• Fzika fanini o‘qitishning asosiy vazifasi
  • AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURI




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/17
    Sana27.11.2023
    Hajmi0,91 Mb.
    #106533
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    FIZIKA NAMUNAVIY O`QUV DASTUR

    AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURI 
     
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

     
     
     
    UQTIRISH XATI 
    I. 
    O’quv fanining maqsad va vazifalari
     
     
    Fizika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: fizika ta’limining fan-texnika 
    taraqqiyotida, ishlab chiqarish 
    sohalari va hayotda tutgan o‘rni haqida mantiqiy 
    fikrlay olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’quvchilarda milliy va umuminsoniy 
    qadriyatlarni shakllantirish, ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun 
    zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishish, 
    olamning fizik manzarasiga oid dunyoqarashini kengaytirish va ularni ilmiylikka 
    yo`naltirishdan iborat. 
    Fzika fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchilarda atrof olamni, 
    tabiatdagi jarayon va hodisalarn
    i kuzatish, tahlil qilish ularni o‘rganishda mavjud 
    jihozlardan to‘g‘ri foydalana olish, fan sohasida erishilayotgan yutuqlaning ilmiy 
    asoslarini anglash, fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash orqali 
    umumbashariy madaniyat elementlarini tarbiyal
    ashdan iborat. Mazkur o‘quv 
    dasturni tuzishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfini tugatgan o‘quvchilar 
    umumiy fizika kursining barcha bo‘limlaridan, chunonchi, mexanika, molekular 
    fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan olgan bilim, 
    ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarga ega bo‘lishlari hamda ta’lim 
    muassasasining o’quv rejasi soatlar hajmi, ularning ma’lumotlar qabul qilish 
    imkoniyatlari ham inobatga olindi.
    Dasturda laboratoriya ishlari uchun ajratilgan mavzular asosiy va 
    qo`shimchaga (*) ajratilgan. Ta`lim muassasani imkoniyatidan kelib chiqub 
    tanlash ixtiyori berilgan. 
    O‘quv dasturi jami 540 soatga mo’ljallangan bo’lib, shundan mexanika 
    bo`limiga 138 soat, molekulyar fizika va termodinamika asoslari bo`limga 78 soat, 
    elektrodinamika bo`limiga 180 soat, optika, atom va yadro fizikasi, elementar 
    zarralar fizikasi va takrorlash kursi uchun 144 soat ajratilgan.
    Fizikadan umum ta`lim fanidagi 72 soat mavzular bo`yicha I-IV 
    semestrlarga taqsimlangan. Shundan kelib chiqib, I- II semestrda 216 soat 
    mexanika va molekulyar fizika, III semestrda 180 soat elektrodinamika, IV 
    semestrda 144 soat optika, atom va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi va 
    takrorlash kursi o`tiladi. 



    Download 0,91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKAT FANIDAN NAMUNAVIY O’QUV DASTURI

    Download 0,91 Mb.
    Pdf ko'rish