3-mashg’ulot. FAVQULODDA VAZIYATLAR DAVLAT
TIZIMINING VAZIFALARI, AHOLINING FUQARO
MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ishdan maqsad:
-Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi fanini maqsadi va vazifalarini
o’rganish.
-Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning
mazmun mohiyatini o’rganish.
-Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquqiy-me’yoriy
hujjatlarni o’rganish.
-O’zbekiston Respublikasi FVdan muhofaza qilish davlat tizimini o’rganish.
«Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanini o’qitishdan maqsad
talabalarga aholini, hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini turli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat
bo’lib, jumladan:
-Komanda-boshqaruv tarkibi va harbiylashmagan
tuzilmalar faoliyatining
mohiyati, o’quv-moddiy bazasi va FM masalalarini o’z ichiga oluvchi
tadbirlarning yagona tizimini o’rgatish;
-FVda jarohatlanganlarga va o’ziga-o’zi yordam ko rsatish va ahloqiy-ruhiy
barqarorlik sifatlarini singdirish;
-FV da harakat qilish,
aholini muhofaza qilish, FV oqibatlarini bartaraf
etishda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas ishlarni tashkil qilish va
o’tkazish asoslarini, iqtisodiyot obyektlarini barqaror
ishlashini kuchaytirish
usullarini o’rgatish.
1990 yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan
foydalanish cheklab qo’yildi, ammo yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf
qilindiki, ular odamlar uchun xavfli bo’lmay, balki iqtisodiyot obyektlarini ishdan
chiqarishga qaratilgan. Ammo, inson hayotiga faqatgina ommaviy qirg’in
qurollarigina emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turibdi. Bular turli
tabiiy hamda
texnogen xususiyatli ofatlar, avariyalar, halokatlardir. Ayni vaqtda,
mustaqillikning dastlabki vaqtlarida
yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar Respublikamiz
hududida terroristik vaziyatlar sodir bo’lishi mumkinligini ko’rsatib berdi.
Bu sohada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil - martdagi PF-
1378-sonli farmoni bilan FVV tashkil topganligi muhim ahamiyat kasb etdi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar,
shaharlar va tumanlarda
vazirliklar, tegishli hududlarning hokimlari, uyushmalar,
korxonalar, muassasa va
tashkilotlar rahbarlari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini muhofaza etishga
rahbar etib tayinlandilar.
1999-yil 20-avgustda «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen
xususiyatli FV lardan muhofaza qilish to’g’risida» gi qabul qilingan qonun FVdan
muhofaza qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. U 5 ta bo’lim 27
moddadan iborat bo’lib, FVlarda fuqaro muhofazasi
sohasidagi ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladi hamda FV ro’y berishi va rivojlanishining oldini
olish, FV lar keltiradigan talofatlarni kamaytirish va FV ni bartaraf etishga
qaratilgan.
2000 - yil 26-mayda qabul qilingan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» gi
qonun oldingi qonundan farqli o’laroq harbiy xarakatlar olib borish davri
masalalariga bag’ishlangan. U FM
sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga
oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning vakolatlarini, shuningdek FM kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Qonun 5 ta bo’lim 23 moddadan iborat bo’lib,unda asosiy tushunchalar, vazifalar
va qonunni buzganlik uchun javobgarlik va xalqaro hamkorlik to’g’risidagi
ma’lumotlar berilgan. Jumladan: