3
Kirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim
va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar
bilan uchrashdi. Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar
tayyorlash
va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z
bordi. Buyuk ajdodlarimiz o‘zlarining ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan dunyoga
ustozlik qilishgan. Boshqalarga ergashmagan, balki boshqalarni o‘z ortidan
ergashtirgan. Biz ham ergashuvchi emas, ergashtiruvchi kuchga ega xalq bo‘lishimiz
shart. Aks holda, taraqqiyot yo‘lidan chekkaga chiqib, yana tanazzul botqog‘iga
botamiz. Ota-bobolarimiz erishgan marralarni osongina boy berib qo‘yamiz. Bu
ajdodlar ruhiga, kelajak avlodlarimizga xiyonat emasmi? Bu sohada bugun
shoshilinch choralar ko‘rmasak, ertaga kech bo‘ladi. Hozirgi vaqtda fizikaning
asosiy yo’nalishlari,
atom va yadro fizikasi, optika ildam rivojlanmoqda. Optika
qisqa elektromagnit to’lqinlarga bog’langan fizik xodisalar to’g’risidagi bilimlar
bo’lib, hozirgi zamon fizikasining asosiy yo’nalishi sifatida mustaxkam tasdiqdan
o’tgan.Optikadagi o’sish asosan sifat jihatidan yangi yo’nalishlar hisobiga-chiziqli,
optika, lazer texnikasi, kogerent optikasini shakllanishi, golografiya va ularning
yangi optik sistemalar tamoillari asosida ishlab chiqish va takomillashtirishga borib
taqaladi. Ma’lumki, hozirgi zamon fizikasi to’lqin optikasi yorug’likning tabiati
to’g’risidagi va yorug’likning modda bilan ta’siri to’g’risidagi fandir. Fizik optika,
yorug’likning to’lqin va kvant xossalarini izotrop va anizotrop muhitlardaenergiya
nurlanishi, tarqalish qonunlarini o’rganadi. Ilmiy- texnik rivojlanishda fizik optika
chegaralari, optik xodisalar nazariyasining chuqurlashishi
va ularning amaliy
qo’llanish sohalarining kengayishi xisobiga rivojlandi. Shuni xisobga olish kerakki,
hozirgi zamon optikasining kelgusidagi rivojlanishi–bu nafaqat yorug’likning
elektromagnit nazariyasining rivojlanishiga, fotonlar fizikasini rivojlanishidir.
Shuning uchun ham, hozirgi zamon optikasi metod va asboblarini ishlashida
mutaxassislar yorug’likning to’lqin va foton nazariyalarini birlashtiradilar.
Biz uchun birinchi o‘rinda bolalarimizning ma'naviyati, bilimi, sog'ligi. Shuning
uchun davlat tomonidan maktabgacha ta'limga katta e'tibor berilyapti va bu hali
4
boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko‘zidagi nurni ilg'ab olish, ularga
yaxshi
tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu yerda Toshkent shahridagi
maktabgacha ta'lim muassasalarining holati va ularni rivojlantirishga oid loyihalar
namoyish etildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi takliflarni ma'qullab, xususiy
sherikchilik asosida yangi bog'chalar qurish, bolalarni qamrab olishni kengaytirish
va kelgusida yuz foizga yetkazish zarurligini ta'kidladi. Bugungi zamon barcha
sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan,
jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani
va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor
vazifalaridandir. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom
ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yaqinda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari
faoliyatini takomil
lashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar
faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar
tayyorlash sifatini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-
tadbirlar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini,
jamiyatning ma’naviy
yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishni ta’minlaydigan demokratik
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama
uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning
sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy
xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada
amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat,
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining
muhim shartidir.
5
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy
tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi
yutuqlar asosida
tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish
mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. Dastur kadrlar
tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan,
jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda
tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy,
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va
oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.