=-8-=
—
kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali
ishlashini ta`minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish
va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta`minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy
ta`minot va yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta`minotdan iborat. Asosiy
dasturiy ta`minot kompyuter bilan
birgaliqaa Yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi
dasturiy ta`minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta`minot (haze software) — bu, kompyuter ishini ta`minlovchi
dasturlarining minimal to’plamidak iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
—operatsion tizim (OT);
—tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta`minotga asosiy dasturiy ta`minot
imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni)
qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bo’lar tashxis qiluvchi, kompyuterning
ishchanligini
oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta`minlovchi va boshka dasturlardir.
Shunday qilib, tizimli dasturiy ta`minotni sxematik ravishda quyidagicha
tasvirlash mumkin.
Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, disqaagi urinlar va hokazo)
boshqaradi, foydalanuvchi
bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa
dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan
qulay muloqotni(interfeysni) ta`minlaydi.