar hamda 14,5 km. umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari rekonstruktsiya qilindi.
Shuningdek, Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari hisobidan 28,9 km. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Davlat ahamiyatidagi avtomagistrallar rekonstruktsiya qilindi. Jami ushbu ishlarga 70 mlrd.so’mga yaqin davlat mablag’lari sarflandi.
Albatta, bu kabi yo’llarda olib borilayotgan qurilish ishlari yo’l bo’yidagi infratuzilmalarni rivojlantirishga va yangi ish o’rinlarini yaratilishiga ham katta zamin bo’lmoqda.
O’zbekiston milliy avtomagistrali bo’ylab yo’l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari doirasida “Toshkent-O’sh” avtomagistral yo’l bo’yida 2010-2014 yillarda jami 14 ta infratuzilma ob’ektlari, jumladan, kemping, avtomobillarga siqilgan gaz to’ldirish, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, avariya chaqiruv shahobchalari, tibbiy yordam va sanitariya gigena punktlari tashkil etildi.
Aholini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 94 ta qishloqlarga 48 ta quduqlar qazilib, 10 ta quduqlar ta’mirlandi, 75 ta yangi nasoslar o’rnatildi va 79 km ichimlik suvi tarmoqlari tortildi.
Bu kabi ishlarni amalga oshirilishi hisobiga 140 mingdan ortiq aholining toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.
Aholini ichimlik suvi ta’minoti va oqava suvlar tizimidan foydalanishda xalqaro moliyaviy institutlar mablag’laridan foydalanish tadbirlar faol davom ettirilmoqda.
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida Qo’qon va Andijon shaharlari suv ta’minoti va oqava suv tizimlarini hamda Farg’ona, Marg’ilon shaharlari va Rishton tuman markazi suv ta’minoti tizimlarini rekonstruktsiya qilish loyihasini amalga oshirish ishlari jadal olib borilmoqda. Jumladan, Qo’qon shahrida Mingtut suv inshootida 2 ta 10 ming kub. metrlik suv saqlash inshooti, 35 kVli elektr tarmog’i qurilishi va ikkinchi ko’tarma nasos stantsiyasini rekonstruktsiya ishlari bajarildi. Tulyash va Muqimiy suv inshootlari va Oqava suv tozalash inshootida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. Shuningdek, loyihadagi 117 ta ko’chalarda 96 km. suv ta’minoti va oqava suv tarmoqlari qurish ishlari bajarildi. Ushbu ishlarga 41 mln. AQSh dollari sarflandi.
2014 yilda elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 22,2 mlrd. so’mlik qurilish vata’mirlashishlaribajarildi. Jumladan,8,6 ming km. elektr tarmoqlari va 2300 dona transformatorlar ta’mirlandi, 96 dona transformatorlar katta quvvatlisiga almashtirildi. Farg’ona shahridagi 2 ta podstantsiya rekonstruktsiya qilindi, Qo’qon shahridagi podstantsiya kengaytirildi hamda Marg’ilon shahri va Qo’shtepa tumanida 1 ta yangi podstantsiya qurilishi yakunlanmoqda. Natijada 187 ming nafar aholining elektr ta’minoti yaxshilandi.
Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 6,1 mlrd. so’mlik qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan, 49 ming dona suyultirilgan gaz ballonlari sotib olindi, aholiga 21 ming tonna suyultirilgan gaz etkazib berildi. Shuningdek, 9,6 km. gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi, 10 km. gaz quvurlari rekonstruktsiya qilindi.
Quva va Uchko’prik tumanlarida maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz to’ldirish punkti (GNP) va Farg’ona tumani Mindon qishlog’ida 400 ta gazballoniga mo’ljallangan servis markazi qurilishi yakunlandi.
Suyultirilgan gaz ballonlari tashib kelish va tarqatish uchun
7 ta “Isuzu” hamda 6 ta “MAN” maxsus texnikalari sotib olindi.
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan viloyatda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilish Dasturi ijrosi ta’minlanib, 2009-2014 yillarda davomida 3802 ta, jumladan 2014 yilda 927 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu degani viloyatdagi 4 mingtaga yaqin oilalar shinam va qulay uylar bilan ta’minlandilar.
2014 yil davomida viloyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarni jadal rivojlantirish ishlari izchillik bilan davom ettirildi. Xususan, viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti www.ferghana.uz - O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari talablari asosida modernizatsiya qilindi. Hozirda viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga 25 ta va O’zbekiston Respublikasi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali esa 13 ta interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda. Hokim ( Oʻzbekiston)da - viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. H. lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir.
So’x radio televizion stantsiyasiga va Lenburg radio televizion stantsiyasiga raqamli teleuzatkichlar o’rnatildi. Farg’ona tumani Log’on radio televizion stantsiyasiga kam quvvatli radiouzatkich yuqori quvvatlisiga almashtirildi va qamrov hududi kengaytirildi. Shuningdek, Chimyon radio televizion stantsiyasiga teleuzatkich o’rnatilib, “Sport” telekanali hamda “O’zbekiston” radiosi dasturlari efirga uzatilmoqda.
Ushbu yo’nalishda 2015 yilda 3,1 mlrd. so’mdan ortiq mablag’lar o’zlashtirilishi hisobiga keng polosali optik tarmoqlarni rivojlantirish uchun 30 km, magistral telekommunikatsiya tarmog’ini kengaytirish uchun 30 km. optik tolali aloqa liniyalari quriladi.
Bundan tashqari, CDMA-450 standartida Uzmobayl mobil aloqa tarmog’ini kengaytirish borasida hududlarda 17 ta baza stantsiyalari o’rnatiladi. Raqamli televideniya qamrovini yanada kengaytirish borasida 5 ta raqamli teleuzatkichlar o’rnatiladi.
Ushbu amalga oshirilgan ishlar chegara hududlari aholisini O’zbekiston telekanallari va radio eshittirishlarini barcha aholiga bir hilda etkazib, turli hil bizning tizimimizga yod bo’lgan tele va radio kanallarini efirda uzatilishini oldini olishga qaratilgan.
Sir emaski, iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlarini saqlash va jadal rivojlantirishni kichik biznes sub’ektlarini yanada rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashsiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi.
Lekin, haligacha ko’plab davlat idoralari, tashkilotlar va tizimlar tomonidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy arlashish, ularning qonun bilan qo’riqlanadigan huquqlarini poymol qilish holatlari hali to’liq bartarf etilmagan. Ushbu masala yuzasidan Adliya boshqarmasi boshlig’i Mirxayot Nazaraliev kengroq to’xtalib o’tadi.
Viloyat nazorat qiluvchi idoralari va boshqa rahbarlarga Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning Vazirlar Mahkamasida o’tkazilgan majlisidagi bir fikirlarini eslatib o’tmoqchiman.
“Tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy mulk egalari uchun huquq va kafolatlarni qonuniy himoya qilish normalarini kuchaytirish darkor. Bu borada xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik sub’ektlarining xo’jalik va moliyaviy faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lishi lozim” deb takidladilar.
Shuning uchun, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, bu borada to’liq erkinlik berish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida viloyat hokimining farmoyishi bilan Adliya boshqarmasi boshlig’i rahbarligida alohida Ishchi guruh tashkil etildi.
Ishchi guruhiga tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy mulk egalari faoliyatiga noqonuniy aralashishlarga barham berish va uning oldini olish, ularning huquq va kafolatlarini qonuniy himoya qilish asosiy vazifa etib belgilandi.
Davlat mulkidan oqilona va samarali foydalanish bo’yicha ham viloyatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, keyingi yillarda 44 ta davlat aktivlari “nol” qiymatda 150 mlrd. so’m miqdorida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan tadbirkorlik sub’ektlariga sotilgan.
Davlat mulki ob’ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga sotish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari asosida 29 ta hozirda foydalanilmayotgan, yaroqsiz davlat mulki ob’ektlari to’liq buzilib, bo’shagan er maydonlari tadbikorlarga ajratib berildi.
11 ta ob’ektlar o’rnatilgan tartibda ommaviy savdolarga chiqarilib, shundan 9 ta ob’ektlar sotildi.
Ishlab chiqarish tashkil etish, investitsiya kiritish va yangi ish o’rinlarini yaratish sharti bilan 7 ta ob’ekt “Nol” qiymatda sotildi.
Ushbu ob’ektlarga 27 mlrd. so’m va 704 ming AQSh dollari miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, minga yaqin yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Zarar ko’rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlari va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlariga asosan 11 ta davlat ob’ektlar tadbirkorlik sub’ektlariga sotildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,8 mln so’mni tashkil etib, o’tgan 2013 yilga nisbatan 107 foizga oshdi
|