|
1. Noinersiаl sаnoq tizimlаridаgi inersiya kuchlаri О‘zgаruvchаn mаssаli jismning hаrаkаti
|
bet | 1/26 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 401,1 Kb. | | #153042 |
MAVZULAR
1.Noinersiаl sаnoq tizimlаridаgi inersiya kuchlаri
2.О‘zgаruvchаn mаssаli jismning hаrаkаti.
3.Suyuqlik harakatining kinematic tavsifi.
4.Dinamikaning asosiy vazifalari.
5.Klassik mexanikada holat tushunchasi.
6.Tabiatdagi o`zaro ta`sirlarning turlari.
7.Mexanikada saqlanadigan kattaliklar.
8.Saqlanish qonunlarining qo`llanilishi.
9.Tebranayotgan jism energiyasi.
10.Gazlarda elastic to`lqinlar.
11.Suyuqlikda elastic to`lqinlar.
12.Garmonik tebranish tezlanishi.
13.Garmonik tebranish energiyasi.
14.Termodinamikaning birinchi qonunini izojarayonlardagi tadbig`i.
15.Elektrostatik maydondagi o`tkazgichlar.
16.Elektrostatik maydondagi dielektriklar.
17.O`zgarmas elektr toki zanjirlari.
18.Vakuumda elektr toki.
19.Transfrormatorlar.
20.Yarim o`tkazgichlar.
21.Elektromagnit tebranishlar va to`lqinlar.
22.O`zgaruvchan elektr toki.
23.Nisbiylik nаzаriyasi elementlаri.
24.Relyativistik dinаmikа elementlаri.
25.Kepler qonunlаri
1-MAVZU. Noinersiаl sаnoq tizimlаridаgi inersiya kuchlаri
Reja:
1.Galileyning nisbiylik prinsipi.
2.Inersial sanoq sistemalari
3.Inersiya kuchi
4.Noinersial sanoq sistemalari
1.Galileyning nisbiylik prinsipi
Galilei nisbiylik prinsipi — Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi boʻlib 1636-yil Galileo Galiley aniqlagan.
Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq tizimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galilei nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galilei nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galilei almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (qarang Nisbiylik nazariyasi).
Shu sababli Galilei almashtirishlarida yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu tenglama Galilei nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galilei nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar bilan harakatlangan hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda Galilei almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.
|
| |