• AMALIYOT
  • Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir




    Download 22.7 Kb.
    bet1/3
    Sana13.12.2023
    Hajmi22.7 Kb.
    #117933
      1   2   3
    Bog'liq
    B.USMONJONOV . M.O\'.K MUSTAQIL ISH, Qidiruv algoritmlari

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

    Hayot faoliyati xavfsizligi”


    fanidan


    AMALIYOT


    TOPSHIRIQ №3
    Bajardi:
    Butunov Dilshod
    Qabul qildi:
    Saidova Gulchehra
    Toshkent 2023
    Variant – 6
    6-Savol: Aholi va xududni texnogen tusdagi FVlardav muhofaza qilish

    Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.


    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (bundan buyon matnda favqulodda vaziyatlar deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon bo‘lishiga, odamlarning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar;
    Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolishga va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar zonalarining kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar majmui;
    favqulodda vaziyat zonasi — favqulodda vaziyat manbai yuzaga kelganligi oqibatida odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi xavfi mavjud bo‘lgan va (yoki) uning ta’sirida jiddiy moddiy talafotlar ko‘rilgan, shuningdek odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan hudud;
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar majmui, vositalar hamda usullar tizimi;
    favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolishga va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.
    Favqulodda vaziyatlar ro‘y berish manbaiga qarab tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarga hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga bo‘linadi.
    Odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga, odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan tabiiy ofatlar (zilzilalar, sel, ko‘chkilar, suv toshishi va boshqa xavfli tabiiy hodisalar), tabiiy yong‘inlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardir.
    Odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga, odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sanoatdagi, transportdagi avariyalar va boshqa texnogen avariyalar, yong‘inlar (portlashlar), kuchli ta’sir etuvchi zaharli, kimyoviy, radioaktiv hamda xavfli biologik moddalarning tarqalishi yoxud tarqalish xavfi bilan bog‘liq avariyalar, binolar va inshootlarning to‘satdan qulashi, to‘g‘onlarning, tozalash inshootlarining buzilishi, shuningdek odamlarning hayot faoliyatini ta’minlovchi kommunikatsiya tizimlaridagi avariyalar texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardir.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
    davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati tartibini belgilaydi;
    favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslarning davlat zaxiralari yaratilishini ta’minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
    favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlar va vositalarning moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta’minlanishini, ularning maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini tashkil etadi;
    favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi sabablarini (manbalarini), ko‘lamlarini, jabrlangan odamlarning sonini, moddiy zararning miqdorini hisobga olgan holda, favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi, shuningdek ularni bartaraf etishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishtirok etish darajasini belgilaydi;
    davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
    Maxsus vakolatli davlat organi:
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
    aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishini ta’minlaydi;
    favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish hamda zararni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
    O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan prognoz qiladi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir rejalarni ishlab chiqadi;
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maqsadli dasturlarning ishlab chiqilishini va ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkil etadi;
    tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qarorlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar rejalarining, nizomlarning, qoidalarning va yo‘riqnomalarning kelishib olinishini amalga oshiradi;
    davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining va tashkilotlarning rahbarlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuchlarni favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakat qilishga tayyorlashni tashkil etadi;
    favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarni boshqarishni amalga oshiradi, boshqaruv punktlarini, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil etadi;
    favqulodda vaziyatlar sharoitlarida qutqaruv ishlarini va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni tashkil etadi hamda amalga oshiradi, yong‘inlarni bartaraf etadi;
    favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
    ishlab chiqarish obyektlari va ijtimoiy obyektlar bo‘yicha loyihalar hamda qarorlarning davlat ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etadi.
    Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

    Download 22.7 Kb.
      1   2   3




    Download 22.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir

    Download 22.7 Kb.