• Elastik toʻlqinlar
  • -MAVZU. Gazlarda elastik to`lqinlar




    Download 401,1 Kb.
    bet10/26
    Sana08.02.2024
    Hajmi401,1 Kb.
    #153042
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    10-MAVZU. Gazlarda elastik to`lqinlar.
    Toʻlqinlar — fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning holat oʻzgarishlaridir. Toʻlqinlarning tarqalish jarayonida energiya fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuktasiga uzatiladi, lekin zarralari koʻchmaydi. Turli xil mexanik, issiqlik, elektromagnit holat oʻzgarishlariga turli xil toʻlqinlar mos keladi. Elastik toʻlqin, sirtiy toʻlqin, elektromagnit toʻlqin turlari keng tarqalgan. Elastik deformatsiyalarni gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda tarqalishi elastik toʻlqin deyiladi. Tovush toʻlqini va Yer qobigʻidan seysmik toʻlqin elastik toʻlqinning xususiy holi hisoblanadi. Ikki muhit chegarasi sirti boʻylab tarqaluvchi toʻlqinlar sirtiy toʻlqinlardir. Elektromagnit toʻlqinlar — xususan radio toʻlqinlar, yorugʻlik toʻlqinlari, ultrabinafsha toʻlqinlar, rentgen va gamma toʻlqinlar — tarqalayotgan oʻzgaruvchi elektromagnit maydonlardan iborat. Bulardan tashqari gravitatsion toʻlqinlar ham mavjud. Toʻlqin jarayonlari fizik hodisalarning deyarli barcha sohalarida uchraydi. Toʻlqinlarni oʻrganish fizika va texnika fanlari uchun muhim.
    Elastik toʻlqinlar — elastik muhit (gaz, suyuklik va qattiq jismlar)da tarqaladigan mexanik tebranishlar. [[Toʻlqinlar tarqalayotgan muhitning zarralari toʻlqinlar bilan birga koʻchmaydi, ular faqat oʻz muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi. Elastik toʻlqinlarning boʻylama va koʻndalang xillari bor. Boʻylama Elastik toʻlqinlarda muhitning zarralari toʻlqinlar tarqalayotgan yoʻnalishi boʻylab, koʻndalang Elastik toʻlqinlarda esa tarqalayotgan yoʻnalishga perpendikulyar yoʻnalishda tebranadi. Mexanik koʻndalang toʻlqinlar faqat siljish qarshiligiga ega muhitda hosil boʻlishi mumkin. Suyuq va gaz holatdagi muhitlarda faqat boʻylama toʻlqinlar; qattiq muhitda ham boʻylama, ham koʻndalang toʻlqinlar vujudga keladi. Istalgan vaqtda tebranishlar yetib kelgan elastik muhit nuqtadarining geometrik oʻrni toʻlqin fronti deb, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik oʻrni toʻlqin sirti deb ataladi. Toʻlqin sirtlari istalgan shaklda boʻlishi mumkin. Eng sodda holda ular tekis (yassi) yoki sfera (sferik) shaklida boʻladi. Elastik toʻlqinlar elastik muhit zarralarining tebranish amplitudasi va chastotasi, toʻlqin uzunligi, faza hamda guruh tezliklari va boshqalar koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Elastik toʻlqinlar chastotasi Gs ulushlaridan 1013Gi gacha. Elastik toʻlqinlardan seysmologiya va gidrolokatsiyada, okeanlarni oʻrganishda, qattiq, suyuq hamda gaz holatdagi moddalarning tuzilishini oʻrganishda, tibbiyot va boshqalar sohalarda keng foydalaniladi.
    Тo’lqin yuzaga keladigan muhit qo’shimcha energiya zapasiga ega. Bu energiyani tebranishlar manbaidan muhitning turli nuqtalariga to’lqinni o’zi tashib keladi, demak, tulqin o’zi bilan energiya olib yurar ekan. Тo’lqin biror sirt orqali vaqt birligi ichida tashib o’tgan energiya miqdori sirt orqali o’tuvchi energiya oqimning deyiladi. Energiya oqimi skalyar kattalik bo’lib, uning o’lchamligiga quvvatni o’lchamligiga o’xщaydi
    To’lqin tarqalayotgan muhitning zarralari to’lqin bilan birga ko’chmaydi, ular o’z muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi. Barcha zarralar tebranishi turli xil fazada bo’ladi. Zarralarning tebranishi to’lqin tarqalayotgan yo’nalishga nisbatan qanday yo’nalganligiga qarab to’lqinlar ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlarga ajratiladi.
    Agar tebranma harakat yo’nalishi va uning tarqalish yo’nalishi ustma-ust tushsa, bunday to’lqin bo’ylama to’lqin deyiladi. Bunday to’lqinlarni katta diametrli prujinalarning tebranishida kuzatish mumkin. Suyuqliklar va gazlarda faqat bo’ylama to’lqinlar tarqaladi.
    Tebranma harakat yonalishi va uning tarqalish yo’nalishi o’zaro perpendikulyar bo’lsa, ko’ndalang to’lqin deyiladi. Qattiq jismlarda ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlar tarqaladi.
    To’lqin tarqalish yo’nalishi nur deyiladi.Tebranma harakatga keltirigan boshlang’ich zarra vibrator deyiladi.
    Bir xil fazada tebranayotgan bir-biriga yaqin ikki zarra orasidagi masofa to’lqin uzunligi deyiladi. λ-harfi bilan belgilanadi.



    Download 401,1 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 401,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU. Gazlarda elastik to`lqinlar

    Download 401,1 Kb.