• II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
  • 3. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
  • 4. “Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.
  • I-yo’nalish: Sanoat sohasida
  • II-yo’nalish: Xizmat ko’rsatish va servis sohasida
  • III-yo’nalish: Qishloq ho’jaligi sohasida
  • Namangan shahri
  • III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.
  • C h akana savdo.
  • IV. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.
  • V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.
  • Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati.
  • VI. Kichik biznesni rivojlantirish.
  • VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturining 2015 yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.
  • Namangan viloyatida 2015 yil yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma




    Download 150,5 Kb.
    bet1/14
    Sana10.04.2017
    Hajmi150,5 Kb.
    #4182
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

    Namangan viloyatida 2015 yil yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy

    MA’LUMOTNOMA
    I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Karimov tomonidan 2015 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2015 yil yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Yanvar (lot.; Jānuārius mēnsis 'Yanus oyi' rimliklar xudosi Yanus nomidan) - Grigoriy kalendari boʻyicha yilning birinchi oyi. Yanvar 31 kundan iborat (yana q. Kalendar).
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    Xususan, iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zarur ishbilarmonlik muhitini yaratish, aholining hayot darajasi va sifati izchil oshirilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 8,7 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 14,0 foizga, qishloq xo’jaligi 5,9 foizga, kapital qo’yilmalar 5,9 foizga, qurilish ishlari 11, 1 foiz, chakana savdo aylanmasi 12,9 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 13,2 foizga o’sishi ta’minlandi.

    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Aholi Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.


    II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

    Viloyatda 2015 yil davomida 1926,6 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 163,9 mlrd. so’m byudjet mablag’lari, 89,9 mlrd. so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 440,0 mlrd. so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 346,5 mlrd. so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 211,5 mlrd. so’m bank krediti mablag’lari, 549,3 mlrd. so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 125,5 mlrd. so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi ta’minlandi.

    Hisobot yakunida barcha manbalar hisobidan 1926,6 mlrd. so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5,9 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi.

    Markazlashgan mablag’lar hisobidan 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 8 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 5 ta sog’liqni saqlash ob’yektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    2015 yil yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 5 ta (18,5 mlrd.so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 3 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 8 ta (6,6 mlrd.so’m) kasb-hunar kollejlari, yangi qurilish hisobiga 1 ta, rekonstruktsiya hisobiga 10 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 8 ta jami 19 ta (22,1 mlrd.so’m) umumta’lim maktablari hamda 34 ta ichimlik suvi (16,4 mlrd.so’m) ob’yektlarida 63,6 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

    Mazkur ishlar natijasida, 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 8 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

    Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 16 ta jumladan, 11 ta maktablar uchun sport zal, 4 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi va 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’yektlarida qurilish ishlari olib borildi.

    Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.
    Mazkur ob’yektlarda 21,2 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

    Joriy yil yakuni bilan 15 ta ob’yektlar foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

    Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 12 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 4 ta ob’yektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 3210,0 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

    2015 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan ob’yektlarda


    3143,3 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi. Ushbu ishlar natijasida Mingbuloq tumanidagi “Tegirmon” nasos stantsiyasini va Pop tumanidagi tumanlararo “Qoraqalpoq” kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlari to’la yakunlandi.

    Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 1049,7 ming kv.m. turar-joy,


    220,9 km ichimlik suvi va 23,0 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2264 sonli qarori asosida viloyat hokimining 2015 yil 15 yanvardagi “Namangan viloyatining 2015 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 48-sonli qarori qabul qilingan.

    Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.

    Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan
    5,1 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 456,4 mlrd.so’m jami 461,5 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

    Jumladan, 5,1 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 141,3 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan


    147,1 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
    41,0 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

    2015 yil yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 174,7 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 175,0 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 43,9 mlrd.so’m xamda boshqa manbalar hisobidan 80,0 mlrd.so’m, jami 476,4 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.



    3. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 8 ta asosiy va 6 ta ustivor loyihalar bo’yicha 17,1 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Hisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 17,2 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi. Belgilangan prognoz ko’rsatkichi 100,6 foizga bajarilishi ta’minlandi.

    Jumladan, Namangan shahridagi “Nestle-Uzbekiston” qo’shma korxonasida modernizatsiya ishlarini amalga oshirish bo’yicha 2344,1 ming dollar, “Namangan tibbiy diagnostika” qo’shma korxonasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish loyihasiga 250,0 ming dollar, "MEDIK SERVIS" qo’shma korxonasi 250,0 ming dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

    Kosonsoy tumanidagi “SOFIYA-SOF TEKSTIL” qo’shma korxonasida paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 250,0 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi.

    Namangan tumanidagi “Toshbuloq teks” qo’shma korxonasida kalava ip mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 374,3 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi.

    Norin tumanidagi “ELDORBEK SANOAT” korxonasida shifer ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 69,8 ming dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar Nizom jamg’armasini shakllantirish va ishlarni davom ettirish maqsadlari jalb etildi.

    Pop tumanidagi “PAP FEN” qo’shma korxonasida kengaytirish ishlarini amalga oshirish bo’yicha 4912,0 ming dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

    To’raqo’rg’on tumaniidagi “PACKING INDUSTRIES” xorijiy korxonasida qadoqlash materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi bo’yicha xorijiy investorlar tomonidan 300,0 ming dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

    Uychi tumanidagi "DUBLYONKA CHARM" MCHJ korxonasida terini qayta ishlash loyihasiga 311,0 ming dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritildi.

    Uchqo’rg’on tumanidagi “Uztex Uchkurgan” qo’shma korxonasida ip gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 7870,0 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi.

    4. “Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.

    “Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2015 yil davomida 375,7 mlrd so’m miqdorida mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 1584 ta loyihalarni (sanoat sohasida 314 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 804 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 466 ta) ishga tushirib, 14092 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.

    Joriy yilning 1 yanvar holatiga 1584 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 372,4 mlrd.so’m mablag’lar (shundan, 177,8 mlrd so’mi tashabbus-korlarning o’z mablag’lari, 191,2 mlrd so’mi bank kreditlari va
    3,5 mlrd.so’m horijiy investitsiyalar) sarflandi. Natijada 14142 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

    I-yo’nalish: Sanoat sohasida 2015 yilning yakunida 314 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 226,0 mlrd.so’m (shundan
    149,5 mlrd.so’mi bank krediti) investitsiya mablag’larini o’zlashtirish hamda
    8695 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

    2015 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 314 ta loyihalar shundan, kimyo sanoatida 2,1 mlrd so’mlik 14 ta loyiha (133 ta ish o’rni), mashinasozlik va ehtiyot qismlar yo’nalishida 6,9 mlrd.so’mlik 12 ta loyiha (182 ta) yengil sanoat yo’nalishida 140,5 mlrd.so’mlik 109 ta loyiha (6048 ta), oziq-ovqat yo’nalishida


    32,0 mlrd.so’mlik 69 ta loyiha (674 ta), qurilish materiallari sanoatida
    32,1 mlrd.so’mlik 81 ta (1390 ta), charmpoyabzali yo’nalishida 1,2 mlrd.so’mlik
    13 ta (80 ta), mebel va qog’ozni qayta ishlash sohasida 4,0 mlrd.so’mlik 14 ta
    (129 ta) hamda farmatsevtika sohasida 9,5 mlrd.so’mlik 2 ta (59 ta) loyihalar amalga oshirildi.

    Ushbu loyihalarga 228,3 mlrd so’m mablag’lar (shundan, 74,5 mlrd so’mi tashabbuskor mablag’lari, 150,3 mlrd so’mi bank krediti va 3,5 mlrd.so’m horijiy investitsiyalar) yo’naltirilib, 8695 ta ish o’rinlari yaratildi.



    II-yo’nalish: Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 2015 yilning yanvar-dekabr oylari davomida 79,0 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirib, 804 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 2771 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.

    Joriy yilning 1 yanvar holatiga 72,3 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 804 ta, jumladan, 446 ta savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 6 ta aloqa va axborotlashtirish, 7 ta kompyuter dasturlashtirish xizmati, 45 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 192 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 15 ta moliya xizmati, 31 ta sog’liqni saqlash xizmati, 2 ta turizm xizmati, 1 ta ta’lim xizmati, 1 ta transport xizmati, 1 ta qishloq xo’jaligi sohasidagi xizmati va boshqa 57 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 2776 ta ish o’rinlari yaratildi.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.



    III-yo’nalish: Qishloq ho’jaligi sohasida 2015 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan 466 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun
    70,7 mlrd.so’m (shundan 31,1 mlrd so’mi bank krediti) mablag’lar sarflanib,
    2626 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.

    Joriy yilning 1 yanvar holatiga 71,8 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 466 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 2671 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.

    Jumladan, 150 ta qoramolchilik, 34 ta parrandachilik, 47 ta baliqchilik, 78 ta asalarichilik xo’jaliklari tashkil etilib, 33 ta issiqxona, 109 ta fermer xo’jaliklari tomonidan intensiv bog’lar hamda 15 ta fermer xo’jaliklari tomonidan yangi tokzorlar barpo etildi.

    II. Sanoat.

    Viloyatda 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 3200 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida


    2685,2 mlrd.so’mlik (114,0%) sanoat mahsulotlari, 1779,9 mlrd.so’m (119,4%)
    xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,5% va 114,0%) parametrlari to’liq ta’minlandi.

    Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik, farmatsevtika va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini hududlar bo’yicha ko’rilganda, Namangan shahri (118,2%), Kosonsoy (115,1%), Namangan tumani (121,6%) xamda To’raqo’rg’on (115,4%) tumanlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari o’sish tendentsiyasi 115,1 foizdan 121,6 foizgacha, Uychi (111,2%) va Yangiqo’rg’on (111,3%) tumanlarida o’rtacha o’sish tendentsiyasi kuzatildi.

    Kosonsoy - Fargʻona vodiysidagi daryo. Sirdaryonnit oʻng irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasidan Chilquduqsoy nomi bilan boshlanib, sharq va jan.sharq yoʻnalishida oqadi. Oʻz. 154 km. Havzasining maydoni 1650 km², oʻrtacha balandligi 2347 m.
    Namangan - Namangan viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholi soni boʻyicha Fargʻona vodiysida oldingi oʻrinda. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri.

    Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 1041,2 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 690,2 ming so’mni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 264,3 ming so’m va 213,7 ming so’mga ko’p bo’ldi.

    Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda tumanlarning ulushi bo’yicha ko’rilganda, eng yuqori ulushi Namangan shahriga (45,8%), Namangan tumaniga (6,3%), To’raqo’rg’on (5,2%) va Uchqo’rg’on tumaniga (7,9%) to’g’ri keldi.

    III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

    “Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq xizmatlar va servis yo’nalishida 2015 yil yakuni bilan umumiy qiymati 79,0 mlrd.so’mlik 804 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etish belgilangan.

    Amalda 72,3 mlrd so’m mablag’lar sarflanib, 804 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari (shundan 751 tasi qishloq joylarida) tashkil etilidi. SHu jumladan, 347 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do’koni, 57 ta savdo va umumiy ovqatlanish, 14 ta dorixona, 25 ta kiyim tikish va ta’mirlash, 40 ta maishiy texnikalarni ta’mirlash xizmati, 43 ta avtomabil va boshqa texnikalarni ta’mirlash, 5 ta sun’iy qoplamali futbol va boshqa sport maydonchasi, 2 ta mehmonxona, 82 ta go’zallik salonlari va sartaroshxona va 189 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shaxobchalari foydalanishga topshirildi.

    Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 3914,2 mlrd.so’mni tashkil etib,


    2014 yilning mos davriga nisbatan 120,1 foiz o’sdi (prognoz 119,3%).

    Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 119,9 foiz (prognoz 119,5%), kompyuterli programmalashtirish xizmatlari konsultatsion xizmatlar bilan birga 112,4 foiz (112,2%), transport xizmati 119,9 foiz (118,9%), moliya va bank xizmatlari 131,0 foiz (130,5%), qurilish xizmatlari 120,6 foiz (120,2%), texnologiya uskunalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish 121,8 foiz (119,9%), qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xizmati 118,2 foiz (118,1%), turizm xizmati 118,6 foiz (117,0%), savdo xizmati 120,8 foiz (119,5%), maishiy xizmatlar 119,4 foiz (118,1%), ta’lim xizmatlari 112,2 foiz (111,0%), sog’liqni saqlash xizmatlari 122,0 foiz (120,1%), qishloq xo’jaligi soxasidagi xizmatlar 117,3 foiz (117,0%) va boshqa xizmatlar 117,7 foiz (117,0%)ga bajarildi.

    Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2015 yil davomida (PQ-1754-sonli qaror asosida) Mikrokredit bank tomonidan
    2977,8 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.

    Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 4083,5 mlrd.so’m va pullik xizmatlar hajmi 1654,2 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,9 foiz va 113,2 foizni tashkil etdi.

    Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan shahri (123,0%), Norin (120,2%), Pop (115,0%) va Kosonsoy (112,2 %) tumanlarida, pullik xizmat ko’rsatish hajmi Uychi (121,2%), Namangan shahri (119,0%), To’raqo’rg’on (115,6%) va Yangiqo’rg’on (114,4 %) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

    Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1583,5 ming so’m, pullik xizmat 641,5 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,2 va 17,0 foizga ko’paydi.

    IV. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.

    Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 dekabrdagi 334-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2013 yil 23 noyabrda qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatildi.

    Chorvachilik - qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.)

    Mazkur qaror asosida «Namangan viloyati tumanlarida 2015 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz va uzum mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari» ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borildi.

    Xususan, 2015 yilda barcha xo’jaliklarda 240,0 ming tonna kartoshka,


    642,4 ming tonna sabzavot, 70,4 ming tonna poliz, 216,4 ming tonna meva,
    115,0 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 114,3 ming tonna go’sht,
    580,6 ming tonna sut, 357,1 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2014 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.

    2015 yil yakuni bilan 654,6 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 105,1%), 241,1 ming tonna kartoshka (106,2%), 70,7 ming tonna poliz (103,7%),


    224,1 ming tonna meva (110,1%), 115,2 ming tonna uzum (100,9%), chorvachilik mahsulotlaridan 114,8 ming tonna go’sht (107,8%), 581,0 ming tonna sut (108,3%) va 358,2 mln.dona tuxum (129,5%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.

    Shu davrda, qoramol bosh sonlari 577,4 ming boshni (102,1%) shu jumladan, sigirlar 204,0 ming boshni (101,6%), qo’y-echkilar 683,7 ming boshni (102,5%), parrandalar 3266,5 ming boshni (114,8%) va otlar 6,6 ming boshni (100,9%) tashkil etdi.

    Qoramol - quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli, kavsh qaytaruvchi hayvonlar. Q.ga haqiqiy buqalar turkumiga mansub yirik xonaki kenja turlar - sigir, buyvol, qoʻtos hamda gayal, bizon, zubr va boshqa kiradi.

    Buning hisobiga viloyatda 3161,6 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 105,9 foizga ta’minlandi.

    Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
    2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan 2015 yil Davlat dasturi asosan olib borilayotgan meliorativ tadbirlar to’g’risida.

    2015 yil viloyat tumanlaridagi 28856 gektar sug’oriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 4 ta loyihalarda 3241,6 mln.so’mlik 2,0 km uzunlikda yangi kollektor qurish, 1 dona meliorativ nasos stantsiyasini, 10,0 km uzunlikda kollektorni va 12 dona meliorativ tik quduqlarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda 24 ta loyihalarda 7300,0 mln.so’mlik 950,6 km uzunlikda kollektorlarni 24 dona meliorativ tik quduqlarini ta’mirlash va tiklash ishlari rejalashtirilgan.

    Melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari loyihalari.

    1. Mingbuloq tumanidagi «Damkul» kollektorini rekonstruktsiya kilish ob’ekti. Loyihani shartnoma kiymati 717,0 mln.so’m ishlar amalga oshirildi. Loyihada 1 dona ekskovator, 1 dona buldozer ish olib bormoqda.

    2. Viloyat tumanlarida 12 dona meliorativ quduqlarni rekonstruktsiya kilish ob’yektlarida 234,8 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan bo’lib, amalda 258,6 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi.

    3. Mingbuloq tumanidagi «Tegirmon» nasos stantsiyasini rekonstruktsiya qilish ob’yektida 125,4 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi.

    4. Pop tumanidagi «Korakalpok» kollektoriga yangi kollektorlar kurish ob’ektida 61,7 mln.so’mlik ishlar qurilish ishlari olib borildi.

    Ta’mirlash va tiklash ishlari loyihalari. 2015 yilda 18805 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 24 dona loyihalardagi 950,6 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, shundan 6 donasi yildan-yilga o’tuvchi 18 donasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoq-larini, 24 dona meliorativ tik quduqlarini, 162 dona quvurli o’tish joylarini, 16 dona suv o’lchash inshootlarini, 178 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlari rejalashtirilib, ushbu ishlarga 7 mlrd 300 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan.

    2015 yil yakunida 212,08 km uzunlikdagi 1631,95 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan bo’lib, amalda 224,68 km uzunlikda 1721,40 mln.so’mlik ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.
    V. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.

    Viloyatda 2015 yil yakuni bilan 334,2 mln. dollarlik (2014 yil yakuniga nisbatan 102,7%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 165,5 mln.dollarni (113,3%), import 168,7 mln.dollarni (94,1 %) tashkil etdi.

    Jumladan “Namangan momiq sochiqlar” MCHJda 5414,4 ming dollar
    (142,5%), “Namangan to’qimachi” MCHJ 4607,1 ming dollar (135,2%), "Kristal Agro Aziya" 3264,2 ming dollar (104,9%), "Aisha home textile" QK 1210,7 ming dollar (2,5 m.), "Iftixor kiyim sanoat" MCHJ 974,5 ming dollar (129,9%), “Samo tekstil servis” MCHJda 970,4 ming dollar (141,7%), "Tekstil libos" MCHJ
    693,1 ming dollar (155,8%), "Tubo-textile" MCHJ 786,1 ming dollar
    (178,7%) korxonalari tomonidan eksport prognozi ortig’i bilan bajarilgan.

    Viloyatda eksport faoliyatini yurituvchi korxonalarning safi barqaror o’sib bormoqda. 2014 yilda eksport amallarini bajaruvchi korxonalar soni


    102 tani tashkil etgan bo’lsa, 2015 yil yakuni bilan ularning soni 44 taga ortib, 146 tani tashkil etgan.

    Hisobot davrida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni ortishi bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Xususan 2015 yildan boshlab viloyatdagi “Karmen Fason” MCHJda 41,2 ming dollar) erkaklar poyabzali, “Nam motor servis” MCHJda (61,1 ming dollar) nasos agregatlari, “Namanganmash” AJda (8,3 ming dollar) zadvijkalar, “Gabon Tekstil” MCHJda (306,0 ming dollarlik) bo’z mahsulotlari kabi yangi turdagi maxsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan.


    Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati. 2016 yilning 1 yanvar holatiga viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 66 tani tashkil etdi. Qo’shma korxonalarning 55 tasi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 2 tasi savdo va xizmat ko’rsatish sohasida, 3 tasi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga, 3 tasi telekommunikatsiya, 2 tasi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va 1 tasi farmatsevtika sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.

    Hisobot davrida viloyatdagi qo’shma korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar xajmi 486,8 mlrd.so’mni (o’sish 120,7 %) tashkil etib, mintaqada ishlab chiqarilgan jami maxsulotdagi ulushi 18,7 foizga yetdi (2014 yilda 18,3 foiz).

    Hisobot davri yakuni bilan qo’shma korxonalarning eksport xajmi
    31,8 mln.dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan
    110,5 foizga o’sdi yoki viloyat jami eksportdagi ulushi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 bandga ortib 19,2 foizga yetdi.

    Qo’shma korxonalarning import xajmi 43,2 mln.dollarni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 foizga ortishi ta’minlandi.



    VI. Kichik biznesni rivojlantirish.

    Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’yektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. Xususan, 2015 yil yakuni bilan kichik biznes sub’yektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,2 foizni tashkil etdi.

    Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmida kichik biznes sub’yektlarining salmog’i muttasil oshib bormoqda.

    Viloyatda 2016 yil 1 yanvar holatiga jami 15731 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ro’yxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2014 yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizga ortdi.

    2015 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes sub’yektlari tomonidan 856,9 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa, 2015 yilning yanvar-dekabr oylarida ushbu ko’rsatkich 1 350,7 mlrd.so’mni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda
    49,5 foizdan 61,9 foizga ortishi ta’minlandi.

    Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning qishloq xo’jaligidagi ulushi 99,2 %, qurilish ishlarida 95,2%, savdoda 47,7%, pullik xizmatda 57,0 %ni tashkil etdi.

    2015 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik korxonalar tomonidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar xajmi 2014 yilning mos davriga nisbatan 187,6 foizga ortib 105,2 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’yektlarining ulushi mos ravishda 58,4 foizdan 63,5 foizga ko’paydi.

    Kichik biznes sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 120,1 mln.dollarni tashkil etib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,5 foizga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 71,2 foizga ortdi.

    Hisobot davrida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 27163 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 796,2 ming kishiga yetdi.

    VII. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.

    2015 yilning yakuni bilan viloyat aholi soni 2603,2 ming kishini tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 49,0 ming kishiga ko’paydi yoki 101,9 foizni tashkil etdi. Shundan mehnat resurslari soni 1515,1 ming nafarni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,5 foiz (8,4 ming)ga ortdi.

    Iqtisodiy faol aholi 1021,2 ming kishini tashkil etdi, shundan band aholi 968,8 ming nafar va 52,4 ming nafari doimiy ish bilan band bo’lmaganlar.

    Hisobot davrida «Bandlikka ko’maklashuvchi» markazlarga jami


    27761 nafar fuqarolar ish so’rab murojaat etdilar. Shundan 26547 nafari (95,6%) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ish bilan ta’minlandi.

    Viloyatda ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 punktga kamaydi.

    Lekin, hisobot davrida Mingbuloq (5,7%), Kosonsoy (5,7%), Uychi (5,5%), Chortoq (5,5%) va Chust (5,5%) tumanlarda ishsizlik darajasi viloyat darajasidan yuqori bo’ldi.

    Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 oktyabrdagi 6-sonli yig’ilish bayoni, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 22 oktyabrdagi 992-II-sonli, Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 noyabrdagi SQ-454-II-sonli va Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 9 dekabrdagi 152/27-4-sonli Qarorlari bilan tasdiqlangan tasdiqlangan “2015 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2015 yil yakuni bilan 75330 ta ish o’rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 75709 ta ish o’rinlari yaratildi, yoki reja 100,5 foizga bajarildi.

    Deputat - (lot. deputatus - vakil) - . davlat vakillik organining saylab qoʻyilgan aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasida - xalqning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi vakolatli vakili.

    Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o’rinlari 18608 tani tashkil etdi.

    Jumladan,

    Sanoatda 8729 ta;

    Xizmat ko’rsatish va servis sohalarida 2664 ta;

    qishloq xo’jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 2700 ta,

    Ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda 4515 ta;

    Bundan tashqari

    tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 18935 ta;

    yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 8328 ta;

    uy mehnatini tashkil qilishda 27478 ta;

    dehqon va fermer xo’jaliklarini tashkil tiklashda 2360 ta

    mas’ul: viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi, Fermerlar Kengashi ish o’rinlari tashkil etdi.

    Yaratilgan ish o’rinlarining 28355 tasi xotin-qizlarga, yoshlarga 36720 ta,shu jumladan 19414 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga, 9862 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.

    Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturining 2015 yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi


    PQ-2302 sonli qaroriga asosan viloyat xokimining 2015 yil 23 fevraldagi
    77-sonli qarori qabul qilindi. Qaror 6-bo’lim, 66-banddan iborat.

    Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun jami


    233,6 mlrd so’m mablag’, shundan byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan 18,4 mlrd so’m, bajaruvchilar va xomiylar mablag’lari hisobidan
    31,9 mlrd so’m va 12,2 mln.dollar, tijorat banklari kreditlari xisobidan
    153,2 mlrd so’m sarflanishi ko’zda tutilgan.

    Joriy yil yakuni bilan dasturda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun jami 234,7 mlrd so’m mablag’ (100,5 foiz), shundan byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan 19,6 mlrd so’m, bajaruvchilar va xomiylar mablag’lari hisobidan 89,3 mlrd so’m, tijorat banklari kreditlari xisobidan 125,7 mlrd so’m sarflandi.




    Download 150,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 150,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan viloyatida 2015 yil yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma

    Download 150,5 Kb.