|
7 kompyuterda axborotlarni qayta ishlashning arifmetik asoslari
|
bet | 5/6 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 62 Kb. | | #270755 |
100000000002 = 210 = 102410 = 1 Кб
Milliondan katta bo‘lgan sonlarni ifodalash uchun esa ,yigirmanchi razryadli ikkilik sonlar qo‘llaniladi!
1000000000000000000002 = 220 = 102410 * 102410 = 104857610 = 1 Мб
Ikkilik tizimni o‘rganish uchun, o‘n oltilik sanoq tizimi taklif qilingan edi. Nima uchun? o‘n ikkilik yoki to‘qqizlik emas, aynan o‘n oltilik ekanligini biz keyinroq aniqlaymiz, hozir esa o‘n oltilik sanoq tizimiga ta’rif beramiz.
Bu tizimning alifbosi o‘n oltita tartiblangan raqamdan tashkil topgan. Birinchi raqam – 0 raqam – hech narsani anglatmaydi. Keyingi «1» raqami esa o‘n oltilik sanoq tizimining (ixtiyoriy sanoq tizimining) minimal ma’noli raqami. Undan keyin quyidagi tenglik 1 + 1 = 2 o‘rinli bo‘lgan 2 raqami keladi. Keyingi «3» raqami, «2» raqamiga «1» raqamini qo‘shganda chiqadigan sonli qiymatni aniqlaydi (3 = 2 + 1).
Bu axir o‘nli sanoq tizimi-ku! Ikki tizimda ham, «9» raqamigacha raqamlarning yozilishi, va shuningdek qiymati bo‘yicha ham ustma-ust tushadi.
O‘n oltilik sanoq tizimida birinchi razryadda birlikni, va nolinchi razryadda nolni o‘z ichiga oluvchi birinchi ikki xonali minimal sonni, ya’ni «o‘nlik» ning ro‘lini o‘nli sanoq tizimida, 16 soni bilan belgilanadigan arifmetik qiymat bajaradi
1016 = 1610
O‘n oltilik sanoq tizimining raqamlarini hali oxirigacha tahlil qila olganimiz yo‘q. O‘nli sanoq tizimidan olingan 0 dan 9 gacha bo‘lgan sonlar, o‘n oltilik sanoq tizimining birinchi o‘nta raqamini bildiradi. O‘ndan o‘n beshgacha bo‘lgan qiymatlarni belgilash uchun yana oltita raqam kiritish zarur.
Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan sanoq sistemalari pozitsion bo‘lganligi uchun, ixtiyoriy raqamni belgilash uchun faqat bitta pozisiya ajratiladi. Demak, bir qiymatli (bir pozisiyali) belgi kiritilishi kerak.
Xalqaro kelishuv bo‘yicha, to‘qqizdan katta bo‘lgan sonlarni alifbodagi ketma-ketligi bo‘iycha, lotin alifbosining birinchi harflari bilan belgilanadi (10 = A, 11 = B, 12 = C). Odatda, bosh harflar yoziladi, ba’zi hollarda ingliz tilidan ruschaga ko‘chirilgan adabiyotlarda kichik harflar bilan ham belgilash uchrab turadi. O‘n oltilik sanoq tizimining barcha raqamlari jadvalini keltiramiz.
-
|
| |