• Ishdan maqsad.
  • Aholi tasarrufidagi avtomobillarga xizmat




    Download 126.59 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana28.03.2024
    Hajmi126.59 Kb.
    #179604
      1   2
    Bog'liq
    1-amaliy
    nejron torlari va undan oquv zharayonida fojdalanish muammolari, давлат хариди, макола илмий (2), 01-mavzu


    1-amaliy mashg‘ulot 
    AHOLI TASARRUFIDAGI AVTOMOBILLARGA XIZMAT 
    KOʻRSATUVCHI KORXONALAR VA ULARNING TASNIFI VA 
    INFRASTRUKTURASINI OʻRGANISH 
     
    Ishdan maqsad. Aholi tasarrufidagi avtomobillarga xizmat 
    koʻrsatuvchi korxonalar turlari va vazifasini oʻrganish.
    Nazariy ma’lumotlar.
    Avtoservis xizmatining asosiy qismini maxsus avtoservis korxonalari 
    tashkil etadi. Ulardan tashqari bu xizmatni asosiy ishlab chiqarish 
    faoliyati boshqa, turli soha boʻlgan korxonalar (masalan, yuk va 
    yoʻlovchilar tashuvchi avtotransport korxonalari) ham bajaradilar. Lekin 
    ularning ulushi koʻrsatilgan umumiy xizmat hajmida juda oz, faqat bir 
    necha foiznigina tashkil etadi.
    Jahonda avtoservis korxonalari oʻz faoliyati va mavjud iqtisodiy-
    ijtimoiy tuzum asosida tarixiy shakllanib va rivojlanib kelgan va barcha 
    mamlakatlar xududi boʻylab shahar va qishloq, magistral yoʻl yoqalari, 
    aholi zich yashovchi mavze, avtosayohatchilar toʻxtovchi mexmonxona 
    va oromgoh (motel) larda joylashgan. Bunday korxonalar oʻzlari 
    bajaradigan xizmat turlari va ishlab chiqarish faoliyatiga qarab 
    quyidagilarga boʻlinadi (1-rasm). 
    1.1-rasm. Avtoservis korxonalarining turlari 
    Avtosavdo markazlari (yoki bazalari) yirik shaharlarda joylashgan 
    bo‘lib, avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiladi. 
    Avtosalonlar esa shu mollarni chakana savdo bilan sotadi, buning 
    uchun ularda avtomobillarni sotishga tayyorlash (sotish oldi) texnik 
    xizmatini bajarish uchun maxsus ishchi postlari bo‘lishi shart. 
    Avtoservis korxonalari 
    Avtosavdo 
    markazlari, 
    avtosalonlar, ehtiyot 
    qismlar do‘konlari 
    Yonilg‘i 
    quyish 
    shaxobch
    alari 
    Avtomobillarga texnik 
    xizmat ko‘rsatish va 
    ta’mirlash korxonalari
    Avtoturar 
    joylar, 
    saqlash 
    garajlari 


    Avtoservis korxonalarining ahamiyati, ularda ro‘y berayotgan 
    tuzilmaviy o‘zgarishlar.
    Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi 
    korxonalar o‘z navbatida avtomarkazlar, avtomobillarga texnik xizmat 
    ko‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS) va postlar va shuningdek, turli ishlarga 
    ixtisoslashgan avtoustaxonalardan iborat (2-rasm). 
    Avtomarkazlar avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning 
    asosiy korxonalari bo‘lib, asosan yirik shaharlarda (viloyat markazlarida) 
    joylashadi va kamida 25 ta, ko‘pi bilan 100, hatto 200 ishchi postlarga ega 
    bo‘ladi. Bunday markazlarni odatda avtomobillar ishlab chiqaruvchi va 
    ular bilan savdo qiluvchi kompaniyalar va shuningdek, avtomobillar va 
    ehtiyot qismlar bilan savdo qilishga ixtisoslashgan firmalar hissadorlik 
    asosida tashkil etadi. Avtomarkazlar bir necha rusumli avtomobillarni 
    ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ishlab 
    chiqarish-texnik bazasi (ICHTB), zarur texnologik jihoz, maxsus qism, 
    material, malakali kadr va shuningdek, texnik-texnologik hujjat va 
    adabiyotlar bilan to‘la ta’minlangan bo‘ladi. Avtomarkazlarning ma’lum 
    hududlarda, - viloyat tumanlari, shaharlari va qishloqlarida bir necha 
    filiallari bo‘lib, markaz ularga har jihatdan homiylik qiladi, ayniqsa, 
    kadrlar 
    malakasini 
    oshirish, 
    ishlab 
    chiqarishda 
    yangi, 
    ilg`or 
    texnologiyalarni joriy etish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yaxshilash va 
    h.k.
    Umuman olganda, avtomarkazlar - avtomobil ishlab chiqaruvchi 
    kompaniyalar bilan birga avtomobillar servisi sohasida ilmiy-texnik 
    taraqqiyotni ta’minlovchi, sohada texnik siyosatni belgilovchi va amalga 
    oshiruvchidir.
    Mamlakatimiz viloyat markazlari va yirik shaharlarida XX asrning 70-
    80 yillarida 12 ta avtomarkaz qurilib, ishga tushirilgan, birgina 
    Toshkentda 
    bunday 
    markazlarning 

    tasi 
    ishlab 
    turibdi. 
    Avtomarkazlarning ko‘p qismi (10 tasi) 1996-98 yillarda to‘la 
    rekonstruksiya qilinib, qayta jihozlanib chiqildi. Hozirgi paytda 
    respublika avtomarkazlaridagi ishchi postlarning umumiy soni 400 tadan 
    oshdi. 
    Avtomarkazlarda avtomobil, ehtiyot qism, avtomateriallar bilan 
    savdo qiluvchi avtosalon, baza, do‘konlar bilan bir qatorda turli texnik 
    xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi kuchli ishlab 
    chiqarish bazasi ham mavjud. Avtomarkazlarning tarkibiy qismi bo‘lgan 
    savdo bazalari, do‘kon, ombor va ishlab chiqarish uchastkalari hududiy 
    bir joyga joylashgan yoki shahar, viloyat bo‘ylab bir necha joylarga, 
    mijozlar uchun qulay bo‘lgan yerlarga joylashishi mumkin. 


    Avtomobillarga texnik xizmat 
    ko‘rsatuvchi korxonalar 
    Shaharlarda 
    joylashgan 
    Yo‘l bo‘ylari va avtosayohatchilar 
    oromgohlarida joylashgan 
    Avtomarkazlar 
    Avtomobillarga texnik xizmat 
    ko‘rsatish stansiyalari 
    Avtoustaxonalar 
    Kuzovlarni tiklovchi maxsus
    ustaxonalar 
    Avtomobillar agregatlari va 
    detallarini tiklovchi ustaxonalar 
    Avtoshinalarni tiklovchi korxonalar 
    Akkumulyator va elektr jihozlarini 
    ta’mirlash ustaxonalari 
    TX ko‘rsatuvchi postlar 


    1.2-rasm. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar turlari 
    Shaharlarda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonalarining 
    ahamiyatini oshib borishi va istiqbollari. Shahardagi avtoservis korxonalari 
    asosan aholining avtomobillariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ular 
    ko‘rsatadigan xizmatiga ko‘ra, universal yoki maxsus bo‘lishi mumkin. 
    Universal ATXKSlarida bir necha model avtomobillarga xizmat 
    ko‘rsatiladi. Ular Respublikamizda eng ko‘p tarqalgan. Maxsus 
    stansiyalarda bir model avtomobillariga xizmat ko‘rsatiladi. Ixtisoslashgan 
    stansiyalar ularning bir turi bo‘lib, avtomobil zavodlariga qarashli yoki ular 
    bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar (AvtoVAZ markazi, GM-
    Uzbekistan, Toyota, Mersedes-Bens stansiyalari). 
    Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS). 
    ATXKS avtoservis xizmatini bajaruvchi asosiy va eng ko‘p tarqalgan 
    korxonalardir. Zamonaviy ATXKSlari yangi va ishlatilgan avtomobil, 
    ehtiyot qism va avtomobil materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga 
    turli xildagi texnik xizmatlar ko‘rsatish, agregat, detallarni ta’mirlash, 
    ishdan chiqqanlarini almashtirish, avtohalokatlar natijasida shikastlangan 
    avtomobil va kuzovlarining qayta tiklash ishlari bilan shug‘ullanadilar. 
    Shuningdek, mijozlar avtomobillariga, ularning murojaatlariga asosan 
    ko‘chalarda, yo‘llarda, avtomobillar turar va saqlash joylarida texnik 
    yordam ko‘rsatish, mijozlarga avtomobilni texnik ekspluatatsiya qilish 
    to‘g`risida maslahat berish, ularni avtoservis axboroti bilan ta’minlash kabi 
    xizmatlar ham ATXKS vazifalariga kiradi. 
    ATXKSlari o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan 
    xizmatlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga 
    bo‘linadi. 
    Korxona turi 
    Qisqacha tavsifi 
    Shahar avtoservis stansiyasi 
    Yengil avtomobillarga barcha turdagi 
    servis va ta’mirlash ishlarini bajarish. 
    Zaruriyat bo‘lsa: pullik yuvish xizmati, 
    avtomobil, ehtiyot qism va 
    avtoanjomlar sotish, zangga qarshi 
    qoplash ishlari 
    Yo‘l bo‘yidagi avtoservis stansiyasi 
    Avtomobillarni yuvish, nosozliklarni 
    tuzatish, qotirish va sozlash ishlarini 
    bajarish. Zaruriyat bo‘lsa yuk 
    avtomobillari va avtobuslarga ham 
    servis ishlarini bajarish 
    Garaj- turar joy 
    Avtomobillarni saqlash. Avtomobilga 
    o‘zi xizmat ko‘rsatishiga ruxsat beriladi 
    (yuvish va servis) 


    Odatda shahar stansiyalarida ko‘rsatiladigan xizmat turlari xilma -xilroq, 
    bajariladigan ishlarning hajmi kattaroq bo‘lishi mumkin va shuningdek, bu 
    stansiyalardan foydalanuvchi avtomobillar tarkibi bir qadar barqaror, ya’ni 
    stansiyalar bir qadar doimiy mijozlarga ega bo‘ladi. 
    Shaharlararo yo‘llar bo‘ylarida joylashgan stansiyalarda, aksincha, 
    xizmat turlari chegaralangan bo‘lib, ular asosan texnik yordam ko‘rsatish, 
    mayda ta’mirlash ishlari, g‘ildiraklar shinalarini yamash, damlash, motor, 
    tormoz, rul boshqarmasi tizimlari, elektr jihozlari asboblarida paydo bo‘lgan 
    nuqson va nosozliklarni tuzatish va shuningdek, eng ko‘p zarur bo‘ladigan 
    ehtiyot qism va avtomateriallar savdosi bilan shug‘ullanadi. 
    Yo‘l bo‘ylari stansiyalariga xos bo‘lgan yana bir holat ularning yil va 
    sutka davomida uzluksiz ishlashidir. Bunday stansiyalar xususiy yoki shirkat 
    mulklari asosida tashkil etilib, ulardagi ishchi postlarining soni asosan 2-5 
    tadan iboratdir. 

    Download 126.59 Kb.
      1   2




    Download 126.59 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholi tasarrufidagi avtomobillarga xizmat

    Download 126.59 Kb.
    Pdf ko'rish