Akademik litseylar fizika kursida




Download 291,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana29.05.2024
Hajmi291,56 Kb.
#257128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ismoilov Bobur

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.2 Akademik litseylar fizika ta’limini shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik 
texnologiya 
asosida 
tashkil 
etish 
mexanika 
bo‘limi 
misolida
Mexanika fizikaning tarixan birinchi paydo bo’lgan bo’limidir. Mexanika 
taraqqiyotida eksperimental dalil va ayrim nazariy fikrlarni to’plash va sistemaga 
solish, fizikaning boshqa sohalaridagidan ko’ra tezroq yagona nazariya bilan 
almashdi. Bu yagona nazariya Galiley va Nyuton asarlari natijasida paydo bo’ldi va 
u turli mamlakatlarning olimlari tomonidan rivojlantirildi. Mexanik harakat -
jismlarning fazoda va vaqtda bir -biriga nisbatan ko’chishi fizikada o’rganiladigan 
harakatlarning eng oddiy formasidir. Mexanikani, uning eng muhim tushuncha va 
qonunlarini o’rganib olmasdan turib issiqlik, elektr, hodisalarini ongli o’zlashtirish 
mumkin emas. Mutlaqo ravshanki, harakatning murakkabroq formalari bo’lmish 
issiqlik, elektr, tovush, atomlarda sodir bo’ladigan xodisalarni o’quvchilar 
mexanikada o’rganiladigan eng sodda harakat formasining asosiy va eng xarakterli 
tomonlarini o’zlashtirib olganlaridan so’ng o’rganilishi lozim. Nihoyat mexanik 
harakat harakatning sifat tomondan ancha murakkab formalarida qatnashadi, ammo 
ularning o’rnini bosa olmaydi. Soddadan murakkabga degan didaktik prinsip fizika 
kursi strukturasiga tatbiq etilganda fizikani mexanikadan boshlab o’rganishni talab 
qiladi. Mexanikadan olingan ma’lumotlar fizika kursining boshqa bo’limlarini 


16 
o’rganishda mutlaqo zarurdir. Mexanikadagi tushunchalarni bilmasdan turib fizikani 
o’rganish alifbeni o’rganmasdan turib kitob o’qishga o’rganish bilan bir xil bo’ladi. 
Xaqiqatan xam issiqlik hodisalarining mexanizmini, tabiatini o’rganish uchun 
modda tuzilishining molekulyar - kinetik nazariyasida mexanika tushunchalari va 
qonuniyatlaridan molekulalarning kinetik va potensial energiyasi, jism impulsi 
(harakat miqdori) va uning saqlanish qonuni, kuchning dinamik talqin qiliinshi va 
boshqalar kabi tushuncha va qonuniyatlardan keng foydalaniladi. Elektr maydoni, 
magnit maydoni va elektromagnit maydon xossalarini o’rganishda kuch, massa, ish 
va energiya tushunchalarini bilish kerak va hokazo. Mexanikani o’rganish davomida 
modda xaqidagi tushuncha rivojlantirib borilib, fizikaning keyingi bo’limlarida 
ularning tuzilishlari o’rganib boriladi. Undan tashqari maydon tushunchasi xam 
kiritilib (elektrni o’rganish vaqtida) u haqidagi tasavvurlar xam rivojlantirib boriladi. 
Mexanik harakatni o’rganish vaqtida bu harakat vaqt o’tishi bilan fazoda yuz beradi, 
degan fikr ham tushuntiriladi. Moddaning fazoda va vaqtda harakatlanishi 
to’g’risidagi tasavvurlar kursning boshida eng sodda va ko’rgazmali misollarda aniq 
va tushunarli qilib beriladi. Keyinchalik harakatning murakkabroq formalarini 
o’rganishda bu tasavvurlar rivojlantiriladi va chuqurlashtiriladi. Mexanikani 
o’rganishda uning eksperimental asoslarini kuchaytirish kerak. Mexanikani 
eksperiment asosida o’rganish quyidagilarni ko’zda tutadi: asosiy hodisalar 
tajribalarda o’rganiladi, fizik qonunlarning chiqarilishi ana shu tajribalarga tayanadi, 
tushunchalarning tarkib topishi tajribalarga va o’lchashlarga asoslanadi. Mexanika 
tajriba asosida o’rganilganda o’quvchilar mexanik hodisa, qonun, tushunchalar va 
ularning tadbiq etilishi to’g’risida qat’iy bilimlar oladilar. Umumiy xulosalardan 
qat’iy faktlarni ko’ra biladigan bo’ladilar, turli hollarda fizik kattaliklarning son 
qiymatlarini “seza” biladigan bo’ladilar. Kuchlarni dinamometlar bilan, harakat 
tezligi va tezlanishni ustiga tomizgich o’rnatilgan aravacha bilan yoki tezlikni 
spidometr bilan, jismlarning aylanish chastotasini taxometr bilan va boshqa fizik 
kattaliklarni qayta-qayta o’lchash natijasida o’quvchilarda har - xil kuchlar, tezliklar, 
tezlanishlar, massalar, aylanish chastotalari va shu kabilarni chamalab aniqlay bilish 
malakalari hosil bo’ladi. Bular o’quvchilarning mexanikadan olgan bilimlarida 


17 
formalizmga yo’l qo’ymaydi. Tajribadan olingan dalillar (faktlar) umumiy fizik 
nazariya bilan maxkam aloqada bo’lishini nazarda tutish kerak. Fizik nazariyasiz 
bilimlar sistemasi bo’lishi mumkin emas. Mexanikada fizikaning bu bo’limining 
butun o’quv materialini birlashtiruvchi asosiy fizik nazariya Nyuton dinamikasining 
uch qonuni va saqlanish qonunlaridir. Mexanikani o’qitish jarayonida fizika 
fanining bilish “instrumenti” (asbobi) bo’lgan asosiy tushunchalar (massa, kuch, 
impuls, energiya, ...), fizik nazariya (Nyuton qonunlari), umumlashtirish (butun 
olam tortishish qonuni, saqlanish qonunlar) va mexanik sistemalarning muvozanati 
bilan o’quvchilarni tanishtiriladi. Mexanikani o’qitish jarayonida o’quvchilarning 
dunyoqarashlarini, politexnik bilim va malakalarini to’g’ri shakllantirib boriladi. 
Ular siyosiy-g’oyaviy, vatanparvarlik, baynalminal ruhida tarbiyalanadilar. 
Mexanikani o’rganish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy, nazariy, ilmiy-texnik 
fikrlashlari rivojlanadi. Mexanik harakatlarni o’rganishning turli uslublari mavjud 
bo’lib, ulardan biri harakatni bosib o’tilgan yo’l orqali tasvirlash bo’lsa, ikkinchisi 
harakatni radius vektor orqali tasvirlashdir. Maktabda moddiy nuqtaning o’rnini 
koordinatalar yordamida (radius-vektorining koordinata o’qlariga proektsiyalari 
orqali) aniqlanadi. Moddiy nuqta o’rnining o’zgarishini ko’chish orqali aniqlanadi. 
Kollej va litseylarda kinematik kattaliklarning (ko’chish, tezlik, tezlanish) vektor 
xarakterini o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari lozim, chunki u dinamikada 
harakatning asosiy qonunlarini o’rganishda zarurdir: harakat tenglamalarini vektor 
ko’rinishda yozish dinamika masalalarini fizik mohiyatini ochish imkoniyatini 
beradi. Harakatni tasvirlashda radius-vektorni vaqt yoki koordinata funktsiyasi 
sifatida qarab kinematik kattaliklarni vektor kattaliklar sifatida kiritish mumkin. 
Shuning uchun kollej va litseylarda vetkor kattaliklar bilan ishlashga ko’p axamiyat 
beriladi va xarakatni tasvirlashda koordinat uslubi, ya’ni ikkinchi uslub tanlanadi. 
Koordinat uslubi sanoq sistemasi va harakatning nisbiyligi haqidagi tasavvurlar 
bilan mustaxkam bog’langandir. Koordinat uslubdan foydalanib vektor kattaliklarni 
koordinata o’qlariga proyektsiyalarini olish orqali harakatni tekislikdagi yoki to’g’ri 
chiziqli harkatlarga keltirib o’rganish mumkin. Kollej va litseylarda mexanikani 
koordinat uslubida o’rganish asosiy tushuncha va qonunlarni ta’riflashni fandagi 


18 
ta’riflanishiga yaqinlashtiradi; fizika bilan matematikaning bog’lanishini 
kuchaytiradi, bilimni umumlashtirish darajasini ko’taradi. Kollej va litseylarning 
fizika kursida kinematika bo’limi birinchi o’rganilib, unda to’g’ri chiziqli tekis, tekis 
o’zgaruvchan va aylana bo’ylab tekis harakatlar va ularning harakteristikalari 
o’rganiladi. Avval kinematikaning kirish qismida mexanik harakat, sanoq sistemasi, 
harakatning nisbiyligi, fazo va vaqt, harakatni o’rganish bosqichlari, moddiy nuqta, 
traektoriya, yo’l va ko’chish, ilgarilanma harakat, vektorlar ustida amallar ko’rib 
chiqilib, keyin to’g’ri chiziqli harakatni o’rganishga o’tiladi. Bu va boshqa 
tushunchalar darslikda yaxshi berilgan bo’lishiga qaramasdan ularning ba’zi 
birlariga 
metodik 
tavsiyalar 
berib 
o’tishni 
lozim 
topdik.
1) Mexanik harakat haqida tushuncha berish vaqtida jismning harakatini o’rganish 
uning vaziyatini vaqt o’tishi bilan qanday o’zgarishini bilshni anglatilishini, agar bu 
o’zgarish ma’lum bo’lsa, jismning istalgan paytdagi vaziyatini bilish mumkin 
ekanligini, mexanikaning asosiy masalasi ana shundan - jismning istalgan paytdagi 
vaziyatini aniqlashdan - iborat ekanligini, mexanikaning asosiy masalasini hal qilish 
uchun jism qanday harakat qilishini, qanday harakatda jismning vaziyati vaqt o’tishi 
bilan qanday o’zgarishini qisqa va aniq ko’rsata bilish kerakligi, ya’ni mexanik 
xarakatni ifodalaydigan kattaliklar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash lozimligi, 
buni esa kinematikada ko’rib chiqishimizni aytib o’tamiz.
a) Sanoq sistemasi haqidagi tushunchani berish vaqtida quyidagilarni qo’shimcha 
qilib ketish maqsadga muvofiq: agar jism to’g`ri chiziq bo’ylab harakat qilsa uning 
harakatini bitta koordinata o’qi yordamida o’rganish mumkinligi, agar jism biror 
tekislikda harakat qilsa uning harakatini ikkita koordinata o’qi yordamida o’rganish 
mumkinligi; agarda jism fazoda ixtiyoriy yo’nalishlar bo’ylab harakat qilsa uning 
harakatini uchta koordinata o’qi yordamida o’rganilishini aytib, misollar keltirib 
chizmalar yordamida tushuntiramiz
b) Harakatning nisbiyligini tushuntirishda quyidagicha tajribadan foydalanish 
yaxshi natija beradi.
d) Jismlarning harakat qonunlarini o’rganishda fazo va vaqt tushunchalarini aniq 
tasavvur qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, hamma moddiy jismlar 


19 
hajmga ega bo’lganliklari uchun ular muayyan joyni egallaydi va birbirlariga 
nisbatan qandaydir tarzda joylashgan bo’ladi. Jism o’z harakati tufayli vaziyatlarini 
(o’rinlarini) o’zgartiradi. Bu o’zgarish, tabiiyki, fazoda sodir bo’ladi va ma’lum vaqt 
oralig’ida amalga oshadi. Har qanday mexanikaviy jarayon biror vaqt oralig’ida 
fazoda sodir bo’ladi. Vaqt-hodisalarning ketma-ket o’zgarish tartibini ifodalaydigan 
fizik kattalikdir. Jismlar harakatini fazo va vaqtdan ajralgan holda tasavvur qilib 
bo’lmaydi. Shuning uchun ham jismlarning mavjudligi va ularning harakatlari 
fazoda va vaqt ichida sodir bo’ladi, deb qaraladi. Nyutonning nuqtai nazarida fazo 
va vaqt mutlaqdir: Fazo bir jinsli bo’lib, hamma yo’nalishlarda xususiyatlari bir 
xildir, vaqt tashqi muhitga va jism harakatiga bog’liq bo’lmagan holda bir tekis 
o’tadi. Relyativistik mexanika vaqt va fazo haqidagi fikrni bir oz o’zgartirish 
lozimligini ko’rsatadi. Nyuton mexanikasi relyativistik mexanikaning xususiy xoli 
ekanini (kvant mexanikasining ham xususiy holi ekanini) tushuntirib o’tamiz.
e) Moddiy nuqta haqida tushuncha berayotganimizda o’quvchilar ko’rgan va idrok 
qiladigan misollardan ko’proq keltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, poezdni 
Toshkentdan Andijonga ketayotganda moddiy nuqta deb qarash mumkinligini, lekin 
u daryo ko’prigidan o’tayotganda ko’prikka nisbatan moddiy nuqta deb 
bo’lmasligini, o’quvchi uyida gimnastika qilayotganda moddiy nuqta bo’lmasligi, 
uyidan maktabga ketayotganda moddiy nuqta deb qarash mumkinligi tushuntiramiz.
f) Ko’chish va yo’l haqida tushuncha berilayotganda harakatlanayotgan jismning 
boshlang’ich va oxirgi vaziyatlarini o’quvchilar to’g’ri tasavvur qilishlari lozim, aks 
holda ular jismning boshlang’ich va oxirgi vaziyatlari deganda uning tinch turgan 
va to’xtagan paytdagi vaziyatlarini tushunadilar. Harakatlanayotgan jismning 
harakatini kuzatishga boshlangan paytdagi vaziyatini boshlang’ich vaziyati, 
harakatni kuzatishni tugatgan paytdagi vaziyatini oxirgi vaziyat deb yuritilishini 
chizmalar yordamida tushuntiramiz. Shundan keyin yo’l va ko’chishini ta’rifini 
berib, yo’l skalyar, ko’chish vektor kattalik ekanini uqdiramiz.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan uzluksiz ta’lim 
tizimiga kiritilgan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fizika o‘qitishning 
o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha: 


20 
1.
O‘quvchilarni kuzatish, o‘lchash va tajriba o‘tkazishning asosiy uslublari 
bilan tanishtirish bilan birga fizika amaliyotidagi fizikaviy namoyishlar va 
laborotoriya amaliy ishlarini o‘quv-chilarning qobiliyatlari va intellektual 
rivojlanish 
xususiyatlarini 
hisobga 
olgan 
holda 
chuqurlashtirilgan, 
ixtisoslashtirilgan holda o‘qitishni ta’minlash.
2.
Fizikani o‘qitish jarayonida faqat tajribalarga asos-lanmasdan, balki 
fizikaviy nazariyani ham aniq bir mavzutik ko‘rinishda taqdim etib, o‘quvchilarning 
nazariy bilimlarini xoh fizika sohasida, xoh fizika bilan chegaradosh bo‘lgan boshqa 
fanlar sohasida amaliy vazifalarni yechishda qo‘llashga o‘rganish. Fizika fani yetarli 
darajada matematik saviyada va fanlar aro chegaralarni aniq ko‘rsatish imkonini 
beruvchi doirada yoritilishi lozim. Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagilarni 
amalga oshirish lozim:
-o‘quvchilarga fizikaviy qonunlar va tamoyillarni ularning matematik ifodalari bilan 
yetkazish;
-o‘quvchilarni fizikaviy hodisalar, fizik kattaliklarni aniq o‘lchamining asosiy 
usullari, tajribada olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, muhim fizik asbob 
uskunalar bilan ishlash, malakalarini oshirish, bu ishlarda kompyuterdan 
foydalanish usullari bilan tanishtirish;
-o‘quvchilarda tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini hosil qilish. Ularni fizikaviy 
tajribalarini avtomatlashtirishining asosiy tamoyillari bilan tanishtirish, fizikaviy 
g‘oyalarni to‘g‘ri o‘rganish, fizik masalalarni miqdoriy to‘g‘ri yechish;
-o‘quvchilarga fizika rivojlanishining muhim bosqichlarida o‘zbek allomalarining 
qo‘shgan hissalari va tutgan o‘rinlari to‘g‘risida tushunchalar berilishi shart.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini 
oshirishi va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish imkoniga 
ega bo‘ladilar. Shuning uchun ham akademik litsey bitiruvchilariga qo‘yiladigan 
talablar ham zamon talablariga mos saviyada bo‘ladi. Akademik litsey bitiruv-
chilari fizika ta’lim sohasida quyidagi bilimlarga, tushunchalarga ega bo‘lmog‘i 
lozim 
:
-fizika va unga yaqin bo‘lgan fanlar bo‘yicha qo‘yilgan vazifani hal etishda fizika 


21 
qonunlarini bilish bilan birga boshqa bilim sohalarini ham birgalikda qo‘llay olish;
-asosiy fizikaviy o‘lchov asbob-uskunalaridan foydalana bilish, sodda amaliy 
vazifalarni qo‘yish va ularni yechish, olingan natijalarni qayta ishlash, tahlil qilish, 
baholay bilish hamda umumiy xulosalar chiqarish;
-o‘qish davomida o‘quv va qo’shimcha adabiyotlaridan mustaqil foydalana bilish.
Fizika kursining tuzilishi va mazmuni: Majburiy va majburiy ixtiyoriy ta’lim 
tizimida fizika o‘qitishning ahamiyati shundan iboratki, bunda fizika-jonsiz tabiat 
qonunlarini o‘rgatadigan asosiy-tabiiy fanlardan biridir. Olam doimiy o‘zaro ta’sirda 
va uzluksiz harakatda bo‘lgan moddiy jismlar majmuasidan iborat. Tabiatda sodir 
bo‘luvchi barcha hodisalar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli hodisalar 
orasidan qonuniy bog’lanishni ochish va o‘rganish har qanday fan tarmog’ining 
bosh maqsadi hisoblanadi. Jismlarning harakati va o‘zaro ta’sir, issiqlik, 
elektromagnit 
hodisalar 
qonunlarining 
tahlili 
fizikaga 
taalluqlidir.
Fizikada o‘rganiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegarasini 
aniqlash juda qiyin. Faqat bir narsani aytish mumkin: yangi kashfiyotlar, texnikaviy 
tadqiqotlarning yangi-yangi sohalari bu chegarani yildan-yilga kengaytirmoqda. 
Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim 
o‘tkazgichlar fizikasi, biofizika, qattiq jismlar fizikasi, gaz va suyuqliklar 
dinamikasi kabi yangi bo‘limlari yaratilmoqda. Bular maktab va o‘rta maxsus 
ta’limida fizikaning boshlang’ich tushunchalar kursida o‘zining aksini topgan. 
Maktab fizika kursining asosiy maqsadi, oddiy fizika bilimlari bilan bir qatorda 
hozirgi zamon fizikasi bilimlarini o‘quvchilar ongiga singdirishdir. Fizikaga oid 
asosiy qonunlar va hodisalarni o‘rganmay turib, jamiyat rivojlanishini, taraqqiyotini 
tushunib yetish mumkin emas. Chunki tabiat hodisalari asosini fizik qonunlar 
egallaydi. Ularni maktabda o‘rganish hamma pedagogik talablar asosida olib 
boriladi.
Maktab fizika kursining reformasi, undagi asosiy g‘oyalar-1997 yilda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi qarorida e’lon qilindi va 
O’zbekistonda ta’lim maz-munini, tarkibini isloh qilish bosh masala qilib belgilandi. 


22 
Natijada, barcha fanlar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va 
o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Fizika o’qitishning yangi standarti va dasturi ham 
1999-2000 o‘quv yilidan boshlab ishlay boshladi. Fizikaning yangi dasturi eski-
laridagi mazmuni bilangina farq qilmaydi (bu jihatdan olganda u oldingilardan kam 
farq qiladi). Uning asosiy farqi tuzilishda, o‘quv materialining joylashtirilishida, 
materialning ilmiy va o‘quv aha-miyatini qayta baholashda, butun o‘quv 
materialining asosiy va ikkinchi darajasi materialga juda aniq ajratilishida hamda 
ikkinchi darajali materiallarning ancha kamaytirilishidadir. Yangi dasturda 
jismlarning ichki tuzilishi va undan kelib chiqadigan xossalari o‘rganiladigan 
bo‘limlar ancha kuchaytirilgan. Dasturdagi yangilik shundan iboratki, maktab fizika 
kursini o‘rganish 7-sinfdan emas, balki, 6-sinfdan boshlanadi. Yangi darslik ham 
oldingisidan jiddiy farq qiladi. Yangi darslikda “Kirish”dan sung, “Harakat va jism-
larning o‘zaro ta’siri” mavzusi bayon etiladi. Butun o‘quv materiali darsliklarda 
ikkiga; asosiy va qo‘shimcha qismlarga bo‘lingan. Fizikaning o‘quvchilar 
o‘zlashtirib olishi lozim bo‘lgan muhim nazariy va amaliy masalalari standart va 
dasturning asosiy qismiga kiritilgan. Qo‘shimcha qismga majburiy majmuadan 
chetdagi ayrim nazariy masalalar, ko‘pincha texnik qurilmalarning tavsiflari, tarixiy 
materiallar kiritilgan. Bob oxirida o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, yechish 
uchun sifatiy va miqdoriy masalalar berilgan. Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, 
laboratoriya matnlari kabi ma’lumotlar ham kiritilgan. Umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus ta’lim maktablari fizika kursining ilmiy saviyasi. Umumta’lim va o‘rta 
maxsus maktablarda fizikaviy ta’lim shunday fizikaviy bilimlar sistemasidirki, u 
fundamental ilmiy tushunchalarni shakllantirish, asosiy fizikaviy qonun va 
nazariyalarni o‘zlashtirish, shuningdek, fizika metodlarini (eksperemental va 
nazariy) tushunishni ta’minlaydi. Bu sistemada o‘quvchilar bevosita fizika fanining 
mazmunidan kelib chiqadigan politexnikaviy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar, yana bu 
sistema keng ko‘lamda tabiat va texnika hodisalarini urganish va amaliy muhim 
masalalarni hal qilishda o‘z bilimlarini qo‘llash sohasida eksperemental malaka va 
ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Fizikaviy bilimlar sistemasi o‘quvchilarning dialektik 
dunyoqarashlarni, tafakkurini va ijodkorligini rivojlanishini nazarda tutadi. O‘qitish 


23 
jarayonida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshiradi. Akademik litseyning 
dasturida klassik fizika tushunchalarining ilmiyligi oshirilgan. Masalan: 
“Mexanika” bo‘limini o‘qitishda qator fizikaviy kattaliklarning quyidagi shartlar 
yangi darsliklarda hisobga olingan (tezlik, tezlanish, kuch, impuls) vektor harakat 
haqidagi tushunchalarga kengroq e’tibor berish; molekulyar fizikada o‘quvchilarda 
statistik tasavvurlarni shakllantirish; elektrodinamikada Lorents kuchi tushunchasi 
va induktsiyalangan elektr maydoni haqidagi tasavvurdan foydalanish, ferromagnit 
jismlarning doimiyligi strukturasi va ularning magnitlanish jarayonini “Tebranish va 
to‘lqinlar” bo‘limi-da rezonans kabi masalalarni to‘liqroq tushuntirish va 
hokazolarga alohida e’tibor berilgan. Klassik fizika masalalarini umumiy qabul 
qilingan fizik qarashlarga muvofiq bayon etish, o‘rta ta’lim fizika kursi ilmiy 
saviyasini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, klassik 
fizika qonun va nazariyalari, tushunchalarining (massaning doimiyligi, klassik 
mexanikada tezliklarni qo‘shish qonuni va shunga o‘xshashlarning) qo‘llanish 
chegaralarini ko‘rsatish, ularning yangi fizika bilan bog‘lanishini ochish, klassik 
fizika tushunchasi, qonunlari va hozirgi zamon fani yechib bergan yangi faktlar 
orasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rsatish ham ko‘zda tutiladi. Shunday yo‘l bilan 
mexanika-nisbiylik nazariyaisga, optika-yorug‘likning foton nazariyaisga, atom 
tuzilishi-atom energetik sathlarining diskret qiymatlarga ega ekanligi kabi 
ma’lumotlarga tutashgan holda o‘rganiladi. Fizikaning asosiy masalalaridan biri 
materiyaning tuzilishi haqidagi ta’limotdir. Fizika-materiyaning xossalarini uning 
ikki modda va maydon ko‘rinishida o‘rganadi. Modda va maydon korpuskulyar-
to’lqin xossalarga egadir. Shuning uchun o‘quvchilar to‘la-to‘kis ma’noda 
atomistikani, tebranish va to‘lqin jarayonlar haqidagi ta’limotni mustahkam 
o‘zlashtirishlari kerak. Fizika faqat zarralar (atom, molekula, elektronlar, foton va 
boshqalar)ning xossalarigina emas, balki shuningdek, zarralarning qattiq, suyuqlik, 
gaz, nurlanish holatlarini ham o‘rganadi. Ularning tabiatini tavsiflashda statistik 
tasavvurlardan foydalaniladi. Demak, modda va maydonni o‘rganish uchun maktab 
kursiga atomistika, to‘lqinlar haqida ta’limot, statistik tasavvurlarni va nisbiylik 
nazariyasidan ba’zi bir ma’lumotlarni kiritish kerak bo’ladi. Keltirilgan misollar 


24 
o‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv materialining hajmini genlashga 
intilishni ko‘rsatadi. Yuqori sinflarda bayon qilishning deduktiv metodini 
kuchaytirish ham ko‘zda tutiladi. Umumta’lim maktabi va akademik litsey, kasb-
hunar kollejlarida fizika tabiiy-ilmiy fan sifatida o‘qitiladi. Bunga ko‘ra fizika kursi 
mantiqan izchil, ilmiy, to‘g‘ri va o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan bilimlar majmuasi 
eksperemental asosda tuzilgan.
Fizika kursining tuzilishi: Fazo, vaqt, tezlik, massa, energiya, elstiklik, 
tempratura, elektr o‘tkazuvchanlik, jismlarning rangi va texnikada eng umumiy va 
“universal” hisoblanadi. Ularni o‘zlashtirish murakkab jarayondir. Shuning uchun 
bu va boshqa fizikaviy tushunchalarni o‘zlashtirishni ilmiy rivojlantirish uchun uzoq 
vaqt talab qilinadi. Shu sababli fizika kursini ikki bosqichli qilib o‘qitish ko’zda 
tutilgan.
O‘rta umumiy ta’lim maktabida o‘zlashtirish uchun sodda bo‘lgan o‘quv materiali: 
tekis harakat mexanikasi, gidro va aerostatistika, issiqlik va elektr hodisalari 
kiritilgan. Kursning bu bosqichida shakllanish va rivojlanish uchun uzoq vaqt talab 
qiladigan-tezlik, massa, kuch, og‘irlik, energiya, ish, temperatura singari 
tushunchalar o‘rganila boshlanadi. Shuningdek, fizika kursining asosiy qismiga 
bosimning, jism massasining (moddaning zichligi va hajmiga ko‘ra), massasining 
(moddaning zichligi va hajmiga ko‘ra), jism og‘irligining (massasiga ko‘ra) 
gidrostatik bosim Arximed kuchi, mexanizmning F.I.K., jismni isitish uchun kerak 
bo‘lgan issiqlik va fazoviy o‘tishlar, oddiy elektr zanjirining qarshiligi, ish va quvvat 
(mexanik 
va 
elektr 
kuvvati) 
ning 
elementar 
hisoblari 
kiritiladi.
Akademik litseyda fizika kursiga murakkab masalalar kiritilgan. Chunki ularni 
o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar saviyasi yuqoriroq saviyada rivojlangan va 
matematik tayyorgarligi yaxshi bo‘lishi kerak. Bu yerda tezlanish, elektr 
maydonining kuch va energetik xarakteristikalari, magnit induktsiyasi, E.Yu.K., 
Lorents kuchi, tebranish va to‘lqinga doir bir qator boshqa fizikaviy tushunchalar 
kiritildi. Boshlang’ich fizika kursida shakllana boshlagan massaning gravitatsiya 
xossalari, og‘irlik, vaznsizlik va o‘ta yuklanish; tempraturani molekulyar-kinetik 
tarzda (miqdoriy) tushuntirish, ideal gaz parametrlarining o‘zgarishida ichki 


25 
energiyasining 
o‘zgaruvchanligi; 
turli xil moddalarning o‘tkazuvchanlik 
mexanizmlari 
va 
ferromagnitlarning 
magnitlanishi 
kabi 
tu-shunchalar 
rivojlantiriladi. Jismlarning harakat trayektoriyasi, birinchi kosmik tezlik, 
induktsiya, E.Yu.K kattaligi, elektr maydoni energiyasi kabi murakkab hisoblashlar 
bajariladi hisoblashdir. Nihoyat, kursning ikkinchi bosqichida: Nyuton qonunlari, 
gazlar molekulyar-kinetik nazariyasi, elektromagnit maydon, fizikaviy optika, 
nisbiylik nazariyasi asoslari, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi kabi 
kursning yangi bo‘limlari o‘rganiladi. Shunday qilib, fizika o‘qitish maktabda, litsey 
va kasb-hunar kollejlarida bilimlarning bog‘lanishi va rivojlanishini ta’minlovchi 
yagona kursni tashkil etadi. Akademik litseyda fizika kursi ancha yuqori saviyada 
o‘rganiladi. O‘quvchilarning o‘rta umum ta’lim maktablarida olgan bilim va 
malakalari yanada rivojlantiriladi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. 
Xulosa
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini 
takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar 
faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar 
tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-
tadbirlar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga 
rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan 
demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har 
tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga 
chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur 
va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. 
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy 
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar 
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining 


26 
muhim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan 
bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar 
asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va 
ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola 
bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir 
kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar 
tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, 
jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda 
tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, 
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va 
oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, fan va texnikaning rivojlanishi Fizika 
o’qitish uslublarini klassifikatsiyasi rivojlanishiga katta imkoniyat yaratib berdi va 
insoniyat hayotini go’zallashtirishda davom etib kelmoqda.

Download 291,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 291,56 Kb.
Pdf ko'rish