• Kalit so’zlar
  • O’quv lug’atlari tushunchasining tasnifiy belgilari d. B. Xusanova, Termiz Davlat Universiteti magistranti Ilmiy rahbar: PhD. A. A. Eshmo’minov Termiz Davlat Universiteti




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana12.05.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #59050
    Bog'liq
    1000-Текст статьи-2389-1-10-20210405
    шамол сочларимни силайди, to\'garak O\'razbekova Maftunakhon, O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlari., 11 sinf I II III IV chorak test, text 2, 1 variant, 2-topshiriq! Iqtisodiy tebranishlarning sabablarini qanday izohl, Mental xarita, mustaqil ish, ЯШИЛ ИКТИСОДИЁТ МУСТАКИЛ ТАЬЛИМ, Issiqlik elektr stansiyalarining turbinali qurilmalari (D.Muhiddinov, E.Matjanov), Amaliy ish-26, 4545


    O’QUV LUG’ATLARI TUSHUNCHASINING TASNIFIY BELGILARI 
    D.B.Xusanova, Termiz Davlat Universiteti magistranti 
    Ilmiy rahbar: PhD.A.A.Eshmo’minov Termiz Davlat Universiteti 
     
    Annotatsiya. Hozirgi kunda leksikografiyaning rivoj topib borayotgan 
    sohalaridan biri bu o’quv lug’atchiligi sohasi hisoblanadi. O’quv lug’atlarining 
    boshqa lug’atlardan ajralib turuvchi xususiyati shundaki, ular ta’limga bevosita 
    bog’liq bo’lib, allaqachon ta’lim sohasining ajralmas bir qismiga aylangan. O’quv 
    lug’atlarining asosiy vazifasi esa o’quvchilarga til ko’nikmalarini soddaroq, 
    tushunarliroq va albatta o’quvchilar e’tiborini jalb eta oladigan tarzda 
    ifodalashdan iboratdir.
    Kalit so’zlar: leksikografiya, lug’atlar, o’quv lug’atlari, leksema, tasnifiy 
    belgilar. 
    Leksikografiya sohasi bu har qanday mamlakatning qay darajada 
    rivojlanganligini ko’rsatuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Chunki 
    mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va madaniy sohalaridagi har 
    qanday taraqqiyot va rivojlanish ushbu millat vakillariga tegishli lug’atlarda o’z 
    aksini topadi. O’quv lug’atchiligi bugungi kunda lug’atshunoslikning jadal 
    rivojlanayotgan sohalaridan biridir. V.V.Morkovkin umumiy lug’atlarni ikki turga 
    ajratgan. Bular antroposentrik va lingvosentrik lug’at turlari hisoblanadi. 
    Antroposentik lug’atlarda asosiy urg’u inson ongida tilni yoritish, undan to’g’ri va 
    samarali samarali foydalana olishga yordam berishdir. Lingvosentrik lug’atlarda til 
    asosiy markazda bo’lib, asosiy vazifasi ushbu tildagi faktlarni yoritish 
    hisoblanadi
    1
    . Hozirda o’quv lug’atlari antroposentrik xususiyatga ega bo’lgan 
    lug’atlar tipiga kiritilmoqda. O’quv lug’atlari ta’lim sohasi uchun mo’ljallangan 
    bo’lib, bu turdagi luig’atlar o’quvchilarga nafaqat so’z boyligini kuchaytirish, 
    1
    Морковкин В.В. Антропоцентрический versus лингвоцентрический подход к лексикографированию //
    Национальная специфика язика и ее отрожение в нормативном словаре. – М.,1998.C. 132-133. 


    nutqiy yoki yozma savodxonligini oshirish balki ularning ijodiy fikrlash 
    qobiliyatini o’stirish va dunyoqarashini kengaytirish uchun ham hizmat qiladi.
    Masalan, “O’zbek tilining so’z tarkibi o’quv lug’ati” so’zlarni o’zak va 
    qo’shimchalarga ajratishda o’quvchilar uchun judda katta yordamchi vazifasini 
    bajaradi. O’quvchilar so’z qo’llashda aynan so’zning o’zagi qaysi ekanligini va 
    qo’shimchalarni to’g’ri qo’shish va tilda to’g’ri qo’llay olishni o’rganishlari uchun 
    juda muhim hisoblanadi.
    Undan tashqari ushbu lug’atda asli o’zlashma bo’lgan, ammo o’zbekcha 
    qo’shimchalar olgan, o’zak va qo’shimchalarga ajrata olish imkoniyatiga ega 
    bo’lgan leksemalarni ham o’zida qamrab olgan: medal-li, ideal-lash/tir/ish, 
    aspirant-lik.
    2

    Hozirda jahon o’quv lug’atchiligida kompleks o’quv lug’atlari janiri mavjud. 
    Bu turdagi lug’atlar so’zlarni faqat bir tomondan emas balki deyarli barcha 
    qirralarini bittada aks ettirishi bilan xarakterlanadi. 
    3
    Bu turdagi o’quv lug’atining 
    afzallik jihgati shundaki o’quvchi bitta lug’atdan foydalangan holda bir vaqtning 
    o’zida bitta leksemaning bir nechta lingvistik xususiyatlarini o’rganishi mumkin.
    Yuqorida o’quv lug’atlarining o’ziga xos tavfsifiy belgilarini ma’lum darajada 
    yoritib o’tdik. Undan tashqari ham albatta o’quv lug’atlarining asosiy boshqa 
    lug’atlardan farqlanuvchi jihatlari mavjud. Umuman lug’atlar hajm jihatdan katta, 
    o’rta hajmli va kichik lug’atlarga bo’linadi. O’quv lug’atlari esa hajm jihatdan 
    asosan kichik va ba’zi hollarda o’rta hajmli lug’at turlariga kiradi. Chunki bizga 
    ma’lumki, o’quv lug’atlari ta’lim jarayonida (asosan maktab sohasida) 
    o’quvchilarga mo’ljallangan va ularga keyinchalik akademik lug’atlarga yo’l ochib 
    beruvchi vosita bo’la olishi muhimdir. Agar o’quv lug’atlari hajm jihatdan judda 
    katta va murakkab bo’lsa, bu o’quvchilarni lug’atshunoslik sohasiga jalb eta 
    olmasligi mumkin.
    O’quv lug’atlari albatta ta’lim sohasiga uzviy bog’liq bo’lishi, darsliklarga 
    albatta moslashtirilishi muhim ahamiyat kasib etadi. O’quv lug’atlari ta’lim 
    2
    Mengliyev B., Bahriddinova B. O’zbek tilining so’z tarkibi o’quv lug’ati.-T.: O’zbekiston, 2007-7b. 
    3
    Bahriddinova B.M. O’zbekistonda o’quv lug’atchiligi: lingvistik asoslari, tarixi va istiqbollari. Filologiya fanlar 
    doktori (DSc)…dis.avtoref.- Samarqand 2020 


    jarayonida ishlatilganligi uchun ham fanlar doirasida bo’lishi, ushbu fan sohasidagi 
    darsliklarga mos tushishi va hattoki o’quv lug’atlari o’zida ma’lum mashg’ulotlar 
    va ushbu lug’atlarni aynan ochib beruvchi mashqlar yoki boshqotirma kabilarni o’z 
    ichiga olishi lozim. 
    Ta’limiy lug’atlat nafaqat maktab balki maktabgacha talim va hatto oliy 
    ta’lim sohasini ham o’zida qamrab oladi. Shu sababli ham o’quv lug’atlari yosh 
    xususiyatlarni inobatga olgan holda tuzilishi zarur. Masalan, maktabgacha ta’lim 
    sohasida tuzilgan lug’atlar albatta, sodda, aniq va bolalarni o’ziga jalb qila olish 
    hususiyati mavjud bo’lishi muhim. Vaholanki, oliy ta’lim uchun mo’ljallangan 
    lug’atlar esa nisbatan mukammal, aynan ma’lum sohani qamragan bo’lishi kerak.
    O’quv lug’atlari o’zida eng muhim ma’lumotlarni qamrab olgan, 
    leksemalarning ham eng zarur jihatlarini ochib berishga qaratilgan va albatta ifoda 
    aniq, lo’nda va qisqa bo’lganligi bilan ham boshqa lug’atlardan farqlanadi. Chunki 
    o’quv lug’atlari foydalanuvchiga qo’liga olgandayoq nima uchun hizmat qilinilishi 
    aniq bo’lishi lozim. 
    Yuqorida aytib o’tganimizdek, o’quv lug’atlari o’quvchilar uchun 
    leksikagrafiyaning boshlang’ich fundamenti sifatida qo’llniladi va aynan shuning 
    uchun ham o’quv lug’atlarining o’quvchini jalb qilish xususiyati muhimdir. O’quv 
    lug’atlari maqsadli ravishda zaruriy visual bezaklarni ham qamrab olishi lozim. 
    Undan tashqari o’quv lug’atlarida albatta leksikografik simvollik kam va soddaroq 
    holda ishlatilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Xulosa o’rinda shuni aytish mumkinki, leksikografiya sohasida o’quv 
    lug’atlari ta’lim jarayoni uchun eng muhim omil hisoblanadi. Tilshunoslikda o’quv 
    lug’atlatridan unumli foydalanish o’quvchilar uchun har tomonlama bilim 
    saviyasini kengaytirishga xizmat qiladi.
     
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 
    1. Bahriddinova B.M. O’zbekistonda o’quv lug’atchiligi: lingvistik asoslari
    tarixi va istiqbollari. Filologiya fanlar doktori (DSc)…dis.avtoref.- 
    Samarqand 2020 


    2. Mengliyev B., Bahriddinova B. O’zbek tilining so’z tarkibi o’quv lug’ati.-
    T.: O’zbekiston, 2007-7b. 
    3. Морковкин В.В. Антропоцентрический versus лингвоцентрический 
    подход к лексикографированию // Национальная специфика язика и ее 
    отрожение в нормативном словаре. – М.,1998.C. 132-133. 

    Download 0.53 Mb.




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv lug’atlari tushunchasining tasnifiy belgilari d. B. Xusanova, Termiz Davlat Universiteti magistranti Ilmiy rahbar: PhD. A. A. Eshmo’minov Termiz Davlat Universiteti

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish