|
7 kompyuterda axborotlarni qayta ishlashning arifmetik asoslari
|
bet | 1/6 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 62 Kb. | | #270755 |
7 KOMPYUTERDA AXBOROTLARNI QAYTA ISHLASHNING ARIFMETIK ASOSLARI.
1. Sanoq sistemalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari.
2. Ikkilik, sakkizlik va о‘n oltilik sanoq sistemalari.
3. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga о‘tkazish.
Tауаnch sо‘zlаr: Ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistеmasida kodlash va dеkodlash. Ikkilik kodlashning afzalligi. Axborotlarning kompyutеrda tasvirlanishi. Sonlarni qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi vеrgulli tasvirlash. Raqamli va matnli axborotlarni qabul qilish. Sanoq sistemalari. Pozision va nopozision sanoq sistemalari. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish
5.1. Sanoq sistemalari. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari.
Sanoq tizimi.
Qadimda odamlar hisoblash uchun barmoqlardan foydalanishgan. Lekin, predmetlar to‘plamini hisoblash uchun barmoqlar yetarli bo‘lmaganda qanday yo‘l tutish kerak edi? Ongliroq ajdodlarimiz boshqa predmetlardan (tayoqchalar, kichik toshlar, kertma belgilar) foydalana boshladilar: o‘nta barmoqlar sanalgach, tosh bilan belgilab qo‘yiladi va shundan so‘ng, yana hisoblash uchun barmoqlar ozod bo‘ladi.
So‘ng hisoblashlarni ohiriga yetkazish uchun toshlarni sanash kerak, agarda toshlarning soni ham o‘ndan oshib ketsa, o‘nta mayda toshni bitta katta tosh bilan belgilash mumkin bo‘lgan.
Shunday qilib, pozitsion o‘nlik sanoq tizimi vujudga keldi.
Bu tizim ilk bora Xindistonda qo‘llanila boshladi, Markaziy Osiyo buyuk olimi Muhammad Al Xorazmiyning arab tilida yozgan traktati orqali arab mamlakatlariga tarqaldi va u yerdan eramizning XV asrida yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Aynan shu tufayli, butun jahon mamlakatlari qo‘llanayotgan raqamlar, arab raqamlari deya nomlanadi. Evropada o‘nlik sanoq tizimi yanada takomillashtirildi, xususan, bo‘sh qiymatni ifodalash uchun 0 raqamiga korrekt ta’rif berildi.
|
| |