• 20. Xalqaro audit standarti loyihasining muhokamasi qancha muddatda olib boriladi А. 3 yil B. 2 yil С. 1 yil D. 10 yil
  •  Audit standartlarining tarkibiy qismlarini ko’rsating?




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/174
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,41 Mb.
    #132887
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   174
    Bog'liq
    xalqaro audit (1)

    19. Audit standartlarining tarkibiy qismlarini ko’rsating? 
    А. Umumiy qoidalar, asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati, amaliy 
    ilova
    B. Umumiy qoidalar, asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati 
    С. Umumiy qoidalar, asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati, amaliy 
    ilova, ochib berish 
    D. Asosiy tushuncha va qoidalar, standartning mohiyati, amaliy ilova 
    20. Xalqaro audit standarti loyihasining muhokamasi qancha muddatda olib 
    boriladi? 
    А. 3 yil
    B. 2 yil 
    С. 1 yil 
    D. 10 yil 
     
    Tayanch tushunchalar 
    Audit standartlari, umumiy malaka va etika standartlari, ob’ektlarining ish 
    standartlari, xulosa standartlari, auditning umumiy standartlari, auditning ishchi 
    standartlari, hisobot standartlari, maxsus standartlar, xalqaro audit standartlarining 
    kontseptual asosi, kasbga doir xizmatlar. 
     


    153 
     VIII BOB. AUDITNING AXLOQ KODEKSI 
    8.1. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 
    Etika – bu biror-bir kishining yoki biror-bir professional guruhning axloq 
    me’yorlari tizimidir. Auditning axloq kodeksiga rioya qilish har bir auditorning, 
    auditorlik firmasi xodimlari va rahbarlarining oliy burchidir. 
    Axloq me’yorlariga rioya etish oliy sifat, professional majburiyat va ma’naviy 
    axloqiylikni ta’minlaydi va shu bilan birga jamiyatda auditor kasbiga hurmat va 
    ishonch tuyg’usi ortadi. 
    Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga 
    AICPA (Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal 
    qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja 
    operatsiyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. 
    AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta 
    ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish 
    qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar. 
    Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir 
    necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamoyillar tahlilidan iborat. Ular 
    quyidagilardir: 
    1. Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor 
    o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab 
    ish tutmasligi lozim.
    Mustaqillik auditorning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Auditor faqatgina 
    o’z xizmati vazifasini bajarishi davomida audit predmetiga nisbatan mustaqillikni 
    saqlashigina emas, balki moliyaviy hisobdan foydalanuvchilar ham auditorning 
    mustaqilligiga ishonishlari muhimdir. Ushbu ikki maqsad haqiqiy va tashqi 
    mustaqillik deyiladi.
    Halollik va ob’ektivlik tamoyiliga ko’ra, auditor dalillarni qasddan buzib 
    ko’rsatmasligi, boshqalar fikrini o’zining fikriga bo’ysundirmasligi lozim. 


    154 
    2. Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori 
    texnik mahoratga ega bo’lish. Bu tamoyilga ko’ra, auditor o’z faoliyati davomida 
    quyidagi standartlarga muvofiq ish yuritishi lozim: 
    - kasbiy chuqur malakalilik. Auditor buyurtmalarni kasbiy kom-petentlik 
    bilan bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim; 
    - topshiriqni bajarish vaqtida auditor zarur kasbiy sinchkovlikni namoyon 
    qilishi zarur; 
    - auditor topshiriqning bajarilishini zaruriy tarzda rejalashtirishi va nazorat 
    qilishi zarur; 
    - auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy va 
    ilmiy asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak. 
    3. Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va 
    ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur; 
    4. Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan 
    xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur; 
    5. Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi va 
    bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon 
    beradigan darajada tutishi zarur. 
    O’zini tutish qoidalari. AICPAning «Kasbiy etika kodeksi»dagi mazkur 
    qismga har bir auditor bajarishi, zarur bo’lgan, aniq belgilab berilgan qoidalar 
    kiritilgan. Jumladan, ular quyidagilardir: mustaqillik, halollik va ob’ektivlik; 
    umumiy standartlar; audit standartlari; buxgalteriya hisobi tamoyillari; boshqa 
    texnik standartlar; mijozlarning maxfiy ma’lumotlari; xizmat haqi uchun to’lov; 
    reklama va ta’sir etishning boshqa usullari; birgalikda olib borib bo’lmaydigan 
    mashg’ulotlar.
    Axloq me’yorlariga rioya qilmaydigan auditorlar o’z jamoasiga hur-matsizlik, 
    ma’naviy hamda moddiy zarar etkazadi. 
    Kodeksga muvofiq auditor kasbining maqsadi, asosan jamiyat ehtiyojlarini 
    qondirish uchun, eng yuqori samaradorlikka erishish uchun oliy darajadagi 
    professionallik me’yorlariga mos ishlashdan iborat.


    155 
    Auditorlar o’z mahoratidan foydalangan holda mijoz va ish beruvchi 
    ko’rsatmalarini, agar ular qiziqqonliksiz, ob’ektiv va jamiyat amaliyotida 
    bo’lganida mustaqillik talablariga mos ravishda puxta bajarishlari lozim. Bundan 
    tashqari, ular texnik va professional standartlarga mos bo’lishlari lozim. 

    Download 2,41 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   174




    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Audit standartlarining tarkibiy qismlarini ko’rsating?

    Download 2,41 Mb.
    Pdf ko'rish