8.2 Axloq kodeksining asosiy talablari
Axloq kodeksining talablari quyidagilardir:
1. Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar
o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya
qilishga majbur.
Axloq kodeksining
talablari
Umumiy ma’naviy me’yor
va tamoyillarga amal qilish
Jamiyat qiziqishlarini
inobatga olish
Auditorning ob’ektivligi
Auditorning e’tibor-
liligi (ziyrakligi)
Mijoz axborotining
maxfiyligi
Auditorlar o’rtasidagi
munosabatlar
Professional xizmatga
aloqador bo’lmagan sohada
auditorning harakati
Auditorning mustaqilligi
Auditorning kasbiy mahorati
Soliq
munosabatlari
Professional xizmat uchun
haq to’lash
Xodimlarning auditor lik
tashkilotlari bilan
munosabati
Nashr qilinadigan axborot
va reklama
Xalqaro
faoliyat
156
2. Jamiyat
qiziqishlarini
inobatga
olish.
Tashqi
auditor
faqat
buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning
barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak. Mijozning soliq, sud, boshqa
yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini himoya qila turib, auditor himoya
qiladigan jihatlar qonuniy va adolatli bo’lishini anglashi zarur. Agarda mijozning
qiziqishlari noqonuniy bo’lsa, u himoya qilishdan bosh tortishi zarur.
3. Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarning aniq hajmigina
auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda ob’ektiv asosi
bo’lishi mumkin. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi
lozim. Har qanday professional xizmat ko’rsatish davrida auditorlar vaziyatlarga
va aniq faktlarni ob’ektiv darajada ochib berishlari zarur.
4. Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish
davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi
lozim. Auditorlar o’z ishiga ziyraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik
standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l
ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarur.
5. Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida tuzilgan
xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi
lozim. Hisobot tuzish bo’yicha topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil
bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi
mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi shart.
Quyidagi holatlar auditorlarning mustaqilligiga rahna solishi mumkin:
- mijoz tashkilotning ishi sudda bo’lsa;
- mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa;
- auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog’liqligi bo’lsa;
- mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo’yicha bilvosita
moliyaviy jihatdan qatnashsa;
- mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan qarindosh
yoki shaxsiy do’stona munosabatda bo’lsa;
- mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo’lsa.
157
Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi.
6. Auditorning kasbiy mahorati. Auditor mijozga kerak bo’lgan auditorlik
xizmatining etarli professional darajasini ta’minlashi lozim. Auditor ma’suliyatni
o’z zimmasiga olishda ma’lum sohada o’zining mahorati borligiga ishonishi lozim.
Auditor o’zining kasbiy mahoratiga to’g’ri kelmaydigan professional xizmatdan
voz kechishi mumkin. Auditorlik tashkiloti muayyan vazifalarni hal qilishda
mutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Auditorning professional malakasi
qonunchilikda belgilab qo’yilgan. Auditor buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish,
fuqarolik huquqi, auditni tashkil qilish, xalqaro va milliy standartlar bo’yicha
bilimini oshirib borishi lozim.
Kasbiy mahorat ikkita bosqichga bo’linishi mumkin:
A) kasbiy layoqatlilik darajasiga erishish. Kasbiy layoqatlilikni o’zlashtirish
dastlab umumiy ta’limning yuqori darajada bo’lishini talab etadi, undan keyin
maxsus ta’lim, tegishli o’quv fanlari bo’yicha bilimlarga tayyorlash va tekshirish
hamda tegishli kasbiy fanlar bo’yicha imtihonlar o’tkazish, shuningdek, ish
stajining mavjudligi;
B) kasbiy layoqatlilikni tegishli darajada saqlab turish. Kasbiy layoqatlilikni
tegishli darajada saqlab turish bilimlarni muntazam yangilab borishni talab etadi.
Auditor tekshiruv sifatining nazoratini ta’minlovchi dastur bo’yicha ishlashi lozim.
7. Mijoz axborotining maxfiyligi. Auditor mijozga xizmat ko’rsatish davrida
u bilan aloqaning davom etayotganligi yoki to’xtatilganidan qat’iy nazar, uning
maxfiy axborotlarini sir saqlashi lozim.
Auditor professional xizmat ko’rsatib bo’lganidan so’ng mijozning maxfiy
axborotini o’zining foydasi, 3-shaxsning foydasi yoki mijozga zarar etkazish
maqsadida oshkor etmasligi lozim.
Quyidagi holatlarda mijozning maxfiy axborotini oshkor qilish qonunga zid
hisoblanmaydi:
- mijozning ruxsati bilan;
- sud organlari qarori yoki qonun chiqaruvchi organlar hujjatlariga binoan
ko’rib chiqilsa;
158
- mijoz professional me’yorlariga qarama-qarshi ravishda auditorga nisbatan
harakatda bo’lsa.
8. Soliq munosabatlari. Mijoz uchun eng ko’p qulaylik rejimini yaratish
soliqqa tortish sohasida kasbiy xizmat ko’rsatuvchi auditorning vazifasi
hisoblanadi. Taqdim etiladigan xizmatlar kasbiy bilimdonlik bilan amalga
oshirilishi, hech qanday vaziyatda halollik va xolislik tamoyillarini buzmasligi
kerak. Auditor soliqqa tortishning hamma sohalari bo’yicha qonunchilikka rioya
etishi zarur: o’zining yoki boshqa shaxslarning manfaatidan kelib chiqib,
daromadlarni oshirmasliklari lozim.
Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor mijozning qiziqishlari bo’yicha
ish olib boradi. Shunday holatda auditor mijozning soliqlarni to’lash va soliq
inspektsiyasini aldash bo’yicha hatti-harakatlariga qonunchilik nuqtai-nazaridan
javob berishi lozim.
Majburiy audit davomida auditor soliqqa tortish bo’yicha xatoliklarni
aniqlasa, mijoz tashkilotning rahbariyatiga va ichki nazorat bo’limi (taftish
komissiyasi) ga xatolarni to’g’rilash bo’yicha yozma ravishda ma’lumot berishi
lozim. Auditor soliq bo’yicha har qanday ko’rsatmalarni faqat yozma ravishda
berishi lozim.
9. Professional xizmat uchun haq to’lash. Professional xizmat uchun haq
miqdori ko’rsatilgan xizmatning murakkabligi, auditorning malakasi, tajribasi,
professional nufuzi va malakaviy darajasiga bog’liqdir. Xizmat haqi erishilgan
aniq bir natija, yutuqqa bog’liq bo’lmasligi lozim. Auditor mamlakatda o’rnatilgan
hisob-kitoblar me’yoridan ortiq ravishda ko’rsatilgan xizmat uchun naqd pul
ko’rinishida haq olishi mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish uchun oladigan
haqning tartibi va shartlari to’g’risida yozma ravishda oldindan mijozni xabardor
qilib qo’yishi lozim.
10. Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar bir-birlariga nisbatan
samimiy bo’lishi lozim. Hamkablari ustidan kasbiy mahorat bo’yicha tanqid qilishi
mumkin emas.
159
Agar auditorlarning mijozi o’zaro almashsa, 1-auditor 2-auditorga yozma
ravishda uning axborotini berishi lozim. Agar bir auditor 2-auditorga mijoz haqida
axborot bermasa, u holda 2-auditor ijobiy javob olishga haqqi bor. Auditorlar
boshqa auditorni yordamga chaqirsa, ular o’rtasidagi munosabat ish yuzasidan
bo’lishi lozim.
11. Xodimlarning auditorlik tashkilotlari bilan munosabati. Auditorlik
tashkiloti xodimlari auditorlik tashkiloti obro’sini ko’tarish va rivojlantirish
bo’yicha harakat qilishi, boshqa xodimlar va rahbarlar bilan samimiy munosabatni
qo’llab-quvvatlashi lozim. Auditorlik tashkiloti professional faoliyat bo’yicha
usullarni amalga joriy etish, o’zining xodimlari malakasi va bilimini oshirish
bo’yicha doimo qayg’urishi lozim.
Auditorlar doimo o’zining ishini sidqidildan bajarishi lozim. Auditorlarning
o’z auditorlik firmalarini tez-tez o’zgartirib turishi axloq me’yorlariga zid holat
hisoblanadi. Auditor auditorlik tashkilotini tark etayotganida auditorlik tashkilotiga
tegishli barcha holatlarni to’liq hajmda va vijdonan topshirishi lozim.
12.
|