|
AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURIBog'liq FIZIKA NAMUNAVIY O`QUV DASTURAKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
7
Ishqalanish kuchlari va uni vujudga keltiruvchi sabablar. Tinchlikdagi
ishqalanish kuchi. Uning tabiati va ta’sir etuvchi kuch kattaligi, yo’nalishi, uning
tabiyat va texnikadagi roli. Sirpanish ishqalanish kuchi. Sirpanish ishqalanishning
koeffitsienti va
uning sirt g’adir-budirligi darajasiga bog’liqligi. Dumalanish
ishqalanish kuchi. Dumalanish va sirpanish ishqalanish koeffisiyentlarini
taqqoslash.
Havoning qarshilik kuchi. Havo qarshilik kuchining jism tezligiga bog’liqligi.
Jismning bir necha kuch t
a’sirida harakati.
Mexanikada saqlanish qonunlari (28 soat)
Jism va kuch impulsi. Jismlar yopiq sistemasi ta’rifi. Impulsning saqlanish
qonuni-Nyutonning ikkinchi va uchinchi qonuni sifatida. Tabiatda va texnikada
impulsning saqlanishi. Reaktiv harakat.
Ish. Mexanik ish. Musbat va manfiy ish.
Quvvat. Quvvat
– mexanizmlar ta’sirining unumdorligi sifatida. Oddiy
mexanizmlarning FIKi.
Energiya. Mexanik energiya va uning turlari. Ish va energiya
tushunchalarining o’zaro bog’liqligi. Kinetik energiya – harakatlanuvchi jismning
energiyasi. Potensial energiya
– jismlar o’zaro ta’siri energiyasi. Potensial
energiyaning ikki turi. Yerdan yuqoriga ko’tarilgan jismlar potensial energiyasi.
Mutlaq elastik deformatsiyalangan prujinaning potensial energiyasi. To’la
mexanik energiya.
Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Elastik va
noelastik to’qnashishlar.
Statika (20 soat)
Statikaning asosiy vazifalari. Statikada kuchlarning tavsifi. Kuchlar
sistemasi. Jismning turli nuqtasiga burchak ostida yo’naltirilgan ikki kuchning
teng ta’sir etuvchisi. Parallel va antiparallel kuchlar. Ikki parallel kuchning teng
ta’sir etuvchisi. Kuchlarni ikki tarkibiy qismga ajratish. Aylanish o’qiga ega jismlar
statikasi. Kuchning aylantiruvchi ta’siri, kuch momenti. Kuch yelkasi. Kuch
momentining vektor tabiati. Juft kuchlar. Aylanish o’qiga ega bo’lmagan va
aylanish o’qiga ega bo’lgan jismning muvozanat sharti. Qattiq jism
muvozanatining umumiy sharti. Jismning og’irlik markazi.
Qattiq jism muvozanati turlari. Turg’un, noturg’un va befarq muvozanat.
Turg’un muvozanat ta’rifi va uning massalar markazi vaziyati bilan bog’liqligi.
Potensial energiya
– muvozanat turg’unligining tavsifi sifatida. Tayanch yuzasiga
ega jism muvozanati. Turg’un muvozanatdan noturg’un muvozanatga o’tish.
Turg’un muvozanatni amalga oshirish yo’llari.
|
| |