|
1. Noinersiаl sаnoq tizimlаridаgi inersiya kuchlаri О‘zgаruvchаn mаssаli jismning hаrаkаti
|
bet | 7/26 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 401,1 Kb. | | #153042 |
Ishqalanish kuchlari. • qattiq jism suyuqlik yoki gazlarda harakatlansa yoki qattiq jism bo`laklari bir-birining sirti bo`ylab harakatlansa, ishqalanish hodisasi ro`y beradi va ishaqlanish kuchi paydo bo`ladi. • Gorizontal harakatlanayotgan jism uchun bosuvchi kuch og`irlik kuchidir • Fish=FN • FN-bosuvchi, siquvchi kuch - ishqalanish. koeffitsiyenti bo`lib, jismlarning tegib turgan sirtlarining fizik hossalariga bog`liq. Dumalanayotgan jismning ishqalanish kuchi F=k N/r , bunda k- dumalanish ishqalanish koeffitsiyenti (uzunlik birligida o`lchanadi), N- normal bosim kuchi, r- dumalanayotgan jism radiusi . Sirpanishdagi ishqalanish. Gorizontal sirtda yotgan jismga ta’sir etayotgan gorizontal kuch taglikdagi ishqalanish kuchidan ortiq (FN) bo`lsa, u holda jismning tezlanishi noldan farqli bo`ladi va sirpanish boshlanadi. Sirpanishdagi ishqalanish kuchi tezlik ortishi bilan dastavval kamayadi, keyin orta boshlaydi. Demak, ikki jismning o’zaro tegib turgan sirtlari orasida paydo bo’ladigan va shu jismlarning bir – biriga nisbatan siljishiga to’sqinlik qiladigan kuchlar ISHQALANISH KUCHLARI deyilar ekan. Ishqalanish kuchining paydo bo’lishi o’zaro sirtlari tegib turgan jismlar sirtlarining o’zaro notekisligi sababli jismlarning zarralari orasidagi o’zaro tortishishidan hosil bo’lar ekan. Endi impuls haqida gaplashadigan bo’lsak, avvalo impulsning nma ekanligini bilishimiz zarur. Demak impuls- yopiq sistemada tashkil etadigan jismlar impulsining vektor yig’indisi, shu sistema jismlarining bir-biri bilan bo’ladigan har qanday o’zaro ta’sirida o’zgarmaydi. Elastiklik kuchi- tashqi kuch ta’siri to’xtagandan so’ng deformatsiyalangan jismning shakli va o’lchamini tiklay olish qobilyati jismning elastikligi deyiladi.
7-MAVZU. Mexanikada saqlanadigan kattaliklar.
Reja:
1. Impuls va uning saqlanish qonuni.
2. Mexanik ish, quvvat va uning birliklari
Agar sistemaga ta'sir etuvchi barcha tashqi va ichki nopotensial kuchlar ish bajarmasa (А 0), mexanik sistema konservativ deyiladi, hamma tashqi potensial kuchlar esa statsionardir. Konservativ sistemaning potensial energiyasi faqat sistemaning konfiguratsiyasi o'zgarganda o'zgarishi mumkin. Demak, konservativ sistema potensial energiyasidan vaqt bo'yicha olingan xususiy hosila, bu energiyaning vaqt o'tishi bilan o'zgarish tezligini ifodalaydi va sistema konfiguratsiyasi doimiy bo'lganda bu hosila aynan nolga teng: . Shuning uchun (3.37) da ko'rinadiki,
Konservativ sistemaning mexanik energiyasi vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi.
Bu qonun mexanik energiyaning saqlanish qonuni deyiladi. Xususan, u yopiq konservativ sistema uchun to’g’ridir:
Agar barcha ichki kuchlar potensial bo'lsa, yoki ish bajarilsa, yopiq sistemaning mexanik energiyasi o'zgarmaydi.
Masalan, tinchlikdagi ishqalanish kuchlari va giroskopik kuchlar ish bajarmaydi. Shuning uchun bunday kuchlarning sistemaga ta'siri uning mexanik energiyasining o'zgarishini keltirib chiqarmaydi.
2. Mexanik energiyaning saqlanishqonunini ikki jismning mutloq elastik to’g’ri markaziy urilishini hisoblashga qo'llanilishini ko'rib o'tamiz. Mutloq elastik urilish deb shunday urilishga aytiladiki, bunda urilayotgan jismlarning mexanik energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanmaydi.
Ikkita massalari m1 va m2 bo'lgan mutloq elastik sharlar urilishguncha sharlarning markazlaridan o'tuvchi 0X o’qi bo'ylab yo'nalgan V1 va V2 tezliklar bilan harakatlanayotgan bo'lsin (2a-rasmda V1 va V2 tezliklar bir tomonga yo'nalgan, vaholanki 1х>2х>0). Sharlar to’qnashgandan keyingi u1 va u2 tezliklarni topish kerak (2b-rasm).
Urilish jarayonida urilayotgan elastik jismlar sistemasini yopiq va konservativ deb hisoblash mumkin. Demak, bu masalani echish uchun impuls va mexanik energiyaning saqlanish qonunlaridan foydalanish mumkin. Urilishdan oldin va urilishdan keyin urilgan jismlar deformatsiyalanmagan bo'ladi, shunday ekan bu ikki holatda sistema potensial energiyalari bir xil va nolga teng. U holda mexanik energiyaning saqlanishqonunidan
ifodaga ega bo'lamiz.
Impulsning saqlanish qonuni bo'yicha
bo'ladi. hamma v1, v2, u1 va u2 tezliklar 0X o’qi bo'yicha yo'nalgani uchuntenglikni
ko'rinishda yozish mumkin. Bu yyerda 1х, 2х, u1x va u2x - V1, V2, u1 va u2 tezlik vektorlarini urilish chiziqiga - 0X o’qiga proeksiyalar
|
| |