• Chakana savdo.
  • III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish




    Download 150.5 Kb.
    bet8/14
    Sana10.04.2017
    Hajmi150.5 Kb.
    #4182
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.

    “Namangan viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga muvofiq xizmatlar va servis yo’nalishida 2015 yil yakuni bilan umumiy qiymati 79,0 mlrd.so’mlik 804 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlarini tashkil etish belgilangan.

    Amalda 72,3 mlrd so’m mablag’lar sarflanib, 804 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari (shundan 751 tasi qishloq joylarida) tashkil etilidi. SHu jumladan, 347 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do’koni, 57 ta savdo va umumiy ovqatlanish, 14 ta dorixona, 25 ta kiyim tikish va ta’mirlash, 40 ta maishiy texnikalarni ta’mirlash xizmati, 43 ta avtomabil va boshqa texnikalarni ta’mirlash, 5 ta sun’iy qoplamali futbol va boshqa sport maydonchasi, 2 ta mehmonxona, 82 ta go’zallik salonlari va sartaroshxona va 189 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shaxobchalari foydalanishga topshirildi.

    Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 3914,2 mlrd.so’mni tashkil etib,


    2014 yilning mos davriga nisbatan 120,1 foiz o’sdi (prognoz 119,3%).

    Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 119,9 foiz (prognoz 119,5%), kompyuterli programmalashtirish xizmatlari konsultatsion xizmatlar bilan birga 112,4 foiz (112,2%), transport xizmati 119,9 foiz (118,9%), moliya va bank xizmatlari 131,0 foiz (130,5%), qurilish xizmatlari 120,6 foiz (120,2%), texnologiya uskunalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish 121,8 foiz (119,9%), qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish xizmati 118,2 foiz (118,1%), turizm xizmati 118,6 foiz (117,0%), savdo xizmati 120,8 foiz (119,5%), maishiy xizmatlar 119,4 foiz (118,1%), ta’lim xizmatlari 112,2 foiz (111,0%), sog’liqni saqlash xizmatlari 122,0 foiz (120,1%), qishloq xo’jaligi soxasidagi xizmatlar 117,3 foiz (117,0%) va boshqa xizmatlar 117,7 foiz (117,0%)ga bajarildi.

    Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2015 yil davomida (PQ-1754-sonli qaror asosida) Mikrokredit bank tomonidan
    2977,8 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.

    Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 4083,5 mlrd.so’m va pullik xizmatlar hajmi 1654,2 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,9 foiz va 113,2 foizni tashkil etdi.

    Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan shahri (123,0%), Norin (120,2%), Pop (115,0%) va Kosonsoy (112,2 %) tumanlarida, pullik xizmat ko’rsatish hajmi Uychi (121,2%), Namangan shahri (119,0%), To’raqo’rg’on (115,6%) va Yangiqo’rg’on (114,4 %) tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.

    Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1583,5 ming so’m, pullik xizmat 641,5 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 14,2 va 17,0 foizga ko’paydi.



    Download 150.5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 150.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish

    Download 150.5 Kb.