|
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlariBog'liq 3-mashg’ulot. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining vazifalariFuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari.
Ma’lumki, fuqarolar muhofazasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi.
Barcha fuqarolar fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishda faol ishtirok
etishlarini taqozo etadi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi
sohasidagi huquqlari va burchlari O’zbekiston Respublikasining «Fuqaro
muhofazasi to’g’risida»gi (2000 y.) Qonunining 13- va 14-moddalarida hamda
«Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi (1999 y.) qonunining 15- va 16-
moddalarida aniq ko’rsatilgan.
Masalan, fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
quyidagilardan iborat (tinchlik davri uchun):
1. Favqulodda vaziyat ro’y berganda hayotlari, sog’liqlari va shaxsiy mol-
mulklari muhofazalanishi;
2. Umumiy
va
yakka
himoyalanish vositalaridan hamda
boshqa
muhofazalanish uchun mo’ljallangan mol-mulkdan foydalanish;
3. Mamlakat hududlarida duch kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatar darajasi
to’g’risida hamda zarur xavfsizlik choralari haqida xabardor bo’lish;
4. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish masalalari
yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga murojaat etish;
5. Jamoat birlashmalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishlari;
6. Favqulodda vaziyatlar ro’y bergan hududlarda ishlaganligi uchun bepul
tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar olish;
7. Aholi
vahududlarni
favqulodda
vaziyatlardan
muhofaza
qilish
majburiyatlarini bajarish chog’ida boquvchisi halok bo’lganda yoki mehnatdan
mayib bo’lishi tufayli halok bo’lgan shaxsning oila a’zolari uchun belgilangan
tartibda nafaqa olish;
8. Davlat ijtimoiy sug’urtasi tartibi va shartlari, kompensatsiyalar va imtiyoz
turlari va miqdorlari qonun hujjatlari asosida to’lanadi.
|
| |