=-11-=
Case-texnologiyalari
vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan
yo’nalishdir.
Ulardan
keng
ko’lamda
foydalanish
qimmatligi
tufayli
chegaralangandir.
Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish,
loyixalash, ishlab
chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy
ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i
- kompyuterlarning mahalliy
tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida
ishlashini
tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila
olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.