FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo’ladi:
1.Rahbar organlar.
2.Kundalik boshqaruv organlari.
3.Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish kuch va vositalari.
4.Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy va
moddiy resurslar zaxiralari.
5.Xabar berish, aloqa, boshqaruv va axborot bilan ta’minlashning
avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT).
FVDTning
asosiy vazifalari, tashkiliy tuzilishi va ishlash tartibi quyidagi,
xujjatlar bilan belgilab berilgan:
1. FVDT to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2011- yildagi 242 -sonli qaroriga ilova).
2. Quyi tizimlar to’g’risidagi Nizomlar (har bir quyi tizimning Nizomi
tabiiy-iqlimiy, geofizik, iqtisodiy, funksional va boshqa sharoitlarni hisobga olgan
holda ishlab chiqilgan). Ushbu Nizomlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlari, vazirlar, davlat
qo’mitalari raislari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.
FVDT umumiy holda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga,
odamlar xavfsizligini
ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini
pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo’ysinishdan qat’iy nazar,
iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat
ko’rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan
maqsadli va kompleks ilmiy-
texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning
oldiniolish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining
doimiy tayyorligini ta’minlash.
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasidagi axborotlarni yig’ish, ishlab chiqish, almashish va berish.
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT
kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda xarakat qilishga tayyorlash.
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
uchun moliyaviy va moddiy
resurslar zaxiralarini yaratish.
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish.
favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza
qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu
jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning
huquq va majburiyatlarini amalga oshirish.
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida xalqaro hamkorlik qilish.