12
II BOB. AKADEMIK LITSEYDA O’QUV JARAYONI
2.1 Akademik litseyda o‘quv predmeti
Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda
O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini
yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llash
borasida salmoqli ishlar
аmаlgа oshirilmoqda. Keyingi yillarda yaratilgan adabiyotlarda “Pedagogik
texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg’or pedagogik texnologiya”,
“Progressiv pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan
ularning o’zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi hali tuzilmagan.
Bu yerda, nima
uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish
va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug’ildi degan savol paydo bo’lishi mumkin.
Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni
yetishtirib kelgan
pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib,
talabga javob
bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini o’zgartirib, milliy to’s berib,
foydalanaversa bo’lmaydimi?- degan mulohazalar ham yo’q emas. Rivojlangan
mamlakatlar qatoridan joy olishga intilayotgan jamiyatga bu yo’l
uzoq xizmat
qilolmaydi. Chunki:
13
Birinchidan,
Mamlakatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi
uchun ta’lim tizimini jadallashtirish va samaradorligini
oshirish maqsadida eng
ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanishning zarurligi;