|
AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURIBog'liq FIZIKA NAMUNAVIY O`QUV DASTURAKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
5
I-kurs
MEXANIKA ( 138 soat)
Kirish (2 soat)
Dunyoga ilmiy qarashning vujudga kelishi va rivojlanishi. XI
– XVI asrlarda
O’rta Osiyo va o’zbek olimlarining fizikani rivojlantirishdagi roli. O’zbekistonda
fizika va texnikaning taraqqiyoti bo’yicha ilmiy ishlar. Ilmiy tekshirishning hozirgi
zamon usullari. Ilmiy tekshirishning fizik usullarining asosiy xususiyatlari. Fizik
kattaliklarni o’lchash, fizik kattaliklar orasidagi bog’lanishlar. Fizik nazariyalar,
qonunlar, hodisa modellari.
Kinematika (34 soat)
Mexanik harakat va uning nisbiyligi. Fazo va vaqt. Nyuton klassik
mexanikasi, uning qo’llanish chegarasi. Matematik tushunchalar. Vektorlar
to’g’risida ma’lumotlar. Vektorning kattaligi va yo’nalishi – uning mustaqil va teng
kuchli ikki tafsifi. Vektorlarni qo’shish va ayirish. Ikki vektorni skalar ko’paytirish.
Fizik formulalarni skalar va vektor shaklda yozish.
Sanoq sistemasi. Inersial va noinersial sistemalar. Inersial sanoq
sistemasining ikki ta’rifi, harakatning nisbiyligi. Fizik qonunlarning inersial sanoq
sistemasini tanlashga bog’liq emasligi. Galileyning harakatlar nisbiyligi
prinsipining qo’llanish sohasi. Harakatlarni qo’shish. Mustaqil harakatlar ta’rifi.
Murakkab harakatni mustaqil oddiy harakatlar yig’indisi sifatida tavsiflash
imkoniyati.
Harakat turlari. To’g’ri chiziqli va egri chiziqli harakatlar. Yo’l va ko’chish,
trayektoriya. To’g’ri chiziqli tekis harakat. To’g’ri chiziqli tekis harakatning tezligi.
To’g’ri chiziqli tekis harakatda yo’l formulasi. To’g’ri chiziqli tekis harakatda tezlik
va yo’l grafiklari. To’g’ri chiziqli tekis harakat koordinatasining vaqtga bog’liqlik
grafigi.
O’zgaruvchan to’g’ri chiziqli harakat. O’zgaruvchan harakatda o’rtacha va
oniy tezlik. Tezlik tushunchalarini umumlashtirish. Tezlanish tushunchasi.
To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat. Tekis tezlanuvchan harakatda
oniy tezlik formulasi. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlanish va tezlik grafiklari.
Tekis tezlanuvchan harakatda tezlik grafigidan yo’l formulasini keltirib chiqarish.
Koordinataning vaqtga bog’liqlik grafigi va trayektoriya tenglamasi. To’g’ri chiziqli
tekis sekinlanuvchan harakat. Tekis o’zgaruvchan harakatning xususiy hollari:
erkin tushish va yuqoriga tik otilgan jism harakati, ularning harakat tenglamalari.
Egri chiziqli harakat. Aylana bo’ylab tekis va notekis harakat. Chiziqli va
burchak tezlik. Aylanish chastotasi va davri. Burchak tezlikning chastota va
|
| |