II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi




Download 150.5 Kb.
bet2/14
Sana10.04.2017
Hajmi150.5 Kb.
#4182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.

Viloyatda 2015 yil davomida 1926,6 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 163,9 mlrd. so’m byudjet mablag’lari, 89,9 mlrd. so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 440,0 mlrd. so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 346,5 mlrd. so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 211,5 mlrd. so’m bank krediti mablag’lari, 549,3 mlrd. so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 125,5 mlrd. so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi ta’minlandi.

Hisobot yakunida barcha manbalar hisobidan 1926,6 mlrd. so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5,9 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi.

Markazlashgan mablag’lar hisobidan 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 8 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 5 ta sog’liqni saqlash ob’yektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2015 yil yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 5 ta (18,5 mlrd.so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 3 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 8 ta (6,6 mlrd.so’m) kasb-hunar kollejlari, yangi qurilish hisobiga 1 ta, rekonstruktsiya hisobiga 10 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 8 ta jami 19 ta (22,1 mlrd.so’m) umumta’lim maktablari hamda 34 ta ichimlik suvi (16,4 mlrd.so’m) ob’yektlarida 63,6 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar natijasida, 8 ta (3 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 19 ta (1 ta yangi qurilish, 10 ta rekonstruktsiya va 8 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 16 ta jumladan, 11 ta maktablar uchun sport zal, 4 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi va 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’yektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur ob’yektlarda 21,2 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Joriy yil yakuni bilan 15 ta ob’yektlar foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 12 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 4 ta ob’yektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 3210,0 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

2015 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan ob’yektlarda


3143,3 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi. Ushbu ishlar natijasida Mingbuloq tumanidagi “Tegirmon” nasos stantsiyasini va Pop tumanidagi tumanlararo “Qoraqalpoq” kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlari to’la yakunlandi.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 1049,7 ming kv.m. turar-joy,


220,9 km ichimlik suvi va 23,0 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2264 sonli qarori asosida viloyat hokimining 2015 yil 15 yanvardagi “Namangan viloyatining 2015 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 48-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan
5,1 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 456,4 mlrd.so’m jami 461,5 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 5,1 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 141,3 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan


147,1 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan
41,0 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.

2015 yil yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 174,7 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 175,0 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 43,9 mlrd.so’m xamda boshqa manbalar hisobidan 80,0 mlrd.so’m, jami 476,4 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi.





Download 150.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 150.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi

Download 150.5 Kb.